Janrlar tarkibi va badiiyati


Download 364.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi364.52 Kb.
#204374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
3-Marosim-folklori

qo‘shdi» deb atashgan. Xirmonga uyulgan g‘aramlarni 

yanchgandan keyin choshni somondan ajratish uchun 

xirmon sovurayotgan dehqonning yoniga kelgan kishilar 

xirmonchining ishi yengillashsin uchun «Xirmonga baraka, 

xirmonga!», «Mo‘lchilik-ko‘lchilik», «Ko‘p bersin, kam 

qilmasin» deydilar.

e) Kuzgi marosimlar folklori janrlari: «qovun sayli». 

Xalqimizning kuzgi mavsumiy marosim folklori tizimida 

polizlarda turfa qovunlar g‘arq pishgan paytda o‘tkaziladigan 

«qovun sayli» alohida o‘rin tutadi. Chunki o‘lkamizda 

qovunning xilma-xil navlari o‘stirilgan bo‘lib, mirishkor 

dehqonlar bunday sayillarda o‘zlari yetishtirgan yangi 

navlarni, eng mazali qovunlarni namoyish etishgan. 

«Qovun sayli» mamlakatimizning deyarli barcha 

viloyatlarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelingan. Bu 

sayilda turli-tuman qovunlar namoyish etilgan, yigitlar 

va o‘smir bolalar «qovun-qovun» o‘yinini o‘ynaganlar. 

Bunda o‘yinchilar ikkiga bo‘linib, bir-birlariga qovunlarni 

otib, ularning shirinligi, tilimi tilni yorishini qo‘shiq qilib 

kuylashgan. Aytishuv shaklidagi bu qo‘shiqning har bir 

to‘rtligi «Qovun-qovunlar dedim» an’anaviy takrorlanuvchi 

misra bilan boshlanib, keyingi misralarda istalgan qovun 

nomini qo‘shib ijro etilavergan:

16



   

Qovun-qovunlar dedim

   

Mazali qovunlar dedim, 

   

Ey shirinnovvot dedim, 

   

Gurvak qovunlar dedim.

   

Qovun-qovunlar dedim, 

   

Shirin qovunlar dedim, 

   

Oq bekzodi, ko‘k bekzodi, 

   

Qariqiz qovunlar dedim.

   

Shirinnovvot qovunimiz, 

   

Mazasidan tomadi bol, 

   

Farhod bo‘lib bellashamiz, 

   

Shirin bo‘lib ko‘nglimiz ol.

   

O‘ynang qizlar, o‘ynang qizlar, 

   

Bog‘da gulday yashnashaylik

   

Shirin novvot bir bahona, 

   

Oshiq ko‘nglin xushlashaylik.

Xorazm viloyati tumanlarida esa «Qovun sayli»da 

an’anaviy «Shirinnovvot» o‘yini o‘ynalgan. Bu o‘yinni 

o‘ynash uchun katta ayvoni bor uy tanlangan va yigit-

qizlar har xil qovunlarni olib shu uyga yig‘ilishgan. Yigitlar 

qovunlarni ko‘tarib tomga chiqishgan va ayvon tepasidan 

ipga bog‘langan qovunlarni pastda turgan qizlar tomonga 

tushirishgan. Qizlar ilib olish uchun qo‘l cho‘zishganda ular 

ipni yuqori tortganlar. Shu tariqa o‘yin davom ettirilgan va 

yigit-qizlar tomonidan lapar usulida qo‘shiq aytilgan.




Download 364.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling