6. [1,1 ball] Qaysi gapda arz so‘zi “shikoyat, da’vo”
ma’nosida qo‘llanmagan?
A) Ark – qadim Xorazm shohlarining arz so‘raydigan
joyi.
B) Xo‘sh , o‘g‘lim, nima arzing bor.
C) Arz-u samo ohim bildi, sen bilmading.
D) Bu oddiy so‘zlar emas, balki uning yuragini
kemirayotgan arz-u dodidir.
7. [1,7 ball]Qaysi gapda nuqtalar o‘rnida so‘z
yasovchi, sintaktik shakl yasovchi va lug‘aviy shakl
yasovchi `qo‘shimcha qo‘llanadi?
A) Insoniy… til tufayli moddiy va ma’naviy hayotda
taraqqiyot… erish… kelmoqda.
B) O‘zbek… Respublikasi… davlat tili o‘zbek til…dir.
C) Bu g‘oya…ni eshit… bobom juda xursand bo‘l…
D) “Bosh… berk ko‘cha” degan ibora… ko‘p eshit...siz.
8. [2,5 ball]Har uchala parchada ham ishtirok etgan
fe’l shakllarini aniqlang.
I.Har yil shonalagan g‘o‘za boshiga
Egilding, unutib polaponingni.
II.Men ko‘rdim: balxi tut bolang qoshida
Og‘ziga dur tutgan saratoningni.
III.Sendan rozi ketar shu ko‘hna ketmon,
Boshingdan ter quyar, chopiq qilarsan.
1) xabar maylidagi fe’l;
2) qo‘shma fe’l;
3) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi;
4) sifatdosh;
5) II shaxs birlikdagi fe’l;
6) sof fe’l
A) 1 va 4 B) 3 va 4 C) 2 va 6 D) 4 va 6
9. [1,7 ball] Qaysi gapda maqsad ma’nosini
bildiruvchi ko’makchi qatnashgan?
A) Fursat g’animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog’idir
umr daftarin.
B) Bu kitob qo’liga tushgandan keyin, bosh ko’tarmay
mutolaaga berildi.
С) Kitob ustida uzoq ishladi.
D) Dadam dam olish uchun Kosonsoyga jo’nab ketdi.
10. [1,7 ball]Berilgan gap haqidagi noto‘g‘ri fikrni
aniqlang.
Turk xalqining zaiflasha boshlaganidan foydalanib
qolgan dushman elchi jo‘natib, turk xoqonidan uning eng
yaxshi otini so‘rattirdi.
A)Vositasiz to’ldiruvchi fe’l kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri
tobelangan.
B)Sifatlovchi aniqlovchi vositasiz to’ldiruvchiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
C)Maqsad holi vositasiz to‘ldiruvchiga
tobelangan.
D)Aniqlovchi egaga ohang yordamida
tobelangan
Do'stlaringiz bilan baham: |