Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
10
tazyiqi bilan ikki-uch bor sanatoriylarga bordi,
ammo har gal yarim muddatga qolmay qaytib
kelaverdi. Uzoq yili birga So‘qoqqa dam olish uchun
otlandik. Ikkimiz ham o‘ta toliqqanmiz, biror oy
u yerda turmoqchi edik. Ko‘ngildagidek hordiq
chiqarish uchun hamma sharoit muhayyo. Biroq
uch kun o‘tmay Xudoyberdi bezovta bo‘lib qoldi,
kechasi bilan uyqusi qochib karavotda to‘lg‘anib
chiqadi, meni uyga qaytishga undaydi, men uni
ovutishga urinaman. «Ha, mayli, – deydi u, –
yana bir kun sabr qilay-chi, odamlar Sibir surguniga
ham dosh bergan-ku!» Bildim, mehnatga o‘rgan-
gan bu odam bekorchilikdan zerikyapti. Yo‘lini
topdik. Dam olish uyining ekin-tikiniga qaraydigan
keksa bog‘bon bilan tanishtirib qo‘ydik, hash-pash
deguncha ikkalasi apoq-chapoq bo‘lib ketishdi,
gulzor parvarishi, kartoshka chopig‘i, uzum
xomtoki bilan ovora bo‘lib o‘ziga keldi-qoldi,
kechalari miriqib uxlaydigan bo‘ldi, uyga qaytish
vasvasasi yo‘qoldi.
Xudoyberdiga xos yana bir xislat shuki, u
kindik qoni to‘kilgan ona qishlog‘i bilan mustah-
kam bog‘langan. Sir emas, qishloqdan chiqib
shaharda o‘qib shaharlik bo‘lib ketgan, shaharda
obro‘-martaba orttirib tug‘ilgan joyini, hamqishlog‘u
qarindosh-urug‘larini, kechagi kunini butunlay
unutib yuborgan kimsalar ham bor hayotda.
Bu borada Xudoyberdi tutgan yo‘l ularga ibrat
bo‘lishi mumkin. Xudoyberdining bir qulog‘i
hamisha o‘z qishlog‘ida, qishlog‘ida yuz bergan
katta-kichik voqealardan, yangiliklar, o‘zgarish-
lardan doim xabardor, haftada bo‘lmasa ham oyda
bir bor qishlog‘ida bo‘ladi, qarindosh-urug‘larining


Jannati odamlar
11
to‘yu ma'rakalarida hamisha hoziru nozir, azalarda
hassakash, oddiy dehqon yoki cho‘pon tengdoshi
hasharga aytganida, albatta boradi, hech ikkilanmay
yeng shimarib loyga tushib ketaveradi. Uning bu
xislatiga men chin dildan havas qilaman.
Nihoyat, Xudoyberdi – o‘ta bolajon odam. O‘zi
ota mehriga zor bo‘lib o‘sganidanmi, bolalarini
haddan ziyod yaxshi ko‘radi, faqat o‘z bolalari,
nabiralari emas, umuman, go‘dak zotiga duch
kelsa, ular bilan gurung qursa ko‘ngli yayraydi,
kichkintoylar bilan darrov til topishib oladi, ular
davrasida bolaga aylanadi-qoladi. Mehmondor-
chilikka borganda chekkaroqda turgan biror bolani
ko‘rsa, darhol davradan chiqib uning yoniga o‘tadi,
u bilan suhbat qurib davradagilarni unutadi.
Shunday kezlari o‘tirganlardan bir oz xijolat
tortgan rafiqasi Sanobarxon: «Hoy, dadasi, shu
yoshga yetib ham sira quyilmadingiz, bolaligingiz
qolmadi-qolmadi-da...» deya dakki beradi, do‘stim
esa bu gaplarga parvo qilmay, kulib qo‘ya qoladi.
Ayrim jiddiy kimsalar uchun bir oz erish tuyu-
ladigan bu xislat aslida bolalar yozuvchisi uchun
zaruriy, tabiiy, bebaho xislat. «Xudoyberdi akaning
tabiatida o‘zi qandaydir mo‘jaz, yaxshi ma'noda
bolalik bor», – degan edi yozuvchi Shukur Xol-
mirzayev. Ayni shu – yaxshi ma'nodagi bolalik,
bolalarcha soddalik, samimiyat, kattalar tajribasi,
bilimini ko‘ngilga jo etgan holda hayot hodisalarini
bolalarcha idrok etish tuyg‘usi bo‘lmaganida, balki,
Xudoyberdi bolalar qalbiga yo‘l topolmasdi.
Xudoyberdi yoshi ulg‘aygan sari bir narsadan
xavotir oladi – bolalik tuyg‘usidan uzoqlashib
qolishdan qo‘rqadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak,



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling