Janrlar tarkibi va badiiyati
Download 364.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Marosim-folklori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sunnat to‘yi folklori.
Beshik to‘ylari folklori. Odatda beshik to‘yi oiladagi
birinchi (to‘ng‘ich) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali kechadi. Ba’zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog‘liq holda bu tartib o‘zgarishi ham mumkin. Sunnat to‘yi folklori. Xalqimizda o‘g‘il bolalarning «qo‘lini halollash», ya’ni sunnat qilish marosimining o‘ziga xos folklor an’analari mavjud bo‘lgan. «Sunnat» so‘zi aslida arabcha bo‘lib, Payg‘ambarimiz bajargan va boshqalarga ham tavsiya qilgan amallardir. Bu marosim ko‘pgina joylarda «xatna to‘yi» deb ham ataladi. Zero, «xatna» atamasi arab tilidagi «kesmoq», «qisqartmoq» ma’nolarini anglatuvchi «xatnun» so‘zidan olinganligi uchun o‘g‘il bolalar jinsiy a’zosi uch qismi terisini kesish bilan bog‘liq marosim ham «xatna to‘yi» deb yuritiladi. Bolani xatna qilish an’anasining tarixiy ildizlari ibtidoiy jamoa davridagi sinov-initsiatsiya rituallari, xususan, bolalarni bir yosh-jins mansubiyatidan boshqasiga o‘tkazish bilan bog‘liq qadimgi udumlarga borib taqaladi. Xatna qilish odati qadimiy Misr, Indoneziya, Avstraliya, Afrika xalqlarida ham kuzatilgan. Sunnat qadimiy Bobilda yashagan somiy xalqlar o‘rtasida ham keng tarqalgan. Xatna O‘rta Osiyoda qadimdan mavjud bo‘lgan degan taxminlar bo‘lsa-da, biroq u islom dini kirib kelgandan (VIII asr)dan so‘ng keng tarqalgan. 18
Bu marosim mamlakatimiz viloyatlarida «xatna to‘yi», «sunnat to‘yi», «ummat qilmoq», «huydo-huydo qilmoq», «chuk to‘yi», «to‘yi pisar», «chukburon», «gula qildirish», «kestirish», «chukron to‘yi», «o‘g‘il to‘yi», «nevara to‘yi», «qo‘l halollash to‘yi» kabi nomlar bilan ataladi. Mamlakatimizning turli viloyatlarida o‘tkaziladigan xatna to‘yi o‘z tarkibiga mansub udumlari bilan bir-biridan farqlanib turadi. Xorazm vohasida istiqomat qiluvchi aholi orasida xatna to‘yi «maslahat palovi», «ko‘rpa iyma», «bug‘doy artish»,
udumlarni o‘z ichiga oladi. Surxon vohasi «o‘g‘il to‘yi» marosimining tarkibi «ko‘rpa
Andijon viloyatida esa «sunnat to‘yi»ning tarkibida «bug‘doy tozaladi», «eshik tozaladi», «supra yozdi», «o‘tin oshi», «supra soldi», «supra ochdi», «maslahat oshi», «tandir qurdi», «un eladi», «novvoy soldi», «devonai Bahovaddin noni», «qozon qiyshaydi», «so‘qim oshi», «so‘qim yiqilmayapti», «xatmi Qur’on», «sabzi archdi», «ertalabki osh», «ko‘rpa yig‘di», «jiyan tovoq», «lakki», «to‘polon oshi», «to‘qqiz tortdi», «ot chopdi», «osh yedi», 19
«peshdasturxon», «oqsoqol tovoq», «yigit og‘a tovoq», «ot yasatti», «ulush», «bola berkitdi», «qo‘l bog‘ladi», «bog‘landi puli», «chukron», «chukron oshi», «chukron noni», «keskilik», «kulola», «kalish berkitdi», «sovrin haqi», «to‘ylik», «o‘pka urushtirdi», «xo‘roz so‘ydi», «kurash», «bola ko‘rdi», «shavla yedi», «ketar shavla», «mehmon oshi», «usta yo‘qladi», «hormasin» singari udum, marosim, rasm-rusum va odatlar mavjud. Sunnat to‘yida maxsus jarchi tomonidan qishloq-mahalla ahlini to‘yga chorlash udumi «jar» deb atalgan. Chortoq tumanidagi Hadikent qishlog‘ida yashagan Qo‘yvoshboy polvon degan kishining o‘g‘liga qilgan sunnat to‘yiga jarchi shunday deb chaqirgan:
Boysun tumanining To‘da qishlog‘ida uzoq yillar mobaynida jarchilik qilgan Boynazar Mustafoqulovdan yozib olingan ma’lumotga ko‘ra, xatna to‘yidan avval to‘y egalari jarchini mehmonga chaqirib, kichikroq ziyofat berib, sarpo (odatda, chopon) kiygiziladi. To‘ydan bir kun burun jarchi otga minib yurib, qishloqni aylanib chiqadi va quyidagi jar aytimini ijro etib, odamlarni to‘yga chaqiradi: Odamlar-o, odamlar, Bog‘da bitgan bodomlar, Chupron to‘yi chachalab, To‘y qilarlar kechalab, To‘ydan keltirdim xabar, Kelinglar xesh-u tabar! 20
Yer o‘choqlar o‘yildi, Chorqirra qo‘ylar so‘yildi, Ko‘pkarining solimiga, Qo‘shalab qo‘chqor qo‘yildi, Kimning bo‘lsa tulpori, Qolmasin, kelsin bari! Odamlar-u, odamlar, Eshitmadim demanglar. Qani, naqshni olib chiqinglar, «Naqsh» bazmini boshlaymiz, e-he-hey! – deb hammani bazmga chorlagan ovozi boshlab bergan. Download 364.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling