Jang muhoraba tomchi qatra a yriliq judolik baxtli iqbol
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring
Download 403.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Milliy sertifikat testi -1-variant.Xurshid Jo\'rayev
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
BOZOR — Qani, tura qol, bolam, echkini haydashib borasan. …Ana, nihoyat bizning echkiga ham xaridor topildi. Peshonasiga qiyiqcha tang‘igan kishi Qoraquloqni uyog‘idan o‘tib tomosha qildi, buyog‘idan o‘tib tomosha qildi. — Qancha so‘raysiz? — dedi oyimgamas, echkiga qarab. — Besh yuz so‘m. — Uch yuz! — qiyiqcha tang‘igan kishi echkining bo‘ynidan silab qo‘ydi. — Shoshib turibman, olaman-u ketaman. — Yo‘q, amaki, bu zotli mol, — dedi oyim bosh chayqab. — Onasi har yili ikkitadan tug‘adi, ko‘p sut beradi. Suti yog‘li, sigirnikiga o‘xshaydi. Qiyiqcha tang‘igan kishi savdolashib o‘tirmay nari ketdi. Yana ikkita xaridor keldi. Keyin echkimizni hech kim so‘ramay qo‘ydi. — Dallol topmasak bo‘lmaydi shekilli, o‘g‘lim, — dedi {1}ruhi tushib. Xuddi shuni kutib turgandek, telpagining quloqchinini kuya yegan, paxtali shimining tizzasigacha go‘ng bo‘lib ketgan kishi paydo bo‘ldi. — Ha, yanga, uloqchaga xaridor chiqmadimi? — dedi shang‘illab. — Uloqchamas, echki-ku, — dedi oyim ranjib. — Qarang, zotli mol, onasi har yili ikkitadan tug‘adi. Ko‘p sut beradi. Suti quyuq, sigirnikiga o‘xshaydi. — Ko‘rib turibman! — Telpakli kishi qo‘l siltadi.— Mushukdekkina echki ekan. Bo‘g‘oz bo‘lganmi-yo‘qmi? Oyim bosh chayqadi. — Unisini aytolmayman. Yolg‘on gapirib nima qildim. Ammo onasi zotli. Har yili ikkitadan tug‘adi, sersut...Telpagini kuya yegan kishi bir zum o‘ylanib qoldi. — Endi, yanga, gap bundoq, — dedi tag‘in shang‘illab. — Men xolis odamman, ko‘rib turibman, boyadan beri turaverib, sarg‘ayib ketdingiz. Xo‘p desangiz, molingizni sotib beraman. Ammo cho‘talni oldindan kelishib olamiz: yigirma besh so‘m! — Mayli, bir gap bo‘lar, — dedi oyim sekin. — Baraka toping, insofli odamga o‘xshaysiz... Ammo o‘zi zotli mol... — Qancha so‘rayapsiz o‘zi? — dallol onamning gapini bo‘ldi. — Besh yuz. — Nima? — dallol dahshatli gap eshitgandek ko‘zini ola-kula qildi. — Besh yuz so‘mga govmish sigir beradi-ku! Hozir bozor arzon. Qish kelyapti, yanga! Onam norozi qiyofada yelkasini qisdi. — Mana shu bolamga pufayka olib bermoqchiman. Adasi besh yuzdan kamiga ko‘nma deganlar. — Gapga pasmatri! — dallol xuddi onam gunoh ish qilib qo‘yganday qo‘lini silkitdi. — Odamlardayam diyonat qolmapti o‘zi! U endi burilib ketayotgan edi, oyim yalindi: — Xudo xayringizni bersin, bitta-yarimta insofliroq xaridor toping. Mayli, haqingizni beraman. Dallol qaytib keldi. Qoraquloqning qornini paypaslab ko‘rdi. — Mayli, — dedi to‘ng‘illab. — Shoshmay turing-chi. Chorak soatchadan keyin u eskiroq chopon kiygan kishi bilan mendan kattaroq bolani boshlab keldi. Bolaning boshida yap- yangi do‘ppisi bor edi. — Mana! — dedi dallol shang‘illab. — Shundan yaxshi xaridor topolmaysiz. — Qancha so‘raysiz? — eski choponli kishi negadir onamga emas, dallolga qaradi. — Bo‘ladiganini ayting. — Bo‘ladigani ikki yuz ellik so‘m! — Oyimning o‘rniga dallol javob berdi. — Yo‘g‘-e, — dedi oyim cho‘chib. — Hozir uch yuzga bermadim- ku. — O‘zimga emas, mana bu bolaga olyapman! — eski choponli kishi uf tortdi. — Rangini qarang, bola bechorani! Kasaldan yangi turgan: sil! Oyim ham, men ham bolaga tikilib qoldik. Hali do‘ppisiga qarapman-u o‘ziga qaramagan ekanman. Bola chindan ham rangsiz, katta-katta ko‘zlari odamga ma’yus termilib boqar edi. — Yuz so‘m! — eski choponli kishi dallolning qo‘lidan tutdi. — Bor baraka! — Voy, nima deyapsiz, amaki? — Oyim xuddi birov tortib olayotgandek echkining arqonidan mahkam ushlab o‘ziga tortdi. — Bu zotli mol. — Sizam insof qiling-da, birodar! — dallol endi xaridorga qarab qo‘lini paxsa qildi. —Yangam rost aytyaptilar. Zotli mol, erta- indin qochib qolsa, bahorda maza qilib sutini ichasiz. Oyimga jon kirdi. — Shuni aytaman-da! Zotli mol! Onasi har yili ikkitadan tug‘adi. Ko‘p sut beradi. Suti yog‘li, sigirnikiga o‘xshaydi. Xaridor horg‘in bosh chayqadi. — O‘zimga qolsa-ku, besh yuzga ham olaverardim. Shu bolaga so‘rayapman. — U tag‘in bolaga imo qildi. Bola yong‘oqlarni u qo‘lidan bu qo‘liga olar, yupqa, qonsiz lablarini pichirlatib sanar edi. — Hech kimi yo‘q bechoraning, — dedi xaridor ovozini pasaytirib. — Savob bo‘lar deb boshiga do‘ppi oberdim. Otasi frontda o‘lgan. Yaqinda onasiyam qazo qildi: sil edi bechora. Yetmish yashar kampir buvisi bilan qoldi. Men qo‘shnisi bo‘laman. Kampir bechoraning kigiz tagiga yig‘ib qo‘ygan jindek puli bor ekan. Shunga bittagina echki obering, deb yalindi. Savob uchun tushdim bozorga. Goh bolaga, goh onamga qarab karaxt bo‘lib qoldim. Bola hamon yong‘oqlarini sanar, oyim ham unga tikilib qolgan edi. Birdam onamning ko‘zlarida yosh aylandi. Bir qo‘li bilan arqondan tutgancha ikkinchi qo‘li bilan bolaning do‘ppisi ustidan boshini siladi. — Aynoniya! — dedi ovozi titrab. — Hech nima qilmaydi. Hali shundoq yigit bo‘lasanki, sen ko‘rganni hech kim ko‘rmaydi, bolam! — Mana, bori shu! — xaridor bir so‘mlik, uch so‘mlik pullardan bir hovuchini dallolning qo‘liga tutqazdi. — Qancha? — dedi dallol. — Yuz ellik so‘m! Dallol oyimning arqon ushlab turgan qo‘lini kaftiga olib silkita boshladi. — Bor baraka deng endi, yanga! Bor baraka deng! U har siltaganda oyim qo‘li uzilib ketgudek bo‘lib butun gavdasi bilan silkinar edi. — Mang, yanga! Rozi bo‘ling, — dallol pulni sanab oyimga tutqazdi. — Xizmat haqimni opqoldim. Ammo rozi bo‘ling. Oyim pul changallab turgan qo‘li bilan tag‘in bolaning do‘ppisi ustidan boshini siladi. — Xafa bo‘lma, o‘rgilay! Buvingga mendan salom aytgin. Echki sotgan xotin salom aytdi, degin. Dallol bir tomonga, echki yetaklagan choponli odam bilan bola ikkinchi tomonga ketib, zum o‘tmay odamlar orasidan g‘oyib bo‘lishdi. Test muallifi: Xurshid Jo‘rayev +998-90-880-08-99 t.me/XJurayevOnaTili 5 {2} Download 403.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling