Jamoat nutqining leksik semantik xususiyatlar


LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR VA ULARNING TURLARI


Download 435.58 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi435.58 Kb.
#1551424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
i jamoat nutqining leksik semantik xususiyatlari

2. LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR VA ULARNING TURLARI
Og`zaki nutq –ovoz bilan ifoda etilgan yozma nutqdir. Gid individual matn, to`plangan adabiy, ilmiy, gazeta, arxiv, statistik materiallarni albatta, og`zaki nutq qoidalariga moslashtirishi maqsadga muvofiqdir.Tadqiqotlar shuni isbotlamoqdaki, yozma nutqlarga ovoz berilganda eshituvchilar axborotning 50 % ni, chiqishlar og`zaki nutq me`yorlari bo`yicha tuzilgan bo`lsa, axborotning 90 %ni qabul qilishar ekan. Bu tadqiqotlar ma`ruzachi nutqi samaradorligini harakterlaydi. Ekskursiya chiqishlarida esa, gidga yana tashqi muhit halakit beradi, bu esa jonlantirilgan yozma nutqni qabul qilish samaradorligi yanada pasaytiradi.
Og`zaki nutqda gap tartibi o`zining erkinligi bilan farq qiladi. Yozma nutqda sistematik, bir-biriga bog`liq, mantiqan to`g`ri bayonlar, fikrlar harakterli bo`lsa, og`zaki nutq ko`pincha vaziyatli bo`lib, ko`pgina qo`shimchalar holatga, eshituvchilar reaksiyasiga qarab kiritiladi. Og`zaki nutqda tabiiyki, ba`zida so`zlar tartibi buzilgan va aynan shu tufayli so`zlashda jonlilik va tabiiylikka erishiladi. Notiqning nutq madaniyatning eng muhim elementlaridan biri bu so`zlarni to`g`ri ishlatishdir. So`zlar to`liq, mazmuniga ko`ra va boshqa so`zlar bilan uyg`unlashgan holda ishlatilsagina, shunda u auditoriyaga ta`sir qiladi.
Gid nutq madaniyatining muhim ko`rsatgichlari bu so`zlarning to`g`ri talaffuzidir. Auditoriya hamma vaqt buzib talaffuz qilingan so`zlarga e`tibor berishadi. Agar talaffuzdagi xatolar takrorlanaversa bu auditoriya ongiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, so`zlarni qabul qilishga xalaqit beradi.
Ko`pgina hollarda qahramonlarning familiyasi, ismi, geografik joylar, har xil xorijiy atamalarning talaffuzida qiyinchiliklar paydo bo`ladi. Bunday paytda gid lug`atdan foydalanish kerak bo`ladi (lug`atni har bir kitob magazinidan olish mumkin).
Nutqda «keraklicha e`tibor berilmoqda», “yuksak pog`onalarga ko`tarish”, «asosiy maqsad qilib qo`yish» va shu kabi shtamplardan foydalanish nutqni ma`nosiz, jonsiz, obrazsiz qilib qo`yadi.

Download 435.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling