Jamoat xavfsizligini ta’minlash


Download 411 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi411 Kb.
#1173774
Bog'liq
Д.Д.Юсупова Ёзма маълумот







O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi dotsenti
Yusupova Dildora Dilshatovna haqida







MA’LUMOT


Tug‘ilgan yili: 1983 yil
Millati: o‘zbek
Ilmiy darajasi: falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD)
Ilmiy unvoni: dotsent
Egallab turgan lavozimida qachondan: 2021 yil iyul oyidan buyon.

Falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupova Dildora Dilshatovna egallab turgan lavozimida quyidagi ishlar amalga oshirmoqda:


O’quv-uslubiy ishlari: Universitetning barcha yo’nalish kursantlariga hamda sirtqi ta’limning barcha yo’nalish tinglovchilariga “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fanidan, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilariga “Islom dini asoslari” fanidan mashg’ulotlar o‘tib keladi.
2022/2023 o‘quv yili davomida 1 marta Universitetning “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi kursantlariga kursantlariga “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” binar mashg’ulot hamda 2 marta “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilariga “Islom dini asoslari” fanidan sayyor dars mashg’ulotlari o‘tkazgan.
2021/2022 o‘quv yilida 3 ta o’quv qo’llanma, 3 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 1 ta risola (Dinshunoslik, Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, Ommaviy madaniyat) tayyorlagan.
Ilmiy ishlar: 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Olima” granti doirasida moliyalashtirilgan A-OT-2021-11-sonli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasini yaratish” nomli innovatsion loyihaga rahbarlik qilib kelmoqda.
2021/2022 o‘quv yili davomida 10 ta tezis, shundan 7 tasi xorijiy, 3 ta ilmiy maqola, shundan 1 tasi xorij jurnallarida, 10 ta maqola gazeta va jurnallarda nashr etilgan.
2022/2023 o‘quv yili davomida 1 ta mustaqil tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qilib, muddatidan avval himoya qilishiga erishgan.
2022/2023 o‘quv yili davomida Milliy gvardiya Mintaqaviy o‘quv markazlari uchun 1 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta tezis, shundan 2 tasi xorijiy, 1 ta ilmiy maqola nashr etilgan.
2022/2023-o‘quv yili yakuniga qadar 1 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanmani nashr etishni rejalashtirgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar: 2022/2023-o‘quv yilining o‘tgan davri mobaynida Universitetda 5 marta, Farg’ona mintaqaviy o‘quv markazida 1 marta, Milliy gvardiy Toshkent shahar Qo’riqlash Bosрqarmasida 1 marta, Toshkent shahrining Olmazor tumani mahalla va umumta’lim maktablarida 4 marta, Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyida 2 marta, O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1 marta, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1 marta, Toshkent iqtisodiyot universitetida 1 marta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazgan.
Xulosa: Falsafa fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupova Dildora Dilshatovna egallab turgan “dotsent” lavozimiga munosib.
“Jamoat xavfsizligini ta’minlash”
kafedrasi boshlig‘i
polkovnik S.M.Selimanova


Download 411 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling