Janrlar tarkibi va badiiyati


Download 364.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi364.52 Kb.
#204374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-Marosim-folklori

Nikoh to‘ylari folklori. Balog‘atga yetgan yigit bilan 

qizning o‘zaro roziligi bilan oila qurishi, bir yostiqqa bosh 

qo‘yishi, kelin va kuyovning nikohini nishonlash marosimi 

nikoh to‘yidir. Nikoh umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida 

mujassamlashtirgan urf-odat bo‘lib, ibtidoiy jamiyatning 

so‘nggi davrida yuzaga kelgan va keyinchalik yozma tarzda 

qonunlashtirilgan marosim shaklini olgan. «Nikoh» arabcha 

so‘z bo‘lib, «er-xotinlikni shariat yo‘li bilan qonuniy 

rasmiylashtirish», degan ma’noni bildiradi. («O‘zbek tilining 

izohli lug‘ati», 38). Nikoh to‘yi marosimi tuzilishiga ko‘ra 

uch bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich – «to‘y 

tayyorgarligi» deb nomlanadi va bir necha xil marosimlarni 

o‘z ichiga oladi, ya’ni «beshik kerti», «etak yirtar», «quloq 

tishlatar», «atab qo‘yar», «qiz tanlash», «ro‘mol o‘rar», 

«lali yuborar», «sovchilik», «qiz sinov», «unashtirar», «non 

sindirar», «qonjig‘a tovoq», «jaloq qizartirar», «fotiha to‘yi», 

«yo‘l to‘sar», «shox uloq», «buqcha ochar», «hadya tovoq», 

«ulush yoki non-u sochiq», «qalliq o‘yin», «paxta solar» kabi 

uzvlardan iborat.

21



Ikkinchi bosqich – «katta to‘y» deb nomlanib, kelin-

kuyovni nikohlash va kelinni kuyovning uyiga olib ketishdan 

iborat marosimdir. Bu bosqich «vakil so‘rash», «kuyov 

sinov», «o‘tin yorar», «kuyov kiyintirar», «kuyov yor-yori», 

«oriyat yo‘li», «to‘qqiz tovoq», «qari ilik», «to‘n kiygizar», 

«uzangi bardor», «chavqi qilar», «o‘t yoqar», «ota sinov», 

«olovdan aylantirar», «kampir o‘ldi», «ipak iluv», «soch 

siypatar», «oyna ko‘rsatar», «oyoq bosar», «shirin suv 

ichirar», «it irillatar» kabi qator uzvlarni o‘z ichiga oladi va 

turfa rasm - rusumlarga boyligi bilan alohida ajralib turadigan 

asosiy tantana hisoblanadi.

Uchinchi bosqich – «to‘y yakuni» deb ataladi va «bet 

ochar», «kelin salom», «kuyov salom», «eshik iluv», 

«chimildiq uzar», «chaqiruv» kabi marosimlardan iborat. 

Bu marosimda, asosan, kelin-kuyovning yaqin qarindosh-

urug‘lari ishtirok etadilar. Kelin-kuyov qirq kun chilla 

saqlaydi va chilladan chiqqach, kelinning ota-onasi o‘z qizini 

va kuyovini «chaqirdi» qiladi. Bu marosim xalq orasida 

«chaqiruv» deb yuritiladi. Ana shu marosim nikoh to‘yining 

yakunlovchi qismi hisoblanadi. 

Sovchilarning o‘ziga xos aytim-so‘zlari ham mavjud 

bo‘lganki, bu ulardan so‘zamollikni, chechanlikni, xush-

muomalalikni talab qilgan. Xususan, Boysun tumanining 

Qizilnov qishlog‘ida yashovchi Qatag‘on urug‘iga mansub 

o‘zbeklarda sovchilikni «elchilik» deyiladi. Sovchilar qiz-

nikiga borganda 



Elga tushgan elchiman, 

Qizga kelgan sovchiman

Bir qorabay cho‘ri so‘rab keldim, – deyishgan.

Shu tumandagi Machay qishlog‘ida esa sovchilikka 

kelgan kishilar «Biz sizning uyingizga kunda yorgani keldik» 

22



deyishgan. Bu aytim o‘zbek nikoh to‘yi marosimi tizimidagi 

«kuyov sinov» udumi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ilgari qiz 

tomon katta daraxtlarning kundasini yordirish orqali bo‘lajak 

kuyovni sinab ko‘rgan. Kuyovga kunda yordirish odati 

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yaqin vaqtlargacha 

saqlanib kelgan. 

Boysun shahrining shundoq yonginasida joylashgan 

Sariosiyo qishlog‘ida sovchilikka borgan kishilar «Sizlar 



bizning xesh-u taboramiz, shu bois qarindoshlikni 

mustahkamlash uchun sizning uyingizga yovchi bo‘lib 


Download 364.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling