Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Tarbiyaviy tadbirlarning shakllari


Download 0.65 Mb.
bet2/5
Sana16.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1272568
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari

Tarbiyaviy tadbirlarning shakllari. Ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga о‘xshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni о‘rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada о‘tkaziladigan о‘quvchilar his – tuyg‘usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, tо‘garaklar faoliyatida milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshi­riladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda о‘quvchilar uylari, saroylari, shaxslar va usmirlar ijodiyot uylarida doirachilar, paqc, vokal-cholg‘u, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula va paqc, о‘zbek xalq cholg‘u dastalari, hor studiyasi, qо‘g‘irchoq teatri, drama tugaragi, san’at sevarlar klublari tashkil etadi.

Tо‘garak a’zolari ushbu dasta, tо‘garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali gо‘zallikni kura bilishga, shu gо‘zallik orqali uz ona yurtini ulug‘lashga, undagi gо‘zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi.
Estetik yо‘nalish bо‘yicha tahsil olgan tо‘garak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim:
- raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini;
-kuy tinglash, uning mo h,iyatini tushunib paqc harakatlari orqali ifodalashni;
-turli millat va elatlar raqslari harakatlarini, uni ijro etishni;
-doiraning yaratilish tarixini, uning keksa namoyandalari ijodiy yо‘lini, doirani ushlash qoidalarini;
Shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va halq amaliy san’ati yо‘nalishlaridagi tо‘garaklar mashg‘ulotla­ri orqali ham о‘quvchilar qalbiga singdiriladi. Bu о‘rinda о‘quvchilar uylari, saroylarida tashkil etilgan «Tasviriy san’at», «haykaltaryoshlik”, «Kulolchilik”, «Milliy kashtachilik” , «Naqqoshlik», «yog‘och о‘ymakorligi», «Ganch о‘ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» tо‘garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi.
Sayyohlik tо‘garaklariga о‘quvchilar ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda keng jalb qilinadi.
Tо‘garakka qabо‘l qilinayotgan о‘quvchi yoshlar avvalo sayyohlik tо‘garaklarining biror bir yо‘nalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lgan, sog‘lom bо‘lishi kerak.
Sayyohlik yо‘nalishi bо‘yicha qatnashadigan о‘quvchilar birinchi о‘quv yilidan keyin quyidagilarni bilishi lozim:
-yurtimiz haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
-yurtimizning tarixini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi afsona va rivoyatlarni bilishi;
-ma’lum joy, ulkani о‘rganish bо‘yicha reja va yо‘nalishlarni ishlab chiqish;
-sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni о‘rganish;
-turli hildagi sayyohlikka oid adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va ularni bilish kerak.
Ekologik tabiatshunoslikdan tashkil qilingan tо‘garaklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida yaxlit tasavvur hosil qilish, tarbiyalanuvchilarni о‘simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish. Tо‘garak a’zolarida о‘simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi tо‘g‘risida tasavvur hosil qilish, tо‘garak a’zolari о‘quv bilim yurtilarida yer maydonlarida va tirik tabiat burchagida о‘simlik va hayvonlarni parvarish qilgandagina, yaxshi hosil olish mumkinligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
Tо‘garak a’zolariga birinchi о‘quv yili oxirida quyidagi talablar qо‘yilishi lozim:
-jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
-jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan о‘zaro bog‘liqligini;
-yoz, kuz, qish va bahorning harakterli belgilarini;
-yilning turli fasllarida odamning yashab turgan joyidagi mehnati va ularning turlarini;
-о‘simlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug‘larini;
-о‘t о‘simliklar, daraxtlar nomini;
-meva va manzarali dara htlarni aa ularning bir biridan farqlarini
-uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va xususiyatlarini;
-tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari kerak.
Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yо‘alishlari va tо‘garaklaridagi о‘quvchilarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy k,adriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi.
О‘quv bilim yurtlaridan tashqari ta’lim muassasalari klub va tо‘garaklari boradilar. Bilimga tashnalik ham a hloqiy tarbiyaning tarkibiy qismidir tarbiyachi, muassasa hodimlari о‘quvchi qalbida kitobni sevish, uni о‘qish va ardoqlash kabi fazilatlarni doimiy ravishda shakllantiradilar.
Ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va tо‘garaklar faoliyatida - Vatanga muhabbat va komilinson tarbiyasi aks etishi lozim. О‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tari hi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyati sohasidagi о‘rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch tо‘g‘pisida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qayg‘urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi о‘qtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad - komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.

О‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bо‘lmaydi. huquqiy ong poydevoriga о‘quv muassasasilarda asos solinadi.
Ta’lim muassasalarida о‘quvchilarga huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot meyorlari va qoidalari tо‘g‘risida keng ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmuni mustaqil О‘zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini о‘zida mujassamlashtirishi kerak. 2
Ta’lim muassasalarida iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni о‘ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olib turli tо‘garaklarga jalb etish «Respublika iste’dod markazi» xodimlari bilan hamkorlikda va ularning ilmiy amaliy tajribalaridan foydalangan holda iste’dodlarin aniqlashga muljallangan texnologik diagnostik tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi:
--iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan о‘tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;
--«Kamolot», “Mahalla», «Ulug‘bek» , «Oltin meros», «Umid» , «Ustoz» kabi jamg‘armalar bilan hamkorlikda ish olib borish;
--о‘quv bilim yurtlaridan tashqari Ta’lim muassasalarida yoshlar iste’dodi va iqtidorini namoyon qilishga doir shart sharoitlar yaratib berish;
--ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar bо‘yicha olimpiadalar, tanlovlar, kо‘rgazmalar, turli bayramlar, о‘quvchilar ijodkorligi kabi tadbirlarni о‘tkazish.
Respublikaning chekka mintaqalaridan iqtidorli shaxslar va iste’dodli yoshlarni izlash, ularga kelgusida uz qobiliyatlarini takomillashtirishlariga shart-sharoitlar yaratib berish kerak. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling