Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 25 ERKACHOLNING KO‘PRIGI H
Xudoyberdi To‘xtaboyev
24 – Ha, mayli, aytsam ayta qolay, savob o‘lgan kishi narigi dunyoga borganda jannatda yashaydi. – Bobojon, jannat yaxshimi? – Yaxshi, o‘g‘lim. – Biz u yoqqa qachon boramiz? – Qo‘y, bo‘tam, bunaqa gaplarni aytma. Shu yo‘sin nihollarni ekib tugatdik. Rahmatli bobom o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjunning ikki ko‘ziga ikki ko‘zani solib tepalikka suv tashigani-tashigan edi. Meni qanchalik suyub erkalasa, nihollarini ham hosilga kirguncha ana shunday erkalagani hali- hali esimda. Demak, deb o‘ylayman, yigitchalar davrasida o‘tirganimda bobojonim allaqachon olamdan o‘tib ketgan bo‘lsa ham, uning nomi shundayligicha o‘zi ekkan nihollariga o‘tib, nihollar qiyofasida hamon yashab kelayotgan ekan-da. Rahmatli daraxt eksang, jannati bo‘lasan, derdi, ehtimol jannati ham bo‘lgandir, arvohi shod-shod uchib yurgandir. Shularni o‘ylab, quvonchimni ichimga sig‘- dirolmay, entika-entika o‘rnimdan turib ketdim. Yigitchalar esa hech narsani o‘ylamay, qo‘sh- nimizning o‘g‘li o‘rtaga to‘kkan o‘riklardan tala- shib-tortishib yeb, danagini baquvvat tishlari bilan qarsillatib chaqib, ekkanga ham, yeganga ham rahmatlar aytishib, nima sababdandir xaxolab kulishar edi. Bobom ekkan o‘riklarni ko‘rgim kelib, shoshilib dashtga jo‘nadim. Jannati odamlar 25 ERKACHOLNING KO‘PRIGI H ali aytganimdek, yoshlar davrasida bo‘l- ganimda har xil mavzu va ma’nodagi suhbatlar chog‘ida «Erkacholning ko‘prigi yonida», «Erka- cholning ko‘prigidan o‘tgandan keyin» deganga o‘xshash so‘zlar tez-tez qulog‘imga chalinib turdi. Bu ko‘prik hozir quloch yetmaydigan beton ustunlar ustiga uzunligi 10 metr, eniga 6 metr keladigan qumay betonlar yotqizilib, kattakon yuk mashi- nalari ham bemalol varillab o‘tib ketaveradigan, zo‘r hafsala bilan qurilgan ko‘prik hisoblanadi. Axir bu beton plitalarni rahmatli bobom yotqizgani yo‘qku, u kishining olamdan o‘tganiga necha- necha zamonlar bo‘ldi, yoshlar bobojonimning kimligini bilishmaydi, nega endi ko‘prikning nomini u kishining tabarruk nomi bilan atashyapti ekan, deya bot-bot o‘ylanib qolgan paytlarim ko‘p bo‘ldi. Bu voqeaga taxminan 60 yillarcha bo‘ldi-yov. O‘sha yili qish erta tushib, qishloq uyimizga ko‘chishga ulgurmay bog‘ hovlimizda qolib ketdik. Avvaliga, qish zaptiga olib, qorbo‘ronlar bilan kelib hammayoqni muzlatib ketdi-yu, keyin darmoni qurib qoldi shekilli, bo‘shashib yiltirab oftob ham chiqa boshladi. Kech payti edi, barkashdek quyosh sarg‘ayib botayotgan daqiqalar. Bobom ikkimiz iliqqina oftob chuvoqda savatdagi chala mayizdan tergilab yeb o‘tirgan edik. Bir ayol qo‘lida cha- qalog‘i, egni-boshi ho‘l, hu-hulab, dildirab kirib keldi. Chaqalog‘ini tabibga ko‘rsatgani borgan ekan. Dahanasoydan o‘tayotganida muz yorilib, suvga pallom bo‘lib tushibdi. Kech bo‘lib qolgani uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling