Jannatlarga yetdingiz Chorak asr vatanni ko'kka ko'tarib


Download 12.31 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi12.31 Kb.
#1085786
Bog'liq
Jannatlarga yetdingiz


Jannatlarga yetdingiz

Chorak asr vatanni ko'kka ko'tarib,


Endi qay yon ketib qoldingiz otam?
Dunyo tashvishlarin chetga itarib,
Qay manzilga yetib bordingiz otam?

Ortingizdan zor-zor yig'lab qolishdi,


Tangriga ming jola qilib, nolishdi,
O'zgalar ham qadringizni bilishdi,
Endi qay yon ketib qoldingiz otam?
Qay manzilga yetib bordingiz otam?

Yurtdan boringizni ayamadingiz.


Yurtdan joningizni ayamadingiz.
Yurtga qalqon bo'lib, hech tolmadingiz.
Endi qay yon ketib qoldingiz otam?
Qay manzilga yetib bordingiz otam?

Siz yo'q xalqimiz ham yolg'iz qolganday.


Sizsiz shamollar ham unsiz qolganday.
Barcha sozlar "Ayriliq" ni cholganday.
Endi qay yon ketib qoldingiz otam?
Qay manzilga yetib bordingiz otam?

Erkin yoshlar orzuyingiz bilamiz.


Hur vatanni gulistonday qilamiz.
Kuch qudratli buyuk davlat quramiz.
Eng buyuk safarga ketdingiz otam!
Borib jannatlarga yetdingiz otam!
Download 12.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling