Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


О‘quvchilarning о‘zini-о‘zi boshqarishi


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana16.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1272568
1   2   3   4   5
Bog'liq
jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari

О‘quvchilarning о‘zini-о‘zi boshqarishi. Pedagog mustaqil tayyorgarlik davrida о‘quvchilar bilan ishlashni tabakalashtirilgan tarzda olib boradi, ularni guruhlarga taqsimlaydi, ayrimlari bilan esa yakka tartibda ish olib boradi. Pedagog fan kabinetlaridagi mustaqil ishlarni tashkil etib, bilimlar egallashni ta’minlovchi topshiriklar sistemasini ishlab chikadi, muntazam ravishda о‘qishning borishini nazorat kiladi, о‘quvchilarning kitob, asboblar, qullanmalar, о‘quv telekursatuvlari, qо‘shimcha adabiyotlar va boshkalar bilan ishlash malaka va kо‘nikmalarini muntazam shakllantirishni ta’minlaydi.
Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etishda laborant о‘quvchilar alo hida urin tutadi. Ular murakkab tajribalarni amalga oshirishda yordam beradilar, diapozitivlar, filmlarni namoyish etadilar, haritalarni tayyorlaydilar, almashtiriladigan stendlarni bezatadilar, kabinetlarda inventarizatsiya о‘tkazadilar, darsliklar va dasturlarga doir adabiyotlar fondiga mudirlik kiladilar va hokazo.
Mustaqil mashg‘ulotlarda pedagog bilan о‘quvchining hamkorlik kilishi zarurligi bekor qilinmaydi, lekin u darsdagiga nisbatan boshkacha—asosan bavosita, о‘quv materiali (sxemalar, jadvallar, yо‘l-yuriklar, maxsus tо‘zilgan ma’lumotnomalar va hokazolar)ni tegishli tarzda tashkil etish orkali amalga oshiriladi.
Kelgusida о‘rta bо‘g‘inda darsdan tashkari mashg‘ulotlarni tashkil etishda pedagogning sо‘naltiruvchi ta’siri ostidagi о‘quvchilarning о‘zini-о‘zi tartibga solish, о‘zini-о‘zi nazorat kilishi asosiga kurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida о‘tkaziladigan mustaqil mashrulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda darsdan tashkari ishda ta’limning moddiy bazasi: qо‘shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlar, laboratoriya uskunalari, kо‘rgazmali qо‘llanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan okilona foydalanish kо‘zda tutiladi.
О‘z ichiga:
— darslik va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni uzlashtirishni ta’minlovchi;
tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyi halashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashii olgan mustaqil ishlash uchun topshiriklar sistemasi maqsadga muvofikdir.
Yuqorida kayd etilgan topshiriklarni bajarish jarayonida о‘quvchilar turli qо‘llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni urganadilar, о‘zini-о‘zi tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarni jalb etish kо‘nikmalarini egallaydilar. Ayni paytda ularda topshiriklarni bajarish uchun zarur materiallarni tanlash, ishning ketma-ketligini belgilash, vaqtni hisobga olish kabi tashkiliy kо‘nikmalar shakllanadi. Bunga о‘xshash mashg‘ulotlar о‘quvchilarga ular uchun yangi bо‘lgan sharoitlarda mehnat kilish kо‘nikmasini egallashga yordam beradi, о‘qituvchiga esa о‘quvchilarda ta’lim-tarbiya jarayoniga faol kushilish uchun zarur bо‘lgan fazilatlarni aniq, maqsadni kо‘zlab, izchil shakllantirish imkonini be;radi.

Natijada о‘quvchilar uchun о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning yangi shakllni kiroat hona va bush auditoriyalarda pedagogsiz mustaqil mashg‘ulotlarni asta-sekin joriy etish mumkin bо‘ladi. Shuni aytish kerakki, bunday ish shaklining dastavval ayrim kismlari uzlashtiriladi. О‘quvchilar guruhlariga tarbiyachisiz, о‘zlari shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Bunday mashg‘ulotlar kattik, tartibga solinadi: ish joyi, tarbiyachiga takdim etilishi kerak bо‘lgan hisobot materiallari va bu ishlarni amalga oshirish vaqti aniq belgilab qо‘yiladi. о‘quvchilarni guruhlarga taqsimlash oldidan katta tayyorgarlik ishlari olib boriladi: tarbiyachilar bilan ular mehnatini tashkil etish usullari hakida suhbatlar, qiroat honada va bо‘sh auditoriyalarda mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan dastlabki sinovlar, bu tajribani muhokama kilish va unga zarur tuzatish kiritish kabi ishlar bajariladi.
Kuzatishlarning kursatishicha, ishning yangi shakllariga utish butun pedagoglar jamoasining kuch-g‘ayratlarini birlashtirishni, bо‘sh xonalarni taqsimlashda, tartib va intizomga rioya etilishini nazorat kilishda alohida aniqlikni talab etadi.
О‘quvchilarning о‘zini-о‘zi tartibga solish va о‘zini-о‘zi nazorat kilish asosiga qurilgan guruh. va yakka tartibdagi ish shakllari asta-sekin asosiy ish shakllari bо‘lib qoladi. Ular о‘quvchilarda intizom va mas’uliyatni shakllantirishga kо‘maklashadi.
Bir qancha hollarda mustaqil tayyorgarlik yuzasidan ayrim mashg‘ulotlarni tarbiyachi ishtirokida uyushtirish zarurati vujudga keladi. Bu unchalik mustahkam bо‘lmagan va yanada kuchaytirilishi zarur bо‘lgan malaka va kо‘nikmalarni tiklash yoki shakllantirishni davom ettirish maqsadida о‘tkaziladi. Binobarin, tarbiyachi ishtirokidagi mustaqil mashg‘ulotlarni о‘quvchilar mustaqilligi shakllanishining muayyan boskichida tо‘la bardam topadigan shakl sifatida karamaslik kerak. U о‘quv mashg‘ulotlaridan keyingi darslarni tashkil etish shakllari sistemasida zarur jihat sifatida saklanib qoladi, lekin undan foydalanish meyori о‘zgaradi.
Mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish jarayonida shaxslarning zо‘riqishiga yо‘l qо‘ymaslik muhimdir. Shu maqsadda shaxslarda о‘quv ishining okilona usullarini, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborot okimida yо‘l topa olish, mustaqil tajribalar kilish va kuzatish olib borish kо‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Fanlararo alokalar g‘oyalarini ruyobga chikarish uchun: dars va darsdan tashkari о‘quv ishlari-mustaqil tayyorgarlikni uyg‘un birlashtirish; mustaqil tayyorgarlik davrida turli fan о‘qituvchilarining uzaro alokasi; fan о‘qituvchisi bilan tarbiyachining hamjihatligi; turli rejim paytlarida yagona talablarni amalga oshirish kabi yangi imkoniyatlar vujudga keladi va hokazo.
О‘quvchilarning barcha fanlar yuzasidan mustaqil ishlashi fakat darsdan tashkari faoliyatdagina emas, shu bilan birga darsda ham boshkacha sifat kasb etadi. Dars va mustaqil tayyorgarlikning bir-biriga singib ketishi, о‘quv va qо‘shimcha adabiyotlardan, qomuslardan, ma’lumotnomalardan va boshkalardan keng foydalanish imkoniyati obyektiv tarzda о‘quv materialini eng kо‘p darajada uzlashtirishga, mustaqil ishni jadallashtirish hisobiga (uni birmuncha kiskartirgan holda).о‘quv vaqtidan samarali foydalanishga, eng muhimi, о‘quvchilarda mehnatsevarlik, mustaqillik, mas’uliyatni tarbiyalashga kо‘maklashadi.
О‘quvchilarning mustaqilligi turli darajada bо‘lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish mu himdir, albatta, bu esa ular sha hsining shakllanishiga shub hasiz ta’sir kursatadi. Ayrim о‘quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki о‘quvchilarning uzlari oldilarida turgan vazifalarni va ularni hal etish yо‘llarini ancha yaxshi tushunadilar. tarbiyalanuvchilar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi makbо‘l emas, chunki bunday holat tarbiyalanuvchilarning mexnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
О‘quvchi mustaqil harakat kilib, lekin uz ishini tarbiyalashning fikri va ba hosiga boglik kilib kuygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish kizikish va ishtiyok bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan shaxsning harakatlarida ishonchsizlik ji hatlari mavjud bо‘ladi.
Tarbiyachining tula rahbarligi va nazorati ostida harakat kiladigan о‘quvchilar toifasida majburiy-ijro etish holati paydo bо‘ladi. Bunda о‘quvchilar ishga unchalik kizikish bildirmaydilar. Ular kо‘pincha tar-biyachining yordamini surab murojaat kiladilar, kuchli о‘quvchilarning qо‘llab-kuvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday kullab-kuvvatlash bо‘lmasa, ishni davom ettirishda irodalarini ishga solmaydilar. Bunday shaxslarda tashkaridan majbur kilish vaqtida harakat kilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barkaror bо‘lib kolsa, u о‘quvchining faqat aqliy emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham, tuskinlik kilishi mumkin.
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz—ijro etish holati rasmiy ijrochilik bilan, ishgiyok. va havas bilan me hnat kilishni istamasligini yashirishga intilayotgan о‘quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud bо‘lishiga yо‘l kuyib bо‘lmaydi, aks holda о‘quvchilarda ishga nisbatan rasmiy munosabat ji hatlari paydo bо‘ladi, bu esa ularning mehnatdagi tashki faolliklarini yukka chikaradi.
Va, nihoyat, beixtiyor hosil bо‘ladigan holat ham ruy berishi, bunday holat «hohlasam—о‘ynayman, hohlamasam—о‘ynamayman»; «yoksa—ishlayman, yokmasa—ishlamayman»; «oson bо‘lsa—bajaraman, kiyin bо‘lsa—bajar-mayman» degan suzlarga rioya etadigan о‘quvchilar faoliyatida namoyon bо‘ladi. Bu о‘quvchilar guruhi tarbiyachiga yuqorida kayd etilgan о‘quvchilar guruhiga nisbatan kam kiyinchilik va tashvish keltirmaydi. shaxslarning mustaqil tayyorgarligidagi beihtiyor holatni boshka holatga aylantirish ancha qiyin ishdir. Bu shaxslarning fakat uz sha heiy istaklari bо‘yicha ish bajarishga doir nohush mayllarini bartaraf etish uchun uzok. vaqt ter tо‘kib mehnat kilishga tо‘g‘ri keladi.
Kо‘rsatib о‘tilgan hollarning har birida shaxslarni bilish jarayoniga jalb etish, ularning kizikishlariga tayanish, о‘quvchilarga о‘quv faoliyatida muvaffakiyatga erishishni his etish imkonini berish, ularni ragbat-lantirish va albatta о‘qishga о‘rgatish kerak.
Kuzatishlarning kursatishicha, tarbiyachilarning uzlari kо‘pincha shaxslarning mustaqil tayyorgarligi, ularning ishga munosabatidagi holatning xilma-xilligini bilmaydilar. Pedagog esa, ana shunday holatlarning namoyon bо‘lishiga tayanib, yakka tartibda yahshirok, yondashishni amalga oshirish mumkin, mustaqil tayyorgarlik davrida tarbiyalanuvchilarga о‘z ta’snrini muvofiklashtirishi va takkoslashi, uni sha hsni shakllanti-rishning samarali vositasiga aylantirishi mumkin. Bunda unga о‘quvchilarning fe’l-atvoridagi uzgarishlar jarayoо‘ini va о‘z tarbiyaviy faoliyatining pirovard natijalarini oldindan kura bilish, har bir о‘quvchining hususiyatlarini, uning shaxs sifatida mehnatga munosabatini yaxshi bilish yordam beradi.
О‘quvchilarning mustaqil tayyorgarligini tashkil etganda, shaxslar mustaqilligini pasaytiruvchi ortikcha vasiylik kilishga yо‘l kuyib bо‘lmaydi. Kuzatishlarning kursatishicha, tarbiyachilar mustaqil tayyorgarlikning turli boskichlari (bо‘lajak ishning borishi tushuntiriladi, uy ishi, uning mazmunini, о‘quvchi faoliyatining tartibini tо‘la tushuntirib berish hollari uchraydi va hokazo)da о‘quvchilarning ishiga aralashib, kо‘pincha ular mustakkilliginiig rivojlanishiga halakit beradilar, mustaqil faolnyat kо‘nikmalari shakllanishiga tuskinlik kiladilar. Mustaqil tayyorgarlik jarayonida о‘quvchilar mustaqilligi muntazam oshib borishi va yordam berish muntazam kamayib borishiga erishish muhimdir, albatta.
О‘z guruhining imkoniyatlarini, shaxslarning о‘ziga xos hususiyatlarini, ular mustaqil ishining uslubini hisobga oluvchi tarbiyachi mustaqil tayyorgarlik davrida g‘oyattalabchan bо‘ladi, shaxslarni mustaqil faoliyatga yо‘naltiradi, mustaqil tayyorgarlikii о‘quvchilar bilimlarini musta hkamlashning va ularda tashkiliy-amaliy malaka va kо‘nikmalarii rivojlantirishning vositasi sifatida karab, о‘z yordami darajasini asta-sekin pasaytiradi.
Ta’lim muassasalari о‘quvchilarining mustaqilligi hakida gapirar ekanmiz, biz bu jarayoining ikki tomonini ifodalaydigan tushunchalardan: о‘quvchilar faoliyatida-mustaqillik darajasidan, tarbiyachi faoliyatida—yordam berish darajasidan foydalanamiz. Mustaqillik darajasi deganda biz о‘quvchilarning pedagog yordamiga bо‘lgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga bо‘lgan ehtiyoj qanchalik yuqori bо‘lsa, о‘quvchilarning mustaqilligi shunchalik past bо‘ladi. Shaxslarga yordam kursa;tish darajasining mezoni sifatida biz о‘quv muassasasi chilarining topshiriklarni bajarish jarayoniga tarbiyachining aralashuvini qabul kilamiz.
Ayni vaqtda shuni hisobga olish muhimki, mustaqil tayyorgarlik mustaqil faoliyat shakli bо‘lib, u shaxsni о‘qishga о‘rgatar ekan, tulik; ravishda tarbiyachining rahbarligisiz, muayyan darajadagi tarbiyaviy kuch-rayrat sarflashisiz о‘tishi mumkin emas.
Pedagoglarning mustaqillikni tarbiyalash vazifalarini hal kilishga sarflagan kuch-g‘ayrati о‘quvchilarning ruhiy-fiziologik kayfiyatiga mutanosibdir. Agar shaxslar mustaqil tayyorgarlikni о‘z faoliyati zanji-ridagi tabiiy bо‘g‘in sifatida qabul kilsalar, pedagoglar tomonidan ham, shaxslar tomonidan ham katta kuch-g‘ayrat sarflash talab etilmaydi. Aksincha, mashg‘ulotga yomon tayyorgarlik kurish hamma uchun qо‘shimcha kiyinchiliklar tug‘diradi. Tarbiyachining о‘quv muassasasi о‘quvchilariga irodaviy ta’sir kursatishi talab etiladi, ularning esa uz organizmlari va ruhiyatlarining a hvolini muayyan faoliyatga sо‘naltirish uchun irodaviy zurikishlariga tо‘g‘ri keladi. Har kanday holatda tarbiyachi tomonidan ham, о‘quvchilar tomonidan ham kо‘p yoki oz midorda kuch-g‘ayrat sarf etishni talab etadigan vaziyatlar vujudga keladi. Mustaqil tayyorgarlik davomida ta’lim muassasalarining о‘quvchilari mustaqil faoliyatining u yoki bu kо‘nikmasi shakllanayotganda ham huddi shunday vaziyatlar vujudga keladi. Bu vaziyatni zarur tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga yordam beradigan pedagogik ji hatdan maqsadga muvofiq holatga aylantirish tarbiyachining ma horatini bildiradi.
О‘zini-о‘zi tarbiyalash о‘z ustida ongli va rejali ish olib borish, jamiyat va rivojlanish shaxsiy dasturi talablarga javob beruvchi xususiyat va sifatlarni shakllantirishga yо‘natirilgandir. О‘zini-о‘zi tarbiyalash tarbiya jarayonida shakllanadi.
Bu usullarni shartli ravishda 2 guruhga bо‘lish mumkin.
О‘zini-о‘zi tarbiyalash shaxsining о‘zini-о‘zi anglashdan boshlanadi. Buning uchun quyidagi usullar qо‘llaniladi. Ular 1-guruhga tegishli:
О‘zini-о‘zi kuzatish ;
Taqqoslash;
О‘zini-о‘zi tahlil qilish;
Empatiya; 

О‘zini-о‘zi baholash.
Bu usullarning barchasi о‘zini-о‘zi anglash saviyasini о‘stirishni maromlashtiradi. Bu besh usul yordamida shaxsni о‘zini-о‘zi baholashi amalga oshiriladi. Qolgan usullar о‘zini-о‘zi tarbiyalash uchun qо‘llaniladi:
О‘zini-о‘zi tanqid qilish;
О‘z-о‘ziga majburiyat yuklash;
О‘zini-о‘zi boshqarish;
О‘z-о‘ziga buyruq berish;
О‘zini-о‘zi jazolash;
О‘z-о‘ziga ta’sir kо‘rsatish;
О‘ziga ishonch. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling