Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati


Download 87.07 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi87.07 Kb.
#161599
Bog'liq
Jamoatchilik nazorati

Reja:

  • Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyti
  • Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim asosi
  • Jamoatchilik nazorati subyektlari
  • Jamoatchilik nazoratining shakllari

Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati

Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fangaijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi.

Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida

deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy

barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.

Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo‘lishi darkor. 

Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohoyti

  • Jamoatchilik nazorati  davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati  subyektining shaxsiy tashabbusi, shuningdek  yuridik va jismoniy shaxslarning murojaati bo’yicha, jamoatchilik nazorati  subyektining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga belgilangan qonunchilik asosida adliya organlari va boshqa davlat organlari tamonidan davlat ro’yhatidan o’tgan va faoliyatini tegishli hududda amalga oshirayotgan  fuqarolik jamiyati institutlari ega bo’ladilar. 

Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyti

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlari bugungi va ertangi kunimizga har qachongidan ham mas’uliyat bilan qaraydigan, xalqimizning orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishda amaliy ishlari bilan yordam berishga shay tashkilotlar majmuasi sifatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishonchli  hamkor bo’laoladi. Bu esa Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada belgilab berilganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojining yangi bosqichini boshlab beradi, milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida tarixiy burilish yasash bilan birga fuqarolarimizda yurt ravnaqi va farovonligiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshiradi. 

Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim asosi

  • “Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy nazoratning ko‘rinishlaridir.
  • Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi:
  • “Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan
  • faoliyat”.

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari

  • Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin.SHuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichigabog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.
  • SHuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.

Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari

  • mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilingan.
  • Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.

    Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llabquvvatlagan narsalargina yashashi kerak.

Jamoatchilik nazoratining shakllari

  • Fuqarolik jamiyati shakllanishida fuqarolik jamiyati barcha institutlarining o‘zaro aloqadorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati organlarining aholi oldidagi barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilayotgan hozirgi sharoitdajamoatchilik nazoratining roli beqiyos darajada ortadi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mamlakatda qonunchilikni ta’minlashning kafolati vazifasini bajaradi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati turli ko‘rinish, shakl va usullar yordamida o‘tkaziladi. Jamoatchilik nazorati turlari va shakllarini to‘la va chuqur anglash uchun quyidagi holat va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim:
  • - davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tushunchasining mazmun va mohiyatini tahlil qilish:
  • - jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish:
  • - fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati olib borishdagi amaliy faoliyatlarini tahlil qilish.

Download 87.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling