Jang muhoraba tomchi qatra a yriliq judolik baxtli iqbol


—  Voy sho‘rim! — dedi rangi o‘chib


Download 403.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana25.03.2023
Hajmi403.96 Kb.
#1295277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Milliy sertifikat testi -1-variant.Xurshid Jo\'rayev

— 
Voy sho‘rim! — dedi rangi o‘chib.
Men onam pulni 
oldirib qo‘ydi deb qo‘rqib ketdim.
— Echkini arqoni bilan berib yuboribmiz-ku!
Irimi yomon 
bo‘ladi.Molni arqoni bilan sotib bo‘lmaydi. — U shunday dedi-yu, 
qo‘limdan mahkam tutgancha odamlar orasiga sho‘ng‘ib yana 
orqaga sudrab ketdi. — Qoraquloq, — dedim sekin. — Ana, 
Qoraquloq! O‘zimning echkim. Men echkimni darrov tanidim. 
Boyagi eski choponli kishi echkining arqonidan ushlab turar, 
telpagining quloqchinini kuya yegan dallol esa shlyapali semiz 
odamga qo‘lini paxsa qilib bir nimani tushuntirar edi.
— Hech bo‘lmasa yana ellik so‘m qo‘shing, amaki,— dedi onam 
eski choponli kishiga iltijoli termilib. — Zotli mol, onasi har yili 
ikkitadan tug‘adi. — Mengamas, bolaga deyapman quloqchinini 
kuya yegan dallol esa shlyapali semiz odamga qo‘lini paxsa qilib 
bir nimani tushuntirar edi. Faqat yangi do‘ppili bola 
ko‘rinmasdi... 
— Bu zotli mol, akam aylanay! Onasi har yili ikkitadan tug‘adi, — 
dedi dallol shang‘illab. 
— Kuniga bir chirpitdan sut beradi. Suti sigirnikidan ham yog‘li. 
Pulingiz yoningizda ketadi, akam aylanay. 
— Judayam osmondan kelavermang-da, siz ham. — Shlyapali 
odam norozilik bilan bosh chayqadi. — Hech bo‘lmasa olti yuz 
deng. 
 Qarang, buning qornida bolasi bor! —Choponli kishi echkining 
ikkala biqiniga shapillatib qo‘ydi. — Xudo xohlasa, ayni qish 
chillasida bolalarning og‘zi oqarib qoladi, birodar! Allaqayoqdan 
boyagi yangi do‘ppili, rangsiz bola paydo bo‘ldi. 
— Dada, — dedi choponli kishiga qo‘lidagi obakini ko‘z-ko‘z 
qilib. — Mana, obkeldim! 
— Bizniyam boshimizda o‘zimizga yarasha tashvish bor, — 
choponli kishi bolaga imo qildi. — O‘g‘lim o‘z qo‘li bilan bir yil 
boqdi echkini. Endi shuning qo‘lini halollab qo‘ymoqchiman, 
birodar. To‘y qilish osonmi shu zamonda. Oyimga qaradim. Uning 
og‘zi lang ochilib qolgan, qalin lablari pirpirar, ko‘zida yosh bor 
edi. 
— Voy, — dedi u anchadan keyin zo‘rg‘a tili kalimaga kelib. 
Qiziq, nazarimda u kulgandek bo‘ldi. Yo‘q, uning yig‘layotganini 
keyin payqadim. — Voy imonsizlar! Ikkalasi bitta odam ekan-ku. 
— Men xolis odamman! — Dallol yana shang‘illadi.— Savob ham 
kerak-da odamga. Dunyoga kelib nima karomat ko‘rsatdik. 
Ko‘prik soldikmi, machit qurdikmi?.. Oyim madori qurigandek 
qo‘limni qo‘yib yubordi. 
— Yur, o‘g‘lim, — dedi ko‘z yoshini yengining uchiga artib. — 
Yesin-ichsin to‘ymasin, iloyo buyurmasin! 
— Arqon-chi? — dedim sekingina.— Kerakmas. Yur, bolam, — 
oyim qo‘limdan sekin tutdi-da, odamlar orasidan turtinib-surtinib 
meni yetaklab ketdi. 

Download 403.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling