Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
OT DTSning asosiy foydalanuvchilari: -
Download 0.78 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Atamalar, ta`riflar, qisqartmalar
1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta`lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, gumanitar va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas`ul oliy ta`lim muassasalarining professor - o’qituvchi jamoalari; - ta`lim yo’nalishining asosiy ta`lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; - o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta`lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat); - bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; - oliy ta`lim muassasasini moliyalashtirishni ta`minlovchi organlar; - oliy ta`lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari; - ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar. 2 Atamalar, ta`riflar, qisqartmalar Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta`lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta`riflardan foydalanilgan: kasbiy faoliyat turi – ta`lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob`ektiga ta`sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi; kompetentsiya – ma`lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati; modul – tarbiyalash va o’qitishga yo’naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo’lgan o’quv fani (kursi) yoki o’quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi; ta`lim yo’nalishi – muayyan kasbiy faoliyat doirasidagi turli darajadagi ta`lim dasturlarining majmui; Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling