4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari:
Ilmiy va ilmiy-tadqiqot;
Foydalanish va ijtimoiy xizmat ko’rsatish;
Tashkiliy-boshqaruv;
O’MKHT tizimida pedagogik faoliyat kabilarni o’z ichiga oladi.
Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta`lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta`lim tizimi tomonidan aniqlanadi.
4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari
5520100-Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr ta`lim dasturini o’zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va ixtisoslikning tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalar belgilanadi:
Ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati:
namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish;
Foydalanish va ijtimoiy xizmat ko’rsatish:
- aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi markazlar va muassasalarda ishlashlari va kasbiy faoliyat turlarini bajarishlari mumkin:
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati:
- turli davlat va jamoat tashkilotlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatlarini uyg’unlashtirishga ko’maklashish; ijtimoiy muhofaza va himoya ishini tashkil etish va boshqalar;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |