Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni namunali о‘tkazish


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana16.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1272568
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari

Ta’lim-tarbiya muassasalarida bayramlarni, ommaviy tadbirlarni namunali о‘tkazish. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtimizda kо‘plab bayramlar nishonlana boshlandi. Ular о‘z mazmunicha xalqimizning azaliy an’analarini, urf – odatlarini va orzu umidlarini olgan bо‘lib, ommaviy tarzda muntazam nishonlanib kelyapti. Albatta, bu bayramlar kishilarga zavqu shavq bag‘ishlash barobarida, yoshlarda vatanparvarlik, an’analarimizga sadoqat, urf – odatlarimizga hurmat hissini shakllantirishda muhim omil bо‘lib xizmat qiladi.
Ushbu darslar о‘quvchilar qalbida iymon – e’tiqod hissini munavvar etib, ona – Vatan, xalqiga mehir muhabbat uyg‘otish zarur. Shu bois avvalo dars mavzusini tо‘g‘ri tanlab olish, о‘quvchining bilimdarajasi, malaka va kо‘nikmalariga mos ravishda aniq belgilay bilishi lozim. Dars о‘tiladigan xona ham mavzuga mos ravishda bezatilgan bо‘lishi lozim. YA’ni qanday bayram о‘tkazilishga qarab О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitusiyasi, “Ta’lim tо‘g‘risida” gi Qonun, Mutafakkir olimlarning ibratli sо‘zlaridan namunalar keltirish mumkin va hakozolar.
Saboqlar suhbat, savol–javob, bahs–munozara, hikoya shakllarida sahnalashtirilgan lavhalar yordamida tashkil etilsa, yanada maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Bunday bayram tadbirlariga eng asosiylaridan misol tariqasida aytib о‘tishimiz mukin bо‘lganlari “Mustaqillik – buyuk ne’mat” umumxalq bayrami – “О‘qituvchilar va murabbiylar kuni”, 9 may – “Xotira va Qadrlash kuni”, “Navrо‘z – gul bayrami” kabilardir.
Ushbu bayramlarni tashkil etishda Milliy dastur talablariga muvofiq vujudga kelayotgan akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida, ayniqsa, behad kо‘tarinki ruhda alohida mahorat va izlanuvchanlikni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida, akademik-litsey, kasb-xunar kollejlarida, о‘quv yurtlarida, mahallalarda, korxonalarda "1oktabr—О‘qituvchilar va murabbiylar kuni" bayramini о‘tkazish о‘sib kelayetgan yosh avlodni tarbiyalashda xalqimizning ustoz murabbiyga bо‘lgan munosabatlarining eng yaxshi namunalari misolida о‘quvchi yoshlar, umuman insonlar dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Bayram tantanalariga ota-onalar, mahalla faollari, xalq ta’limi xodimlari, yozuvchi, shoirlar, san’at ashli, homiy tashkilotlar, faxriy о‘qituvchilar, "Umid", "Kamolot", "Ulug‘bek", "Mahalla" "Nuroniy", "Ustoz" "Oltin meros" kabi jamg‘armalar, ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etish kerak.
Bayram doirasida dars, tarbiyaviy soat, seminar-adabiyot, adabiy-badiiy va ilmiy kechalar, uchrashuv va davra suhbatlari о‘tkazilishi mumkin.
Bayram tantanalari "О‘qituvchi—ulug‘ nom, u Mag‘pyp jaranglaydi", "Ustoz—otangdan ulug‘", "Ustoz va murabbiylar, sizlarni sharaflaymiz", "Men sevgan ustoz", "Agar hayot bо‘ston bо‘lsa, bog‘bon muallim", "Ustozlar kuni — umumxalq bayramidir" kabi mavzularda о‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, yosh musavvirlar, yosh xunarmandlar yosh raqqosalar, yosh chevarlar kо‘rik-tanlovlarini, yosh polvonlar, yosh sportchilar, о‘tkir zehnlilar, topqirlar musobaqalarini, she’rxonlik va mushoiralarni о‘tkazish lozim.
Ustoz va murabbiylar bayramini nishonlashda о‘tganlar ruhini shod etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
"О‘qituvchilar va murabbiylar kuni" bayramini quydagicha reja asosida о‘tkazish mumkin:
— 1 oktabr — "О‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami — dam olish kuni ekanligi;
—о‘qituvchi—ulug‘ zot ekanligi haqida;
—ustoz—otangdek ulug‘ligi;
—о‘qituvchi va murabbiylar mehnatining qadr-qiymati haqida;
—buyuk ustozlar haqida О‘qituvchilar sulolasi haqida;
—ustozlar ruhini shod etish;
—о‘qituvchilarni munosib taqdirlash, sovg‘alar ulashish;
—rivoyat, hikoyalar, she’r va kuy-qо‘shiqlar ijro etish;
—saxna lavhalaridan, sport о‘yinlaridan namoyish etish;
—san’atkorlar chiqishi;
—sayl-sayohatga borish;
—nafaqaxо‘r, faxriy о‘qituvchilar holidan xabar olish;
—kо‘rgazma tashkil etish, kimoshdi savdosini uyushtirish.
Bayramni ikki bosqichli tadbir asosida о‘tkazish ham mumkin.
Birinchisi — ma’rifiy, ma’naviy tadbirlar bо‘lsa, ikkinchisi, kо‘ngil ochar, estetik zavq-shavq olishga bag‘ishlangan о‘yin-kulgi, tomoshali tadbirlardir. Sayohat va sayllarda, muzey va muqaddas qadamjoylarga, "Xotira va Qadrlash" maydonlariga borish.
О‘quv yurtlarida "О‘qituvchi va murabbiylar" bayrami teatrlashtirilgan reja asosida olib borilishi bayramning estetik tarbiyaviy qimmatini yanada oshiradi. Buning uchun, о‘quv yurtlarining havaskorlik drama teatri a’zolari, musiqa va cholg‘u asboblari tо‘garaklarining ishtirokchilari bilan teatrlashtirilgan badiiy qismlar tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Shaxrisabz, Termiz, Xiva shaharlariga о‘qituvchilar sayohatini uyushtirish. Bu ishlarda xalq ta’limi bо‘limi, hokimiyat, mahalla, homiy tashkilotlar, san’at va adabiyot ahli hamkorlikda faollik kо‘rsatishlari lozim.
Tomoshalar, konsertlar, Musiqali kechalar va lektoriylarga ustozu yosh murabbiylar va о‘quvchilarning bepul kirishini ta’minlash, shuningdek, ijodkor xodimlar guruhlari ta’lim-tarbiya muassasalariga tashrif buyurishlari lozim. "О‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayramini о‘tkazishni Respublika, viloyat, shahar, tuman ommaviy axborot vositalari orqali yoritish maqsadga muvofiqdir. Bayram о‘tkaziladigan joyni bezashda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
—"О‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayramini о‘tkazish uchun, avvalo, sahna mavzuga mos qilib, did bilan bezatilishi — о‘qituvchi ustoz haqida Hadisu Sharif, Qur’oni Karim, Yusuf Xos Xojyb, A.Jomiy, A.Navoiy, A.Avloniy, Usmon Nosir, Fitrat, CHо‘lpon, Munavvar Qori hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov sо‘zlaridan namunalar bitilib, shior qilib osib kо‘yilishi;
—Davlat Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi о‘rniga tug‘ri joylashtirilishi;
—"Qur’oni Karim", "Hadisu Sharif", "Qutadg‘u bilig", "Qobusnoma", "Mahbub ulqulub", "Muhokamatul lug‘atayn", "Odobnoma", "Turkiy guliston yoxud axloq", "Alifbe", "Ustoz-muallim", "Odob saboqlari" va boshqa qadimiy hamda zamonaviy darslik va kо‘llanmalardan namunalar qо‘yilishi;
—fidoyi о‘qituvchilar suratlari, eng yaxshi dars va darsdan tashqari ma’naviy tarbiya ishlari bayonidan lavhalar, shuningdek, devoriy gazetalarning bayram sonlari kо‘rgazma sifatida namoyish etilishi;
—О‘zbekistonda "Davlat tili", "Ta’lim tо‘g‘risida", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "О‘q,ituvchilar va murabbiylar kuni", "Davlat Mustaqilligi tо‘g‘risida"gi Davlat Qonunlari hamda О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi о‘z aksini topishi;
—katta zalda dasturxon bayramona nozu-ne’matlar bilan tuzalishi, о‘rindiqlar hozirlanishi;
—bayramga mahalla oqsoqollari, faxriy о‘qituvchilar-murabbiylar, xalq ta’limi, tuman, shahar hokimiyati, xayriya jamg‘armalari, homiy tashkilotlar va matbuot xodimlari, vakillari, yozuvchilar, san’atkorlar taklif etilishi;
—ota-onalar, a’lochi о‘quvchilar ham ishtirok etishlari;
—bayram zarur texnik va musiqiy asbob-uskunalari, boshlovchi, badiiy havaskorlar bilan ta’minlanishi, azaliy о‘zbekona udumga binoan shodiyona karnay-surnay sadolari bilan boshlanishi lozim.
Quyida bayram tantanalarini о‘tadigan joyni bezatishda foydalanish uchun buyuk allomalarning ustoz va murabbiylar haqidagi fikr va mulohazalaridan namunalarni ilova qilamiz:
1. О‘quv qayda bо‘lsa, ulug‘lik bо‘lur,
Bilim qayda bо‘lsa, buyuklik bо‘lur.
(Yusuf Xos Hojib)
2. Haq yо‘lida kim senga bir harf о‘qitmish ranj ila
Aylamak bо‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
(A. Navoiy)
3. Jahonda bо‘lmasa muallim agar
Hayot ham bо‘lmasdi gо‘zal bu qadar.
(A. Jomiy)
4. Ustoz, muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan bо‘lurdi qora jahon.
A. Jomiy 

5. Ustozlar—aziz yurtning eng aziz, eng ulug‘ va mо‘tabar kishilaridandir.
I.A. Karimov
6. Hayot yо‘lida birinchi masala — maktab masalasidir.
Abdurauf Fitrat
7. Ustoz yо‘li porloqdir, ustoz yо‘li porloqdir,
Ustoz kо‘ngli xazina, sahovatga tо‘likdir.
P. Mumin
3. Inson chindan ham shu ulug‘ nomga sazovar bо‘lsa, u о‘z qadriga yetish bilan birga о‘zgalar qadrini ham baland tutib, odamiylik burchini tо‘g‘ri ado etadi. Ana shu insoniylik burchlaridan biri о‘tganlar ruhini shod etib, ular xotirasi, qadr – qimmatini о‘z joyiga qо‘yishdir.
“Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, bor kuch – quvvatini ayamagan biror bir kishi unutmasligi kerak. Ularning har biriga munosib hurmat – ehtirom kо‘rsatilishi shart”, - deb ta’kidladi. Prezident I.Karimov.3
О‘zbek diyori о‘zining fidoiy, vatanparvar, har qanday yovuz kuchlarni yenga oladigan, о‘z onasi, rafiqasi, opa – singillari – yu, aka – ukalarini xor qilib qо‘yishdek pastkashlikni о‘ziga or deb biladigan jasur о‘g‘lonlari bilan g‘ururlana oladi. Fikrimizning dalili sifatida ikkinchi jahon urushidagi fidoyilarni olishimiz, ular bilan xaqli ravishda faxrlanishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushi butun qardosh respublikalar qatori О‘zbekiston aholisi uchun ham og‘ir kulfatlarni keltirdi. о‘zbek elidan kо‘plab о‘g‘lonlar borib, begona yerlarda qolib ketdi.
Afsuski, urush qatnashchilari – hozirgi kunda hayot bо‘lganlari kundan – kunga kamayib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizda 109 ming urush qatnashchisi, 159 ming urush orqasida mehnat qilgan kishilar bor.
Respublikamiz Prezidentining “9 may – Xotira va Qadrlash kuni” deb e’lon qilish haqidagi Farmoni zaminida ushbu kunlarimiz nafasi barq urib turibdi. Xotira, qadrlash bu kishi qalbi uyg‘oqligining, о‘sha qalb toza va pokligining timsolidir.
Hayot bor ekan, demak tug‘ilish bor, о‘lish bor. О‘tganlarning xotirasini abadiylashtirish, ularning chirog‘ini doimo yoqib turish nafaqat о‘sha ormizda yо‘q kimsalarning izzatini joyiga qо‘yishni, balki kishining о‘z – о‘ziga bо‘lgan qadr – qimmatini ham anglatadi.
Ushbu bayramni umumxalq bayrami sifatida nishonlash bu istiqlol hadya etgan in’omlardan biri ekanligini va bu kunning mazmunli, kо‘tarinki ruhda о‘tkazilishiga erishmoq lozim.
Akdemik litseylar, kasb – hunar kollejlari, bilim yurtdagi о‘quvchilarga jangohlarda “Vatan, Vatan, Vatan, ona, ona, ona” - deb jon berganlar kо‘p bо‘lganidek, “Fevral voqealari”dek “Vatan”ni, “Ona”ni sariq chaqaga almashtiruvchi “Vatanfurush” bо‘lib olmaslikni tushuntirish lozim.
Shuningdek, 9 may «Xotira va Qadrlash kuni” ni umumxalq bayramini о‘tkazishda quydagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
  • “Xotira va Qadrlash kuni” umumxalq bayramini О‘tkazuvchi maxsus komissiya tо‘zish, tadbirlar ishlab chiqish; 


  • “Xotira – qalb chirog‘i”, “Inson buyuk zot, uni qadrlash oliy hikmat” kabi mazularda maxsus darslar, turli – tuman kechalar, davra suhbatlari, savol – javob, bahslar va tarbiyaviy soatlar о‘tkazish; 


  • «Osmonimiz musaffo, yerimiz tinch bо‘lsin”, “Yurtimiz husni jamoliga kо‘z tegmasin”, “Toshkent – tinchlik shahri”, “О‘tganlar xotirasi, tariklar farovonligidir”, “Xotira va Qadrlash - burchimiz” kabi mavzularda sherxonlik tanlovini о‘tkazish; 


  • Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv о‘tkazish, ularning xonodonlariga borish, ularni tabriklash, ularga ma’naviy va amaliy yordam berish;


  • “Xotira va Qadrlash” kuniga bag‘ishlab adabiyotlar kо‘rgazmasini tashkil etish. 




Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirlar о‘quvchilarning bilim kо‘nikma va malakalarga qarab ijodkorlik bilan о‘tkazish tavsiya etiladi.
“Xotira va Qadrlash kuni”da nafaqat ikinchi jahon urushi qatnashchilari balki qatog‘on yillarida nohaq ayblangan, qamoqxonalarda hamda mustabid tuzum davridagi afg‘on urushida halok bо‘lganlarni eslash maqsadga muvofiqdir.


Xulosa.
«Darsdan tashqari ta’limga qо‘yilgan davlat ta­lablari» yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada takomillashtirishga, samaradorligini oshirishga hizmat qiladi hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda aniq yо‘nalishlarni belgilab beradi. U zamon talablari asosida tashkil etiladi. Bu borada pedagogik xodimlarning javobgarligi ham oshiriladi. Ushbu talablar asosida guruhdan va ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning istiqbol, rejalarini, tadbirlarini ishlab chiqish mumkin.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling