Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
26
olisdagi ko‘prikka bormay qo‘ya qolgan ekan.
Aytuvdim shekilli, bog‘imizdan bir chaqirimcha
narida soy oqadi. Suv goh ko‘payib, goh ozayib
turganidan uni Tentaksoy ham deyishar edi. Hozir
kelgan opa ana shu soyga yiqilib tushibdi. Enam
rahmatli o‘choqqa guldiramazon qilib o‘t yoqib
yubordi. Opani chaqalog‘i bilan sandalga o‘rab
qaynoq-qaynoq asal choy ichira boshladi.
Ertasiga bobom barvaqt uyg‘otdi, birga namoz
o‘qiysan, bilmasang ham mayli, yonimda dumalab
tursang bas, deb hamisha shunday qilardi.
Bomdoddan so‘ng soy bo‘yiga jo‘nadik.
– Ko‘prik quramiz, – dedi bobom.
– O‘zimiz quraveramizmi? – deb so‘rayman.
– Ha, o‘zimiz quramiz.
– Men ham quramanmi?
– Sen ham qurasan, bo‘talog‘im, sen bo‘lmasang
ishlay olmayman.
– Keyin men ham jannati bo‘lamanmi?
– Xudo xohlasa, jannati bo‘lasan.
– O‘sha yerda ham birga bo‘lamizmi? – deb
so‘rayman yana. Nega desangiz, bobomsiz bir
daqiqa ham vaqtimni tasavvur qila olmas, otam
ham, onam ham, birga o‘ynaydigan o‘rtog‘im
ham bobojonim edi.
– Xudo xohlasa.
– Enam-chi?
– Uyam.
– Buvijonim-chi?
– Aytdim-ku, hammamiz birga bo‘lamiz, deb.
Men jannati bo‘lishni juda-juda xohlardim.
Enajonimning aytishicha, u yerda hamma narsalar
mo‘l-ko‘l bo‘lar ekan. Ariqlarda suv o‘rniga shar-


Jannati odamlar
27
batlar sharqirab oqar ekan, savat-savat popukli
qandlar shundoqqina yo‘lning chekkasida turar
ekan, anvoyi gullar ochilib, sayroqi qushlar chaq-
chaqlashib turar ekan. Bolalar o‘ynaydigan
o‘yinchoqlar: zuvulloq, iðakdan to‘qilgan koptok,
mix soladigan. Oltin qutichalar, qush ovlaydigan,
tortilishi oson rezinka cho‘zmalar shundoqqina qo‘l
yetadigan joyda turar ekan, u yerda alvasti, jinlar
hech ham bo‘lmas ekan.
– Xo‘sh, î‘g‘lim, qani ayt-chi, ko‘prikni mana
shu yerga qursak bo‘larmikan? – deb so‘radi bobom
soyning torroq jo‘yini ko‘rsatib.
– Bo‘ladi! – dedim shoshilib.
– Yo‘q, bu yer xiyla keng ko‘rinadi, yana ham
torroq joyni topaylik, – o‘ylanib turib dedi bobom.
– Mayli, torroq joyni topa qolaylik, – dedim
men ham o‘ylanib turib. Nega desangiz, men shu
daqiqalarda yupqagina muz bilan qoplangan soyga
tikilib baliqlar suv ostida qolib ketgan bo‘lsa, sov-
qotmasmikan, qorong‘u tushganda qayerda uxla-
shar ekan, deya xayol surayotgan edim.
– Yo‘q, avvalgi tanlagan joyimiz ma’qul ekan,
– dedi bobom orqaga qaytib.
– To‘g‘ri, bobojon, o‘sha yer ma’qul, – deb
tasdiqladim.
Qaytsak enajonim zog‘ora non yopib, savatga
yoyib, ustiga bo‘z dasturxon yopib qo‘ygan ekan.
Bug‘i ko‘tarilib ishtaha qo‘zg‘aydigan hidi uyni
qoplab ketibdi. Enajonim non yopsa, menga atab
jizza va oshqovoqlar solib xitoy piyolaning og‘zidek
kulchalar yopib berar edi. Bu gal ham shunday
qilibdi. Enajonim-ey, biram yaxshi ko‘ramanki u
kishini, mazza qilib nonushta qildik. Keyin bobo-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling