Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 17
Xudoyberdi To‘xtaboyev
16 «Yillar va yo‘llar» romanlari qahramonlari, asosan, kattalardir, bevosita bolalar hayotidan olib yozilgan asarlarida ham bir talay kattalar obraziga duch kelamiz. Biroq, shunga qaramay, Xudoyberdini, bari bir, bolalar yozuvchisi deb bilamiz. Chunki u, boya aytilganiday, kattalar hayotini bolalar nigohi orqali idrok etib qog‘ozga tushiradi, zotan bolalar adabiyotining vazifasi nuqul kichkintoylar hayotini qalamga olishdan iborat emas, bolalarni kattalar hayoti, xalq tarixi, xalq orasidan chiqqan ulkan allomalar taqdiri, katta hayot muammolari bilan tanishtirish ham bolalar adabiyotining burchidir. Xudoyberdi, xususan, o‘tgan asrning 80- yillarida yozgan asarlarida shunday yo‘ldan bordi. Òabiiyki, bu yo‘lda u ayrim qiyinchiliklarga, badiiy jumboqlarga ham duch keldi. Kattalar hayoti, jiddiy muammolar, chigal insoniy taqdirlar haqida bolalarbop qilib yozish, asar davomida bola va o‘smir kitobxon psixologiyasi mezoniga birdek rioya etish nihoyatda mushkul vazifa. Bu borada yaxshi tajribalar, dono maslahatlar ko‘p, ammo tayyor andaza yo‘q, bo‘lishi mumkin emas, chinakam yozuvchi har gal bu muammoni o‘zicha hal etadi, yangidan kashf qiladi. Xudoyberdi do‘stim keksalik yillarida ham bir daqiqa bo‘lsin hayot va ijod ustida o‘ylashdan, yozishdan to‘xtagani yo‘q; «Shirin qovunlar mamlakati», «Mungli ko‘zlar», «Jannati odamlar», «Quyonlar saltanati», «Qiz talashgan o‘smirlar» kabi romanlar ustida ishladi. Jamoat ishlarida faol qatnashdi. «Iste'dod», «Oltin meros» xayriya jamg‘armalariga rahbarlik qildi, jamg‘armalar Jannati odamlar 17 yetakchisi sifatida respublika o‘quvchilariaro san'at, adabiyot bo‘yicha musobaqalarni yo‘lga qo‘ydi; xususan, «Oltin meros»dagi nafosat gurunglari, mamlakatimizning taniqli olimlari, san'at va adabiyot namoyandalari ishtirokida o‘tkazilgan bahs-munozaralar og‘izga tushdi; ma'lum muddat do‘stimiz O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Oliy adabiyot kursida faxriy professor lavozimida faoliyat olib bordi, kurs tinglovchilari huzurida badiiy mahorat, sarguzasht, detektiv, fantastik adabiyot muammolari bo‘yicha ma'ruzalar o‘qidi; do‘stim uyushtirgan ijod laboratoriyasiga doir maroqli mashg‘ulotlar tinglovchilarda benihoya katta qiziqish uyg‘otdi. U shu yoshida ham bir daqiqa bo‘lsin o‘z dunyosi – bolalarsiz, maktab o‘quvchilarisiz turolmaydi, haftasiga kamida ikki bor yo Òoshkent, yoki Òoshkent atrofidagi tumanlar maktablarida o‘quvchi bolakaylar bilan adabiy uchrashuvlar o‘tkazmasa ko‘ngli to‘lmaydi; iloji bo‘lmaganida, mahalla bolajonlarini uyida yoki bog‘ida to‘plab, ular bilan dilkash suhbatlar quradi. Respublika televideniyasi orqali muntazam olib boradigan jo‘shqin adabiy gurunglarini, yosh iste'dodlar bilan olib borgan dilkash muloqotlarini tinglab, tomosha qilib ko‘plar qatori unga havasim keladi. Hayot nuqul to‘yu tantanalar, quvonchli daqiqalardan iborat emas. Do‘stim goho og‘ir judolik musibatlarini, xastalik iztiroblarini chekdi. Òani- dagi beqiyos iroda, hayotsevarlik, matonat tufayli o‘shanday alam, og‘riq, iztiroblar olovidan omon chiqa oldi. Asarlari qahramonlariga – Hoshimjon, Akramjon, Salimjon, Orifjon, xususan, Namoz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling