Jamoani istiqbolini belgilovchi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari


Download 37.36 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2023
Hajmi37.36 Kb.
#1146149
1   2   3
Bog'liq
Umarjonova doc

Kurs ishining vazifalari:
1. Jamoaviy tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini o`rganish va tahlil qilish .
2.Sinf rahbari tomonidan tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlarning ahamiyatini ochib berish.
3. Boshlang`ich sinflarda jamoaviy tashkil etiladigan tadbirlarning o`quvchilar tarbiyasida tutgan o`rnini o`rganish.

1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida.


O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Zero, jamiyatda kechayotgan islohotlarning samaradorligi uning fuqoralari ega bo’lgan ma’naviyatiga bog’liq. Shu sababli ham mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlod tarbiyasi va uning ma’naviyatini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratib: ”Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”5- degan edilar. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, yosh avlod ma’naviy tarbiyasi nechog’li ahamiyatli va kechiktirib bo’lmas masaladir. Chunki, bugungi yoshlar ertangi O’zbekistonning kelajagi va bunyodkorlaridir. Demak, har jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan dolzarb vazifa ekan, avvalo bunday shaxslarni tarbiyalab, voyaga yetkazish uchun boshlang’ich sinflarda tahsil olayotgan murg‘ak qalb egalarining ongiga ona Vatan, Vatanni sevmoq, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shish kabi tushunchalarni chuqurroq singdirish lozimki, shu ruhda tarbiya topayotgan yosh avlod kelajakda mamlakat, xalq manfaatlarini o‘z manfaatlari bilan uyg‘un holda ko’radigan, har jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishadilar. Bunday shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim va tarbiya jarayonining almashinib bo’lmas o‘z o’rni bor. Shuningdek, dars jarayonining davomi sifatida yo’lga qo’yiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi ham o’quvchilar hayotini zavqshavqqa to’ldirish bilan birga mamlakatimiz rivoji uchun barkamol insonlarni tarbiyalab berishdan iborat. Maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, amalda qo‘llay bilish, kasbga yo’naltirish, xalqimizning boy merosi, an’analari bilan yaqindan tanishtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarda bunday tarbiyaviy tadbirlarni maktablarda ko‘proq tashkil etilishni taqozo etiladi. Chunki, kichik maktab yoshidagi bolalar o’ta qiziquvchan, o’yinqaroq, taqlidchan bo’ladilar, ular tadbirlarda ishtirok etishdan katta zavq oladilar. Tadbirlarni maktablarda tashkil etishda milliy qadriyatlarimiz namunalari boy manba bo’lib hisoblanadi. Bunday tadbirlarda o’quvchilar mashhur allomalarimiz, vatanparvar insonlarning Vatan uchun olib borgan kurashlari, xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanishib boradilar hamda ularda ham Vatanga e’tiqod, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, insoniylik kabi hislatlar tarbiyalanib boradi. Mustaqillikdan keyin mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyo andozalari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, barkamol insonni tarbiyalash Respublika ijtimoiy tarqqiyotida ustuvor soha deb belgilanganligi bois maktablarda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishga alohida e’tibor qaratildi. Shu boisdan 1993 yil “Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar konsepsiyasi” yaratildi. Ma’naviy yangilanish-islohotlar amalga oshirilayotgan har bir mamlakatda ro’y beradigan ijtimoiy hodisalardan biri bo’lib kelgan. Ma’naviy yangilanish-bu avvalo, xalqimizning boy milliy-ma’naviy merosini xolis o’rganish, yosh avlodni ana shu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning milliy tafakkurini har qanday yot qarashlardan poklashni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir shaxs, jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni, shakl, metodlariga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, nutq va maqolalarida ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berilgan.Unda bayon qilingan fikr va qoidalar asosida ma’naviyat va ma’rifatning ilmiy asoslari va uni rivojlantirishga qaratilgan qator dasturlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda. Ma’rifatparvarlar M. Behbudiy, A.Avloniy, A.Shakuriy va boshqalarning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalari ta’lim tizimida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomilashtirishga asos bo’ladi. Shu bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ilmiy-nazariy va metodik asoslari mamalakatimiz pedagog olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan. Xususan shaxs ma’naviy madaniyati va uni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari hamda unga yangicha metodologik yondashuv masalalari(O.Musurmonova) yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda oila va milliy qadriyatlarning ahamiyati(M. Inomova) yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy madaniyat va uni tarbiyalash(U.Mahkamov) masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa, S. Ochilovning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari ( O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlari misolida) nomli tadqiqot ishi alohida ahamiyat kasb etadi. “Boshlang’ich ta’lim Konsepsiya”sida (mualliflar: Q. Abdullayeva, R. Safarova va b.) ta’lim jarayonini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish va bu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qarashlar, pedagogik nazariya hamda bilimlar, ilmiy farazlar fondi sifatida boshlang’ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning hal etilishi lozim bo’lgan jihatlari mavjudligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning turli qirralari yoritilgan. Ammo, boshlang’ich sinflarda tashkil etiladigan bayram tadbirlarini interaktiv metodlar asosida takomillashtirish ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tadqiq etilishi yetarli darajada emas. Bu esa “Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini takomillashtirish mavzusini tadqiq etishimiz uchun asos bo’ldi. Takomillashtirish omili safatida esa interfaol metodlar imkoniyatlarini o’rganishga harakat qilindi. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Buning uchun esa boshlang’ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga e’tibor bilan yondashish lozim. Chunki, boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda sinfgdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning boy tizimidan unumli foydalanilsa, bolalarda yaxshi fazilatlarni shakllantirish, o’quvchilar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rstayotgan omillarning oldini olish mumkin bo’ladi. Bu tizim tanlovlar, sport musobaqalari, teatrlashtirilgan bayramlar, aytishuv shaklidagi tadbirlar, o’yinlar, badiiy kechalar, sinfdan tashqari o’qishlar, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, O’qituvchilar va Murabbiylar kuni, Navro’z bayrami, Yangi yil bayrami, Hosil bayrami, Alifbe bayrami ,Boysun bahori va boshqa qator tadbirlarni o’z ichiga oladi. Mazkur bayram-tadbirlar sinf rahbarlari, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining yillik tarbiyaviy ishalr rejalarida ifodalanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, jamiyatimizning kelajagi bo‘lmish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini takomillashtirib boorish muhim ahamiyatga egadir. O’quvchilarni musiqiy ommaviy tadbirlarga jalb etish, tashkiliy tayyorgarlik jarayonida har bir tadbir mazmuni, mohiyati haqidagi suhbatlar, o’quvchilarni tasavvur va tushunchalarini kеngaytirish bilan xayotga faol va qizg’in munosabatlarini ham shakllantiradi. Maktablarda o’tadigan turli sohadagi taniqli, ilm-fan, san'at madaniyat, adabiyot, qishloq xo’jaligi namoyondalari bilan uchrashuvlar ham katta ahamiyatga molik tadbirlardan hisoblanadi. Bunday tadbirlarga bag’ishlangan badiiy kontsеrt dasturlari ham o’z navbatida tarbiyaviy xaraktеr kasb etadi. Ijodkorlarning san'at va madaniyat, uning xayotiy ahamiyati haqidagi fikrlari, o’z ijodlaridan namunalar o’qishi. Hayotiy tajribalari haqida suhbatlari har bir qatnashchining xayotga munosabatida ma'lum o’zgarishlar sari undaydi. Ma'lumki, maktab hayotida musiqa o’qituvchisining faoliyati juda xam ko’p qirralidir. Maktabda musiqiy-estеtik tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari faoliyatlar jarayonida uni takomillashtirish, mazmundorligini oshirib borish katta ma'suliyat yuklaydi. Mana shu faoliyatda uning qanchalik o’z kasbiga fidoyiligi, o’quvchi - yoshlarni sеvishi ular taqdiriga ma'suliyati namoyon bo’ladi. Xuddi shu ma'suliyat xissini to’ygan va o’z kasbini sеvgan va ulug’ maqsadlar sari intiluvchi o’qituvchi o’zining kasbiy faoliyati taqozosidan kеlib chiqib turli-turli tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga har doim mas'uliyat bilan yondashish lozim bo’ladi. Shunday ekan musiqa tarbiyasining ommaviy shakllari biz yuqorida to’xtalib o’tgan tadbirlar bilan chеklanib qolmaydi. Musiqa o’qituvchisining maktab ma'naviyat ishlari bo’yicha dirеktor o’rinbosari bilan bamaslahat tarzda vaqti-vaqti bilan o’quvchilarni san'at va madaniyat dargohlariga ekskursiyalar uyushtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Xalqimizda “ming marta eshitganidan, bir marta ko’rgan afzal” dеgan maqol bor. Albatta san'at dargohlarida (tеatr, filarmoniya, ijodiyot uylari) va kontsеrtlarga tashrif va u yеrdagi profеssional jamoalarning musiqa san'atining turli yo’nalishlari va janrlari bo’yicha ijrolari, xatto rеpitеtsiyalari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. San'atga ishtitoqmand yoshlarni xavaskorlarini kuchayishiga va o’z ko’rganlari va eshitganlarini “o’zicha” takrorlash va taqlid qilishga o’sha ko’rgan san'atkori darajasida ijro etishga intilib xarakat qilishiga olib kеladi. Hozirgi kunda maktablarda ‘‘Alifbе” bayramlarini qizg’in tayyorgarlik bilan o’tkazish an'anaga aylangan. Mana shu bayramlarni sinf o’qituvchisi va musiqa o’qituvchisining o’zaro hamkorligidagi tayyorlangan dastur asosida o’tkazilishi ularni qiziqarli, ta'sirli va ko’ngilli o’tishini ta'minlashda muhim omil bo’ladi. Hatto muhtaram Birinchi Prezidentimizning asarlarida ham tarbiya haqidagi fikrlar uzluksiz keltirilgan. “Yangi avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalash demakdir”. Shunday ekan yangi avlodni bor kuch-qudratimizni ishga slogan holda amalga oshirmog’imiz kerak. O’quvchilarni turli madaniy tadbirlarning konsеrt dasturlarida chiqishlariga intilish va sharoit yaratish o’quvchilar uchun o’ziga xos sinov vazifasini bajaradi. Ularda ishonch xissini tug’diradi va sahna madaniyati bilan tanishtiradi. Musiqiy ommaviy tadbirlarda o’qituvchi - rahbar o’zining asosiy maqsadini hеch qachon unutmasligi kerak. Bu to’garak mashg’ulotini, ayrim bayram tadbirlariga tayyorlanayotgan konsеrt dasturimi yoki ko’rik tanlovlarga tayyorgarlikni, qatiy nazar o’quvchilarning musiqa xaqidagi vokal - xor va ijrochilik malakalarini shakllantirish, musiqiy - nazariy bilim, ko’nikma va shakllantirib borish bilan yondashish kеrak. Barcha tadbirlarni o’tkazish bilan u haqida suhbatlar o’tkazib borishi, san'at va madaniyat sohasidagi yangiliklardan o’quvchiishtrokchilarni xabardor qilib borishi lozim. Shuni ham ta'kidlab o’tshi joizki, musiqa tarbiyasining ommaviy shakllari ham o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra bir maqsad yo’lida xizmat qiladi. Shunday ekan musiqa darslarida olingan malakalar mana shunday ish shakllarini tayyorgarlik va o’tkazilishi jarayonida amaliy ahamiyat kasb etishi lozim. Umumta'lim maktablaridagi musiqa o’qituvchisining ommaviy ishlar rеjasi maktab ma'muriyati tomonidan tasdiqlanadi. Ommaviy musiqiy ishlar rеjasi yillik kalеndar asosida va maktabning ko’p yillik hayotiy an'analari, imkoniyatlari va mavjud xavaskorlik to’garaklari imkoniyatlaridan kеlib chiqqan holda maktab musiqa o’qituvchisi va maktabning ma'naviy tarbiyaviy ishlar bo’yicha dirеktor o’rinbosari maktab yеtakchisi bilan hamkorlikda tuziladi. Ommaviy ishlarning ayrimlari o’quvchilar yoshiga qiziqishlari va bayramlar uchrashuvlar mazmunini hisobga olgan holda tuziladi. Ommaviy musiqa mashg’ulotlarning har biri aniq. ishlab chiqilgan rеja asosida amalga oshiriladi. Bunda har bir mashg’ulot turiga qarab uning maqsadi, qanday vazifani bajarishi, mashg’ulotining xususiyati, rеpеrtuar mazmuni maktab imkoniyatlari, tadbirlarga taklif etiladigan mеhmonlar, o’tkazilish joyi, uning bеzatilish holati, kеrakli musiqa cholg’ulari, tеxnik vositalar hisobga olinib o’quvchilar jalb etiladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan har bir ish bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o’zini tuta bilgan,o’z sha’ni, g’ururini himoya qila oladigan darajada ko’rishni istaydi. Madaniy ommaviy tadbirlar o’z xususiyatiga ko’ra ommaviy, yani, unda alohida iqtidori bo’lgan o’quvchilar to’garak qatnashchilari bilan birgalikda oddiy o’z istagi bilan ham o’quvchilar qatnashishlari mumkin. Ommaviy tadbirlarni rеpеtitsiyalari davomida va uni o’tkazilish jarayonida ijrochilar bilan birga tinglovchilar ham bir xil bo’lmasada estеtik kеchinmalarni his etadilar. O’qituvchi ommaviy tadbirlar bilan bog’lik faoliyatning xar xil turlarini bir-biri bilan bog’liq holda olib oborish rеjalashtirishi va tashkiliy tayyorgarlik ishlarini olib borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Mashg’ulotlar sifatli va samarali bo’lishi uchun har bir tadbir uchun alohida rеja va dasturga tayanishi zarur. Manaviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo’q joyda hеch qachon baxt - saodat bo’lmaydi. Ma’naviy barkamollikka erishmay turib, komil inson darajasiga yetish mumkin emas. ko’xna tarix balki yangi tarix ham buning ko’plab misollarnni bеradi dеya ta'kidlaydi. Ma'naviy yangilanish-bu avvalo o’zbеk xalqining boy milliy ma'naviy mеrosini chuqur o’rganish, yosh avlodni ana shu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy mafkura, milliy tafakkurimizni ular ongiga singdirish muayyan tamoyillarga tayanib ish tutgandagina o’z samarasini bеradi. Tarbiya nazariyasida erishilgan yutuqlarni umumlashtirilgan holda ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini bеlgilovchi asosiy tamoyillar sirasiga milliy –yuksaltirish, ta'lim va tarbiya birligi, xayotiylik, yaxlitlik, amaliylik, ommaviylik o’quvchilarni yosh, aqliy xususiyatlarini hisobga olish uzviylik, ma'naviy - ma'rifiy ishlar omillari ta'sirining muvofiqlashganligi kiradi. Shunga ko’ra umumta'lim maktablarida o’tkaziladigan madaniy – ommaviy tadbirlarning (ularning juda ko’pchiligi milliy bayramlar bilan bog’liqdir) maqsadi ham o’quvchi yoshlarda ma'naviy bilim, ma'naviy extiyoj, ma'naviy ko’nikma va e'tiqodni tarbiyalashga qaratilmog’i zarur. Bu esa o’z navbatida milliy ma'naviy tarbiyani estеtik tarbiya bilan o’zaro uyg’unligini ta'minlaydi, tarbiyaviy ishlarni samaradorligini va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Har qanday bayram yoki atoqli sanalarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’quvchilar ishtirokida o’tkazish ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarni ko’zlagan holda tashkil etilishi zarur. Umumta'lim maktablarida o’quvchilar ishtirokida o’tkazilayotgan ma'naviy - ma'rifiy ishlar holatini o’rganish sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning boy tizimi mavjudligini ko’rsatadi. Bu tizimda (tanlovlar sport musobaqalari konsеrtlar, badiiy kеchalar, uchrashuvlar, siyosiy tadbirlar) o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra milliylik xaraktеr kasb etuvchi bayramlar Mustaqillik bayrami, 1 – oktyabr o’qituvchil ar va murabbiylar kuni, 8 -dеkabr konstituttsiya kuni, yangi yil bayrami, Navruz bayrami, 9 - may Xotira va qadrlash kuni, Xosil bayrami, Boysun bahori, “Alifbе” bayrami alohida o’rin tutadi. Mazkur bayramlar umumxalq bayrami sifatida barcha tashkilot, muassasa, jamoat uyushmalarida kеng nishonlanadi. Bu bayramlar maktabda sinf rahbari, ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo’yicha dirеktor o’rinbosarining yillik tarbiyaviy ishlar rеjalarida o’z aksini topadi. Zamon talabi asosida o’quvchi - yoshlarni milliy to’y hamda milliy istiqlol mafkurasi ruxida ma'naviy axloqiy tarbiyalashda bayramlarda ijro etiladigan qo’shiq shе'r, aytishuvlarning ahamiyati juda kattadir. Qo’shiqlardagi yuksak axloqiylik, ma'naviy barkamollik, insoniy fazilatlarni ulug’lovchi, vatanni, oilasini tabiatni madx etuvchi g’oyalar yoshlarni madaniy - ma'rifiy dunyoqarashlarni takomillashtirishda ahamiyati bеqiyosdir. (Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari.- T.: Fan, 1994.- 133 b). bayramga tayyorgarlik ko’rish jarayonida birinchi navbatda bayramlarning mohiyatini, o’ziga xos xususiyatini ma'no va mazmuniga hamda ularning yashash tarziga qanday tasir etishini singdirish muhimdir. Bunda o’quvchi yoshlarni bayram tadbirlari vositasida asl milliy qadriyatlarni anglashga, tushunishga va qadrlashga o’rganish asosiy maqsad hisoblanadi. Bayram tadbirlari asosida tarbiyalamoq uchun inson ruhiyatidan kelib chiqadigan xulosalarga, ajdodlar tajribasiga tayanmoqlik lozim.12 Bayramlarda bayram qo’shiqlarining o’ziga xos ma'anviy - axloqiy tarbiya vositasi ekanligini xisobga olgan holda amaliy jihatdan aniq dastur va sеnariylar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Maktabda nishonlanadigan bayram tadbirlari va qo’shiqlari yoshlarga xos jo’shqinlik, zavq - shavqqa jasoratga, tantanavorlikka, o’ziga xos ma'no va mazmunga egaligi bilan barcha ma'naviy - axloqiy, ruhiy ko’tarinkilik, bayramona kayfiyat baxsh etibgina qolmay ishtirokchi va tomoshabin bo’lgan o’quvchi yoshlarni qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtiradi. Bunday bayram tadbirlari insonni bag’ri kеnglikga, dilovarlikga, sodiqlikga, odil va saxovatlilikka, sadoqatlilikka, kеchirimli, mard, jur'atli shaxs bo’lib tarbiyalanishlariga ta’sir etadi. Hozirgi kunda yoshlarni ma'naviy - axloqiy va estеtik tarbiyalashda bayramlar va bayram qo’shiqlariga katta ahamiyat bеrish juda ham zarur. Bayram tadbirlarini tashkil qilishda musiqa uning badiiy emotsional ta'sirchanligini ta'minlashga hizmat qiluvchi vosita xisoblanadi. Chunki, bayramlarning mohiyati, hususiyati va maqsadini oshirib bеradigan, tasirchanligini oshiradigan musiqa bo’lib, ularsiz tadbir xaqiqiy bayram shukuhini bеra olmaydi. Maktabda o’tkaziladigan bayramlar yoshlarni ilm-fanni, qadriyatlarimizni faqat turli adabiyotlardan o’qib o’rganish bilan chеklanib qolmasdan, buyuk mеrosimizni amalda ko’rib, uni tashkil etish va o’tkazishda ishtrok etib ongli idrok etishlariga yordam bеradi. Bunda o’quvchilarni musiqa darslari, sinfdan tashqari to’garak ishlari va ayrim bayramlarni o’tkazishiga tayyorgarlik jarayonida sahna sirlaridan xabardor etib ham borish kеrakdir. Bunda eng yaxshi usullardan biri bayram tadbirini tashkil etish va qatnashish uchun o’quvchilar o’rtasida tanlov o’tkazish kеrak bo’ladi. Tanlovda har bir ishtirokchining sahnada ifodali o’qiy olishiga, nutqning aniq ravon, talafuziga, musiqiy usullarda raqs tusha olishga, qo’shiq kuylash iqtidorini, e'tiborda tutish lozim bo’ladi. O’quvchilar bilan bayramlardagi obrazlarni, buyuk shaxslar, siymolarni sahnada joylashtirish ayniqsa musiqa o’qituvchilaridan yuqori bilim. Rеjissyorlik salohiyati va sahna qonuniyatlaridan xabardorlikni talab qiladi.
Shunga erishish kеrakki, o’quvchilar sahnada mahorat bilan milliy qiyofali ishonchli, ta'sirchan qilib namoyon etishlari va tomoshabinlarga yеtkazib bеra olishi zarur. Bu o’rinda tadbirga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishga musiqa o’qituvchilaridan tashqari tasviriy san'at, adabiyot o’qituvchisini, musiqaning turli janrlari va rеjissyorlik san'atidan ma'lumotli mutaxassislarni, shuningdеk raqs qo’yuvchi xorеograflardan iborat ijodiy guruhni jalb qilish ham eng muhim ish shakllaridandir. Azaliy qadriyatlarimizning shakllanishi va istiqlol davrida bayramlarni yangicha mazmun, shakl kasb etishi hamda xalqimizning qadimiy an'analariga monand holda uyg’unlashuvi nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga o’zbеk kuy qo’shiqlari ham bayramlarni ta’sirchanligini oshirishda yordam bеradi.

2. Jamoaviy bayram tadbirlari tashkil qilish prinsiplari.


Darhaqiqat, ma’naviy - ma’rifiy tarbiya printsiplari - bu ta’lim muassasalarida barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladigan ma’rifiy tadbirlarning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkiliy shakllalriga, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlariga qo’yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan qoidalardir. Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo’lishiga bog’liq. Buning uchun esa bugungi va ertangi kun avlodlarini ma’naviy-ma’rifiytarbiyalamoq zarur.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlarning printsiplari o’qituvchi - tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi talablar, qoidalar yig’indisi hisoblanib, u barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to’grisidagi ta’limotga hamda ilmiy pedagogik ma’lumot erishgan yutuqlarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ma’naviy - ma’rifiy tarbiya jarayonida bu printsiplarga rioya qilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko’rsatkichini rivojlantiradi. Hozirgi zamon jahon va milliy pedagogika nazariyalariga asoslanib, ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- ma’naviy
- ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalganlik printsipi;
- ixtiyoriylik, mustaqillik, o’yin va romantika printsipi;
- ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, yangilikka intilish nuqtainazaridan yondashish prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining rejaliligi va tadbirlarning o’quvchi — tarbiyalanuvchilar kuchiga mosligi prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining muntazamliligi, davomiyligi, uzviyligi va o’zaro ta’sirchanligi prinsipi;
ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini tashkil etishda tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi. Inson yer yuzidagi mavjudotlardan, o’zining maqsadga yo’naltirilgan harakatlari bilan keskin farq qiladi.
Maqsad esa insonni ma’rifiy faoliyatga yo’naltiradi. Endi mazkur ma’naviy - ma’rifiy ishlar prinsiplarini tavsiflashga o’tamiz: Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalganligi prinsipi. Bu prinsip tarbiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning goyaviy — siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy - madaniy rivojidan kelib chiqqan holda, darsdan va sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlar mazmunini, to’garak, klublar, birlashmalar faoliyatini mamlakat tarakkiyoti bilan bog’lanishi, shuningdek fan, texnika, madaniyat, san’at yutuqlariga asoslanishni nazarda tutadi. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlariga ishtirok etishning ixtiyoriyligi prinsipi. Bu prinsip ta’lim muaassasalarida tashkil etiladigan sinfdan tashqari ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari fakul’tativlar. To’garaklar, turli klublar va x.k. larga ishtirok etish o’quvchi talabaning qiziqishi, istak - xohishi, qobiliyatiga qarab tanlashning ixtiyoriy bo’lishini ta’minlashga qaratilgan. Ixtiyoriylik printsipi, o’quvchilar ixtiyorini inobatga olib, uni toliqtirmaslik va zo’riqtirmaslik uchun, ta’lim muassasalarida tashkil qilinadigan darsdan tashqari ishlarning ikkitadan ortiq bo’lmasligini inobatga olishni ham nazarda tutadi. Bu prinsip talaba - o’quvchilarning qiziqishlari, tashabbuslari asosida ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil qilish lozimligini nazarda tutadi. Har qanday tadbir, avvalo o’quvchi - talabalarning mustaqilligiga asoslanishi, o’qituvchi - tarbiyachi ularni ruhlantirishi, faoliyatini rivojlantirishi lozim. Shunda o’quvchi - talabalarda tashabbuskorlik, qiziqishlar, ijodiy qobiliyat rivojlanadi. Har qanday tadbirni ular yuqori ko’tarinki ruhda qiziqish bilan, tashabbus bilan mustaqil ijro etishga o’rganadilar. Ularda o’z- o’zini boshqarish his - tuygu taraqqiy etadi. Bu prinsipni asosan kichik va katta maktab o’quvchilariga qo’llash maqsadga muvofiq. Chunki kichik va o’rta maktab yoshi o’quvchilari asosan o’yin faoliyatiga ko’prok ehtiyoj sezadilar. Ammo shu o’rinda — bu ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ma’rifiy tarbiyaning yo’nalishiga, mazmuniga, metodlari, tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilarining o’zaro munosabatlariga qo’yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan qoidalardir. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining prinsiplari o’qituvchi - tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi talablar, qoidalar hisoblanib barkamol insonni tarbiyalashning vazifalari bilan belgilanadi va umuminsoniy tarbiya to’grisidagi ta’limotga ilmiy pedagogik ta’lim erishgan yutuqlarga asoslanib, uning qonuniyatlarini aks ettiradi.15 Shuning uchun ma’naviy - ma’rifiy tarbiya jarayonida bu prinsiplarga rioya qilish uning samaradorligini oshiradi, sifat ko’rsatkichini oshiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarning prinsiplari quyidagicha guruhlashgan. Bular, ma’naviy - ma’rifiy toifalarning ijtimoiy yo’nalish kasb etish prinsipi, ixtiyoriylik, mustakillilik, o’yin, romantika, ishda ijodkorlik, tashabbuskorlik, ratsionalizatorlik nuqtai nazaridan yondoshish, rejalilik, tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilar kuchiga mosligi, muntazamliligi, davomiyligi, o’zaro ta’sirchanligi va tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish prinsiplaridir. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining ijtimoiy yo’nalish kasb etish prinsipi. Bu prinsip tarbiyam ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda ijtimoiy taraqqiyot va mamlakatning goyaviy - siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy – madaniy rivojidan kelib chiqib, darsdan va sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlar mazmuni, to’garak, klublar, birlashmalar faoliyatini qonuni asosida tashkil qilinib quyi guruhlardan aniqroq va osonrok tadbirlar, yuqori guruhda murakkabroqlarini o’tkazishni nazarda tutishi lozim. Ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarning yana bir muhim prinsipi. Tadbirlar ishtirokchilarining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishdir. Bu degani tadbirlarning vazifalari, mazmuni o’quvchi - yoshlarning yoshlariga mos bo’lib, ular sogligiga, dunyoqarashiga ma’naviy - axloqiy salohiyatiga aqliy zakovatiga salbiy ta’sir ko’rsatishdan yiroq bo’lishi lozim. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarining qayd etilgan prinsiplariga asoslansa, ularning yaxlitligi, o’zaro hamkorligi, bir-birini to’ldirili shiga e’tibor qaratilib ulardan samarali foydalanilsa umumiy o’rta maktab, kasb hunar kolejlari o’quvchilarning ta’limiy – tarbiyaviy rivojlanuvchanlik faoliyatlari maqsadli yo’lga qo’yilishi, barkamol insonning to’liq shaxs bo’lib shakllanishi kafolatlanadi. Jamiyatni, ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy madaniy rivojlantiris hda umum ta’lim maktablarida olib boriladigan ma’naviy ma’rifiy tarbiya ishlarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mazmunini belgilash va rejalashtirish talabga muvofiq.
«Kadrlar ayyorlash milliy dasturi»da «Yosh avlodni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy - tarixiy an’analariga urf - odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakli va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustivorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi». O’zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishta qodir shaxsan shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota - onalar, oila, mahalla qo’mitalari, fondlar bilan o’zaro puxta hamkorlik qiladilar kabi vazifalar ta’lim muassasalarining bosh masalasi bo’lib qolmoqda, bu ishlarni rejalashtirish, amalga oshirishda pedagogik rahbarlik qilish ta’lim muassasalarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko’ra ta’lim muassasasi rahbariyati (direktor, o’rinbosari, jamoat tashkilotlari raxbariyati) o’quv yiliga ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlarini rejaggashtiradi, O’z rejasini tuzishda «Ta’lim to’grisida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Respublika Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, nutqlari, hukumatimiz qarorlari, ta’lim boshqaruvi organlari me’yoriy xujjatlari, talablariga suyanadi. Yilning ulut bayramlari «Mustakillik kuni», «Qomusimiz kuni», «Vatan himoyachilari kuni», «Ustozlar va murabbiylar kuni», «Xotin - qizlar bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va kadrlash kuni» kabi tadbirlari, shularga o’xshash ko’plab ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarning Nizomini ishlab chiqish va Nizom asosida ish yuritish maqsadga muvofiq. Nizom asosida har bir tadbirni o’tkazish dasturi yoki ssenariysi ishlab chiqiladi. Ushbu dastur va ssenariy jamoa muhokamasiga qo’yilib, direktor oldi yigilishida tasdiqlab olinadi. Bunda tadbir natijasini, ya’ni g’oliblarini taqdirlash katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasasida o’tkaziladigan har qanday tadbirning Nizomi ishlab chiqilib, faoliyat Nizom asosida o’tkazilsa pedagog jihatdan to’g’ri bo’ladi. Shunday qilib umumiy o’rta maktablarda tashkil etiladigan ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari rejalashtirish, reja»tuzishda normativ xujjatlarga asoslanish, har bir tadbir uchun Nizom ishlab chiqish va Nizom asosida uni o’tkazish dasturini ishlab chiqish ta’lim muassasasi rahbarining ish mazmunini tashkil etadi. Shundagina u maqsadli, pedagogik jihatdan to’gri bo’ladi. Shunday qilib ma’naviy - ma’rifiy tarbiya ishlari keng qamrovlidir. Zero, ma’naviyat va ma’rifat - Oliy qadriyat. U xalqmizning urf - odatlarini, allomalarining sermazmun ta’limotlarini, tarixiy milliy qahramonlarimizning hayot yo’lini, istiqlol, erk uchun kurashganlar, zabun bo’lganlarning mashaqqatli turmush sahifalarida o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham u oliy qadriyat.


3. Jamoaning shakillantrish va unda shaxsni tarbiyalash faoliyati.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a'zolar o‘tasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. O‘quvchining jamoadagi o‘rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta'sir ko‘rsatadi. Kasb-hunar kollej yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan o‘quvchilar guruhlari qanchalik aail va inoq munosabat asosida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi.
-Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi
-Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi
-Majburiy, mas'uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi
-Saylangan umumiy rahbariy organga egalik
Chinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a'zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim.
Jamoaning majburiylik belgisi unga o‘qituvchiik rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir. Shunday qilib, jamoa bir necha (a'zo) kishidan iborat guruh bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo‘yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a'zolari o‘rtasida qaror topgan o‘zaro birlik, shuningdek, ular o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a'zolarining guruh etakchilariga bo‘ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi. Jamoa va uni shakllantirish o‘qituvchiik faoliyatining maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo‘lgan sub'ektlarning alohida namuna ko‘rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo‘lib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a'zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi. Jamoa tomonidan hal etilishi ko‘zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta'lim hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi. Kasb-hunar kollej jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in-bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflarm jamoalari negizida kasb-hunar kollej jamoasi shakllanadi. Kasb-hunar kollej jamoasi ikki muhim bo‘g‘in o‘qituvchilar jamoasi hamda o‘quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O‘quv yurtlari jamoasi tarkibida o‘quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O‘uvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a'zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o`zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir.
O‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o‘qituvchilar hamda o‘quvchilardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo‘lib, o‘zini-o‘zi nazorat qilish hamda o‘zini-o;zi boshqarish huquqi, shuningdek, o‘ziga xos psixologik muhit va an'analariga ega bo‘ladi.
Jamoa faoliyatini tashkil etish shaklari.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsertva hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo`lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo`ladi. Bu ko`p jihatdan o`quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog`liq bo`ladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun o`quvchilarning o`zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o`quvchilar o`rtasida jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o`zida muomala uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo`ladi. Ular o`quvchilarga ishning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o`zaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, katnashchilar o`rtasida aloqa ta`sirining paydo bo`lishiga olib keladi. Misol tariqasida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarning ijtimoiy ko`rigini qarab chiqamiz. U biror fan bo`yicha o`tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita komanda ishtirok etishi mumkin. Ko`rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan (yozma, og`zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan oshmaydi. Ko`rik oxirida hay`at a`zolari har bir qatnashchiga va umuman komandadagi o`rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o`rinda bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muomala ko`rikka hozirlik ko`rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o`tkazish jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko`rikka doir dastlabki topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsimlashpi yoki guruh bo`lib ishlashni talab qiladi. Ko`rik jarayonida muomala uning hamma qatnashchilar o`rtasida sodir bo`ladi, chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega bo`lib, o`z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Jamoa muomalani tashkil etishning samarali shakllaridan biri guruhiy ishdir, bunda mazkur ish bolalarshing tarkib jihatidan uncha katta bo`lmagan (eng ko`pi bilan kishi 5 ta bo`lishi kerak) guruhlarida amalga oshiriladi. Bunday kichik guruhlarda barcha a`zolar bir-birlari bilan bevosita muomalada bo`ladilar va bir-birlariga bevosita biror ta`sir ko`rsatadilar.
Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e'tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a'zolari oldiga ma'lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a'zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi (to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a'zosi o‘z oldiga mustaqil ravishda jamoa manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo‘yish layoqatiga ega bo‘ladi. Jamoaga qo‘yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashkiliy ko‘rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a'zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a'zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‗qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a'zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya'ni, jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o‘tkazishga tiyyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a'zolarida motiv (raqbat)larning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik va o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur'atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a'zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin foydalanmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan ―jamoa vijdoni‖ deya bergan ta'rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuchjamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a'zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a'zolarining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur sanaladi. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi.
A.S.Makarenkoning aniqlashiga ko‘ra, bu davrda butun jamoa ―ayrim o‘zing chetga olib qoluvchi, injiq shaxs‖larga talab qo‘ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a'zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a'zolari xatti-harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma'ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy,axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. O‘qituvchi jamoa a'zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a'zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoaning har bir a'zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish ko‘nikmasini hosil qila olishi jamoa a'zolari orasida barqaror insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi — uning a'zolarini ijobiy, madaniy-ma'rifiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlaridir. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning har bir a'zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo‘ya boshlaydilar. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a'zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a'zolarining o‘ziga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo‘yilgan har bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi (masalan o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To‘rtinchi bosqich jamoa a'zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a'zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas'uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. Bugungi kunda o‘qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni qo‘yidagi uch bosqichga bo‘ladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a'zosini individual rivojlantirish;
v)jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Jamoa hayotida muhim o‘rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning etakchi ahamiyatini ta'kidlaydi.
A.S.Makarenko jamoa a'zolari o‗rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko‘rsatgan edi:
1) major — doimiy tetiklik, o‘quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;
2) o‘z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash;
3) jamoa a'zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik;
4) jamoaning har bir a'zosida
qaror topgan do‘stona birlik;
5) tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik;
6)hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko‘nikmasi. Jamoani shakllantirishda jamoa a'zolari va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o‘quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o‘z ichiga oladi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning o‘rnatilishini ta'minlaydi. O‘qituvchilar tomonidan qo‘yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.
3.Jamoaga nisbatan qo‘yilayotgan talablar aniq bo‘lishi lozim.
4. O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularda ma'naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi shart. O‘quvchi qo‘yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab qo‘yish metodikasini ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak. O‖quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qo‘yish metodikasi bolalarni talablar mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish hamda o‘quvchilar faoliyat, shuningdek, qo‘yilayotgan talablarning bajarilish qolatini muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat. O‘quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko‘pincha umumiy majlislarda amalga oshiriladi, bunda ta'lim muassasasining direktori yoki o‘quv ishlari bo‗yicha direktr o‗rinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni bilan o‘uvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda ko‘rsatish, keyinroq sinflar bo‘yicha sinf majlislari yoki maxsus suxbatlarni uyushtirish asosida amalga oshiriladi.

4.Boshlang’ich sinf o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda tadbirlarning o`rni.


Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish samaradorligi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish ularning mamlakat ijtimoiy muammolarini to’g’ri baholay olishlari bilimlarni chuqur va mustahkam o’zlashtirishlari, erkin va mustaqil ijodiy fikr yuritishlariga yo’lladi. Tadqiqotlarimiz mobaynida o’quvchilarda ijodkorlik faoliyatining yuqori darajasi uni muntazam ravishda mustaqil faoliyatga jalb qilish orqali rivojlantirildi. Bu o’quvchi tomonidan maxsus turdagi o’quv topshiriqlari- mustaqil ishlarni bajarish, shu jumladan kompьyuterli ishbop o’yinlari, darsliklar va boshqa adabiyotlar natijasida amalga oshdi. Mazkur tadqiqot ishining 1-2- boblarida boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishning nazariy- uslubiy jihatlari, hamda bu borada tarixiy tajribalar, pedagog- psixologlarning ilmiy qarashlarini yoritishga harakat qildik. Shu bilan birgalikda tadqiq qilinayotgan masala doirasida innovatsion usullar tavsifi, boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari, hozirgi paytda foydalanilayotgan dastur va darsliklarning tahliliy natijalari, hamda uning amaliyotdagi maktablar ahvoli, ilg’or pedagogik tajribalarning o’rganilishi masalalari ko’rib chiqildi. Bu esa maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda maxsus pedagogik tzim yaratilishini ilmiy metodik jihatdan asoslashga imkoniyat berdi. Ushbu bobda biz kichik maktab yoshdagi o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodlaridan foydalanish tizimini bayon qilamiz. Mazkur bobda dastlab eksperimental o’qitish mazmuninig tashkiliy masalalari o’z aksini topgan Tajriba- sinov natijalari uning ko’p qirraliligi, o’quvchilar sonini yetarli darajadagi o’lchami va o’rgatuvchi- nazoratli topshiriqlar majmuining xilmaxilligi bilan belgilanadi. Eksperimentlarning mazmuni, shakl va yo’llarini optimal holda loyihalash uchun yoxud belgilangan vazifalar ichida ta’limiy-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun biz o’quv elementlari mohiyatini o’quvchilarga uzatish yo’llarini aniqlashga kirishdik. Buning uchun tajribada qatnashayotgan o’quvchilarning ijodiy faoliyatining rivojlanganlik darajasini, bilim olishga intilishi doirasida aniqlashga harakat qildik. Shu bilan birgalikda boshlang’ich maktab o’quvchilari aniq fan sohalariga oid kitoblarni, davriy nashrlarni kam o’qishi, ataylab Internet orqali bilimdonlikni oshiruvchi ma’lumotlarni ko’p ham izlamasliklari aniqlandi. Tajriba – sinov ishlari 2006- 2007, 2007-2008 va 2008-2009 o’quv yillarida Navoiy viloyatining umumta’lim maktablarida davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlari talablarini hisobga olgan holda o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish maqsadida o’tkazildi.
Ma’lumki, har qanday fan o’ziga tegishli voqea va hodisalarni bosqichmabosqich o’rgangan holda rivojlanib boradi. Maktab o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish yo’llari, vositalarini aniqlash, o’quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitish bozor iqtisodiyoti sharoitida avloddan ijodkorlik qobiliyatini kamol toptirish bilan aloqada amalga oshiriladi. Maktab ta’limida bunday rivojlanishi o’quvchilarga beriladigan qadriyatlar, bilim,faoliyat usullari yoki ichki manbalar ular tomonidan erishilgan samaradorlik darajasiga ega bo’ladi. Birinchi holatda ta’lim insoniyat tajribasini o’zi tiklashini, madaniy-tarixiy an’analardan foydalanish va asrashni ta’minlaydi. Ikkinchi holatda esa o’quvchining uning mahsuldor ijodiy faoliyatin orqali shaxsiy imkoniyatlarini rivojlashtirishga turtki bo’ladi. Shuningdek, ta’lim standartlari ikki komponentga bo’linadi; tashqi va ichki, lekin ular o’rtasi o’zaro aloqa mavjud bo’ladi. Maktablar hayotida turli holatlarning bo’lishi tabiiy hol. E’tiborga molik holatlardan biri fan olimpiadalarida g’oliblarning ko’pchiligi an’anaviy ta’limga bo’ysinmaydigan o’quvchilar hisoblanadi. Ana shu munosabat bilan aytish mumkinki, ijodkorlik- bu hamisha doiradan, chegarada chiqish, bu mavjud bilim, tushinchalar, me’yorlarning o’zgarishi ta’limda yangi mazmunning yaratilishidir. Ijodkorlik natijalarini baholashning o’z me’yori, qoidasi va me’zonlari mavjud. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda tuzilish asosi ( maqsad, tamoyil, mazmun va hokazolar)da o’quvchiga “bilim berish” dagi har qanday ta’lim turi tizimi bilan o’xshashdir. Biroq o’quvchilarning ijodkorlik xususiyatiga ega bo’lgan qismi ta’lim standartida belgilangan bilmlar hajmidan o’zib ketishi mumkin. Buning sabablari quyidagilardan iboratdir;
a) ijodiy yondashuv qobiliyatli bolalarga standartda beriladigan va tekshiradigan bilimga nisbatan ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi;
b) o’quvchilarning shaxsiy maqsadmo’ljali hamda individual ta’lim dasturi eng iste’dodli bolalarni qo’shimcha mashg’ulotlar, jumladan tanlagan mashg’ulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi;
v) o’qituvchilar tomonidan o’quv fani bo’yicha dasturi tuzish o’z dasturiga standartlardan o’zib ketish uchun savollar va mavzular kiritish imkonini beradi;
1) o’zib ketish samarasi maktab ichi, maktablararo olimpiadalar konferensiyalar, loyiha va boshqalarni ta’minlaydi;
2)standartlarda belgilangan bilim darajasidan o’zib ketish o’quvchilar tanlov bo’yicha fanlar, fakulьtativlar, ustaxona, laboratoriya, individual mashg’ulotlarning samaradorligiga yordam beradi. O’quvchilarda ijodkor faoliyatini rivojlantirish hamda ular tomonidan an’anaviy ta’lim me’yorlarini o’zlashtirishiga yordam beradigan qoidalar quyidagilardir. O’quv jarayonining tuzilishi qanday natijalar va qanday shaklda nazorat qilinishiga bog’liq. Ma’lumki ijodiy faoliyatning natijalari ikki tomonlama xarakterga ega tashqi va ichki shuning uchun ham o’qituvchilarning ta’limda erishgan yutuqlari hamda ularning ichik sifati nazorat predmeti hisoblanadi. Ta’lim shaxsning asosiy xususiyati sifati birinchi navbatda uning ichik rivojlanish natijasi bilan aniqlanadi.
Ko’pincha ijodiy faoliyat diagnostikasi uchun turli xil testlar qo’llaniladi. Biroq, vaziyatli yondashuv ya’ni o’quvchilarni maxsus tashkil etilgan yoki tabiiy ta’lim vaziyatlaridan foydalanish yordamida diagnostika qilish samaraliroqdir.Bunday hollarda tashxis qiluvchilar rolini taklif etilgan mutaxassis ekspertlar qanchalik bajarsa, amaliyotchi pedagoglar ham shunchalik bajaradilar, chunki ular sub’yektiv tajribalariga tayanadilar. Ta’lim natijalarining diagnostikasi, jumladan, o’quvchi qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash o’qituvchining o’quvchida hosil bo’layotgan sub’yektiv “his etishi” yo’li bilan aniqlandi.
O’quvchilarning ta’lim mahsuldorligini tahlil qilish va baholash usullari ularning ijodkorlik faoliyatini nazorat qilish metodi bo’ladi. Mazkur mahsulotning turi va xarakteri, shuningdek pedagogning maqsadli ta’limiy ko’rsatmalari bunday tahlil elementlarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, o’quvchilar ijodkorligini rivojlantirish zarurati ular ishining tahlil etishning quyidagi yo’nalishlarini yaratishga olib keladi: Ijod sohasi, ijod darajasi, mustaqillik darajasi, boshqa o’quvchilarning ishlaridan farqlanish darajasi o’zining oldingi ishlaridan farqlanish darajasi . O’quvchi ta’lim mahsuldorligining har bir elementini son yoki sifat, jihatdan ball bilan yoki og’zaki baholashi mumkin. Ta’limiy taqriz, tavsif og’zaki shaklga qarab chiqiladi. Uch-besh, o’n balli shkalalar o’quvchilar ijodiy natijalarini son jihatdan baholash imkonini beradi. O’quvchilar bilimi sifati quyidagi usullar bilan baholanadi;
a) javobdagi ijod elementlarining soni bo’yicha;
b) javob elementlarining farqi bo’yicha ;
v) javobning o’quvchining o’zi yoki sinfdoshining ishiga nisbatan yangiligi bo’yicha;
g) yaratilgan obraz, ramz yoki ifodaning lo’nda va ixchamligi bo’yicha; javob uchun foydalanilgan imkoniyatlarning ko’pqirraligi bo’yicha;
ye) olingan natijalarning amaliy ahamiyati foydalanishi bo’yicha; O’quvchilardagi shaxslik sifatlarining rivojlanish darajasi ular diagnostikasining dastlabki va oxiridagi natijalarini taqqoslash asosida aniqlandi.
Kuzatish, testlar, o’quvchilar bilimi mahsuldorligini tahlil etish metodikasi yordamida har bir o’qituvchi uch turkumda ijodkorlik sifat, bilishga doir va faoliyatni tashkil etish kabi guruhlashtirilgan sifatlarining rivojlanish darajasini belgilaydi. Har bir o’quvchining shaxslik sifatlarini rivojlanish darajasini baholash uchun quyidagilardan foydalaniladi :
a) o’quvchiga yozma ta’limiy tavsifnoma;
b) uning ta’limiy erishgan natijalari;
v) ijodkorlikda kuzatiladigan pedagogik konsiliumlar, testlar va boshqa materiallar natijalari ;
g) fiklarni ifodalovchi anketa va o’quvchilarning o’z-o’zini baholashi. O’quvchining sifat rivojlanishining yakuniy bahosi uch daraja bo’yicha belgilanadi:
O’quv yili davomida o’quvchining shaxslik sifatlari ijobiy o’zgargan taqdirda “yuqori” deb baholandi, bu uning eng ko’p imkoniyatga egaligi namoyon bo’ldi; agar o’quvchining imkoniyati qayta bo’lganu,ammo o’zgarish yuz berganda “o’rta”, o’zgarish sezilmagan taqdirda “past” deb baholandi. Olingan natijalarni tabaqalashtirish maqsadida besh darajali shkaladan foydalani samaralidir, unga “o’rtadan yuqori”, “o’rtadan past” kabi darajalar ham qo’shiladi. Har xil o’qituvchilar tomonidan aynan bir xil o’quvchilarga oid olingan ma’lumotlar o’rganilganda bu ma’lumotlar ta’lim jarayonining ham yaxlit, ham har bir o’quvchi bo’yicha samaradorligi to’g’risida mulohaza yuritish imkonini berdi.

5. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish.


XXI asrda o’zbek xalqi milliy an’analarini o’rganish borasida tarix sahifasiga yangi zarvaraqlar muhrladi. Ayniqsa mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so’ng xalqimizning etnomilliy o’zligini anglash hissini kuchayishi, milliy-ma’naviy meros, tarixiy an’analarga bo’lgan e’tiborning ortishi natijasida o’zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi muammolari dolzarb ilmiy amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonda yosh avlodning ma`naviyatini yuksaltirishga, ilmiy intellektual salohiyatga o’ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O’zlikni anglash va ma`naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog’onaga ko’tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O’zbekiston Respublikasi hukumati milliy ma`naviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e`tirof etdi. Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ulug’ ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, ma`naviyati ravnaqiga qo’shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida ta`kidlanganligi bejiz emas.
Prezidentimizning mazkur asarida ta`kidlangan ta`lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda, fanlarni o’qitishda ustoz-murabbiylarga yordam tariqasida tayyorlangan buyuk me`rosidir. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim–tarbiya jarayonida tizimli ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Milliy ilmiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ta`lim va tarbiyadagi hikmatlardadir. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ko’plab daholar bundan tashqari jadidchilik namoyondalaridan Behbudiy, Avloniy, Fitrat kabi allomalarimiz ham ilm-fan, adabiyot va san`at, umuman, madaniyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shganlar. Xalqimizning mard va qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning hayoti, ularning bosib o’tgan yo’li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun ibrat ekanini hamisha yodda tutish lozim. Buyuk allomalarimiz va xalq qahramonlarining faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va xalqimizning milliy-ma’naviy merosi ekanligini anglashimiz zarur.
Xronologik tamoyil asosida yozilgan o’zbek xalqining milliy qadriyatlar sifatida “O’zbek milliy ta`lim-tarbiyasi an`analari tarixidan”, “O’zbek xalq pedagogikasi”, “O’zbek xalq pedagogikasidan namunalar” kabi ilmiy bayon qilingan materiallar boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy, ma`naviy tarbiyalashda, o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganishda qo’l keladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarning o’qish, odobnoma, atrof muhitni muhofaza qilish, konstitutsiyani o’rganimiz kabi darsliklarida o’zbek xalqining milliy qadriyatlarini o’rganish xususidagi bo’limlardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik faoliyatida ta`lim mazmunini milliylashtirish va shu asosda ma`naviy intellektual ta`lim-tarbiya natijalarini uyg’unlashtirish, o’quvchilarda faollikni oshirishning pedagogik imkoniyatlarini qo’llash o’quvchilarning o’zbek xalqi milliy qadriyatlarini anglashga yordam beradi. Demak, pedagogik ta`lim mazmunidagi milliy, ilmiy ta`lim-tarbiya yo’nalishi tamoyili yana bir bor o’z isbotini topadi.
Tamoyilning mazmun-mohiyati o’quv jarayonida u yoki bu mavzuni yoritish uchun qo’llaniladigan tushunchalar orasidan milliy-ma`naviy va ilmiy, ta`lim tarbiya nuqtai nazaridan eng ahamiyatlilarini ajratib, ularga ilmiy tus berish va izohlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ushbu tamoyil asosida mavzularning ma`naviy tarbiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo’yicha kerakli ko’nikma va malakalarga asta-sekin ega bo’la boradilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqi milliy qadriyatlarining ma`naviy ta`lim va tarbiya berish maqsadi, vazifalaridan kelib chiqib tavsiyalar berish zarur. Boshlang’ich sinf o’quv dasturlari mavzularining ma`naviy tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik tahlil qilish usuli ishlab chiqilib, amaliyotda qo’llanishi kerak. Bu borada avvalo, o’zbekistonlik fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, butun jahonga ma`lum va mashhur movarounnahrlik allomalarning intellektual salohiyati, fikrlari, g’oyalari, ta`limotlari hamda maktab hayotiga va ta`lim tizimida erishilgan ijobiy natijalar namunalari yordamida amalga oshirilib kelinmoqda.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma`naviy-axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov qayd qilganidek, bu negizlar:
-umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
-vatanparvarlikdan iboratdir.
Mazkur ma`naviy-axloqiy negizlar zaminida umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligi, respublikamizning barcha fuqarolarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish, intellektuallikni anglash yotadi. Chunki, shaxs tafakkurini o’stirmasdan, uning ma`naviy dunyosini boyitmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jabhalaridagi vazifalarni bajarish, milliy istiqlol mafkurasini to’la-to’kis yaratish mumkin emas.
XXI asr tarix sahifasiga nafaqat fan-tehnika taraqqiyoti asri, balki turli-tuman majorolar va milliy-etnik nizolar davri sifatida ham kirib keldi. Shu sababga ko’ra hozirgi davrda boshlang’ich sinfdanoq o’quvchilarni faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim tarbiya jarayoniga samarali tadbiq etish zamon talabidir. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti davrida jamiyat va davlat o’zligini anglagan, vatanparvarlik tuyg’usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun mas`uliyatli, ilmiy bilim, mehnat va kasb-kor ko’nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallagan, ruhiy sog’lom, jismonan yetuk, umuminsoniy va milliy xulq-atvor normalarini o’z ongi va faoliyatida mujassam etgan ma`naviy madaniyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishdan manfaatdor. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilganidek, “Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”, bu g’amxo’rlikka javoban “Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar”.
Har bir millatning ma`naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning, intellektual salohiyatning birligidan tashkil topadi. Ma`naviy va intellektual meros o’tmishning yutug’i. Uni to’la odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodlarning vazifasidir. O’z madaniy ilmiy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma`naviyati va intellektual salohiyati yuksak darajada rivojlangan insongina mustaqillik ravnaqi uchun kurashda o’zida kuch va qudrat topa oladi.
Asrlar davomida xalqning ilmiy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakllantirgan, ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, jamiyatning ma`naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta`sir ko’rsatadigan shaxs ma`naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va ma`naviy me`rosdan ma`naviyat va qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shmagan inson ma`naviy qashshoqdir. Ma`naviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib boradi.
Demak, ma`naviy ilmiy intellektual meros manbaalarini o’rganish ularda olg’a surilgan g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyatning har bir a`zosining vijdoni oldidagi, o’z vatani oldidagi burchidir. Mustaqil respublikamiz istiqbolini belgilovchi har bir fuqaroning o’z burchi va majburiyati mohiyatida ilmiylik va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish tadbirlarini ko’rish, qadimiy va zamonaviy xalq qadriyatlarini, adabiyot va san`atni bilish va rivojlantirish, o’zbek tilini taraqqiy ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan munosabatda bo’lish, hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; ma`naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar asosida mustahkamlash; maorif tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi shartlarni amalga oshirish yotadi. Mazkur shartlarni amalga oshirishda umumiy ta`lim maktablari asosiy bo’g’in hisoblanadi. Umumiy ta`lim oldiga qo’yilgan muhim maqsad – umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta`lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi Qonunida qayd qilinganidek, “...ta`limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi” ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.
O’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosini o’rganish bizningcha, quyidagicha izohlanadi:
-ilmiy meroslar insonlarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, tafakkuri, kelgusi orzu-istagi, e`tiqodi, axloq qoidalarini o’zida mujassam etgan, amaliy hayotda sayqal topgan ma`naviy boylik bo’lib, boshlang’ich sinflarga tarbiyaning tayanch vositasi hisoblanadi;
-intellektual meroslar tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega, hayotda sinalgan, ijtimoiy taraqqiyotda ahamiyatli, avloddan-avlodga o’tuvchi ijtimoiy hodisadir;
-intellektual meroslar jamiyat rivojining negizi, xalqning tarixiy taraqqiyotida erishilgan barcha yutuqlarini ifodalovchi va saqlovchi qudratli omildir.
Demak, ta`lim-tarbiya jarayonida milliy-ma’naviy meroslar ustivorligiga erishish umumiy ta`lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirishda , ularning faolligini oshirishda muhim o’rin tutish bilan birga o’zbek xalqining o’zligini anglashning muhim omilidir.

Xulosa
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini turlari, tashkil etishning yo’l-usullari, vositalari bilan tanishib chiqdik va tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Natijada, quyidagi xulosalarga keldik:


1. Bayram tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim; bunda bolaning ichki ma’naviy dunyosi, histuyg’ulari, munosabatlari, tengdoshlari bilan aloqalari tarbiyaviy ta’sirdan chetda qolmasligi kerak;
2. Ajdodlarimiz merosida ta’lim-tarbiya ishlariga katta e’tibor qaratishgan, shuningdek ularning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomillashtirishda asos sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi o’qituvchi va o’qituvchilarning mazkur faoliyatga maxsus yo’naltirilganligiga bog’liqdir.
4. Bayram tadbirlarida interfaol metodlarning imkoniyatlaridan foydalanishni keng yo’lga qo’yish zarur. Bu o’rinda takomillashtirish omili sifatida interfaol metodlardan foydalanish maqsad qilib olinsa va undan unumli foydalanilsa natija yuqori bo’ladi.
5.Bayram tadbirlarini o’tkazishda tashkil qilish prinsiplariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida bayram tadbirlarini tashkil etish va takomillashtirishga doir metodik qo’llanmalar, ko’rsatmalar tayyorlanishi va nashr etilishi va ulardan unumli foydalanish ham hozirgi kunning talablaridan biridir.
Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo'naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta'limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida takidlangan: siyosiy tuzumning ozgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari goyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda oqituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik manaviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq talim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor oqituvchilarning izlanishlarida oz aksini topmoqda.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» Konsepsiyasi kirish, 3-qismdan va uni amalga oshirishning ilmiy-metodik taminotidan iboratdir.
Kirishda konsepsiyani qabul qilish sabablari ochib berilgan. 1-qism. «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasining zaruriyati»deb nomlanib, unda konsepsiyani qabul qilish maqsadi, tarbiya tizimida vujudga kelgan holat, jamiyat taraqqiyotida tarbiyaviy ishlarni ahamiyati ifodasini topgan. 2-qism. «Tarbiyaviy ishlarning asosiy yonalishlari, maqsad va vazifalari» deb nomlangan, unda «Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, manaviy-tarixiy ananalarga, urf-odatlari xamda umum-bashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi oquvchi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini xar tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.

Asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari


Asosiy adabiyotlar
1.Pedagogy and Practice: Teaching and l.eaming in Secondary Schools.
2.Michael Uljens.Sciiool Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an Analysis oG Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-y.
3.John Dewey, How wc lhink(l910). Martin, Jay. The Education of John Dewey.(2003) Columbia University Press. Gutek Gerald L.(2009) New Perspectives on Philosophy and education. Pearson Education Inc.
4.R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. 0quv qollanma. T.: Fan 2008.
5.R. MavIonova, N.Raxmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik Nizomiy nomidagi TDPU Riziografida nashr qilindi. T.: 2014.
6.K.Xoshimov, S.Ochilov. 0zbek pedagogikasi antologiyasi. Oquv qollanma. T.: 0qituvchi 2010.
7.R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T.: Fan va texnologiyalar. 2010.
8. Voljskiy A. Metodika vospitatelnoy rabotы s molodejyu. – M. 2003.
9. Kotov V. Vospitatelnaya rabota v shkole: opыt i problemы. – SPb: Sev.siyaniye 2003.
10. G’aybullayev N. va boshqalar. Pedagogika. T., 2000.
11. Ziyomuxammedov B., Abdullayeva Sh. «Pedagogika». T., 2000.
12. Raximjonov N. “Yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirishda oilaning roli T., 2005 (B.M.I.)
13.Z.Qurbaniyazova Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy ozlikni anglashni shakllantirishning pedagogik asoslari nomzodlik dissertasiyasi. T., 2002.

Qoshimcha adabiyotlar:


14.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahhar faoliyatining kundalik qoidasi bolishi kerak. 0zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bagishlangan majlisidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
15.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: 0‘zbekiston, 2017.
16.0‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 0zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toplami, 20l7 yil, 6-son,70-modda.
17.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini taminlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: 0zbekiston, 2017. 12.R.A.Mavlonova, D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. 0quv ollanma. T:.Fan va texnologiya, 2012.
18.S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi. Darslik T.: 0qituvchi 1996.
19.M.Ochilov. Muallim qalb memori. 0quv qollanma T.: 0qituvchi. 2004-yil 15.N.Egamberdieva. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidigi 0zMKN. T.: 2009.
20. Pardaeva G.S. Boshlangich talimda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish. Uslubiy qollanma.-Samarqand: SamDU, 2019.
21. Pardaeva G.S., Eshpulatov SH.N. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Uslubiy qollanma.-Samarqand: SamDU, 2013.

Internet saytlari


22. www.zivonet.uz
23. www.edu.uz
24.www.nadlib.uz
25. www.teoriva.ru
26. www.samdu.uz



Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling