Janrlar tarkibi va badiiyati


Download 364.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana05.01.2022
Hajmi364.52 Kb.
#204374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-Marosim-folklori

Beshik to‘ylari folklori. Odatda beshik to‘yi oiladagi 

birinchi (to‘ng‘ich) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali 

kechadi. Ba’zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan 

bog‘liq holda bu tartib o‘zgarishi ham mumkin.



Sunnat to‘yi folklori. Xalqimizda o‘g‘il bolalarning 

«qo‘lini halollash», ya’ni sunnat qilish marosimining o‘ziga 

xos folklor an’analari mavjud bo‘lgan. «Sunnat» so‘zi aslida 

arabcha bo‘lib, Payg‘ambarimiz bajargan va boshqalarga 

ham tavsiya qilgan amallardir. Bu marosim ko‘pgina joylarda 

«xatna to‘yi» deb ham ataladi. Zero, «xatna» atamasi arab 

tilidagi «kesmoq», «qisqartmoq» ma’nolarini anglatuvchi 

«xatnun» so‘zidan olinganligi uchun o‘g‘il bolalar jinsiy 

a’zosi uch qismi terisini kesish bilan bog‘liq marosim ham 

«xatna to‘yi» deb yuritiladi. 

Bolani xatna qilish an’anasining tarixiy ildizlari ibtidoiy 

jamoa davridagi sinov-initsiatsiya rituallari, xususan, bolalarni 

bir yosh-jins mansubiyatidan boshqasiga o‘tkazish bilan 

bog‘liq qadimgi udumlarga borib taqaladi. Xatna qilish odati 

qadimiy Misr, Indoneziya, Avstraliya, Afrika xalqlarida ham 

kuzatilgan. Sunnat qadimiy Bobilda yashagan somiy xalqlar 

o‘rtasida ham keng tarqalgan. Xatna O‘rta Osiyoda qadimdan 

mavjud bo‘lgan degan taxminlar bo‘lsa-da, biroq u islom dini 

kirib kelgandan (VIII asr)dan so‘ng keng tarqalgan.

18



Bu marosim mamlakatimiz viloyatlarida «xatna to‘yi», 

«sunnat to‘yi», «ummat qilmoq», «huydo-huydo qilmoq», 

«chuk to‘yi», «to‘yi pisar», «chukburon», «gula qildirish», 

«kestirish», «chukron to‘yi», «o‘g‘il to‘yi», «nevara to‘yi», 

«qo‘l halollash to‘yi» kabi nomlar bilan ataladi. 

Mamlakatimizning turli viloyatlarida o‘tkaziladigan xatna 

to‘yi o‘z tarkibiga mansub udumlari bilan bir-biridan farqlanib 

turadi. Xorazm vohasida istiqomat qiluvchi aholi orasida xatna 

to‘yi  «maslahat palovi», «ko‘rpa iyma», «bug‘doy artish», 

«un artish», «idish tayyorlash», «xo‘nayo‘g‘ich yo‘nish», 

«chopon bichish», «po‘ssiq pishirish», «potiya olish», «bola 

gizlash», «qo‘l bog‘lash», «bog‘lov puli olish», «ko‘vish 

gizladi», «suyunchi puli», «usta haqqi», «bola ko‘rdi», 

«emish», «usta yo‘qlov», «hormasin», «pul tutar», «xalta 

to‘ldirar», «pul sanar», «oltin qovoq», «ko‘rpa yig‘ar» kabi 

udumlarni o‘z ichiga oladi.  

Surxon vohasi «o‘g‘il to‘yi» marosimining tarkibi «ko‘rpa 

tikdi», «kichik maslahat» yoki «kichik to‘y», «maslahat 

oshi», «o‘tin oshi» yoki «o‘tin yig‘ar», «qozon qurish», «non 

pishirar», «Bibi mushkul», «kiyit pichar», «xatmi Qur’on», 

«nahor oshi», «bola keldi» yoki «hayyor do‘st», «bola 

kiyintirar», «chanki», «katta to‘y», «qo‘noq berish», «gula 

qilish», «supra qoqdi», «bola ko‘rar», «xizmat oshi», «usta 

yo‘qlandi» kabi uzvlardan tashkil topgan. 

Andijon viloyatida esa «sunnat to‘yi»ning tarkibida 



«bug‘doy tozaladi», «eshik tozaladi», «supra yozdi», «o‘tin 

oshi», «supra soldi», «supra ochdi», «maslahat oshi», 

«tandir qurdi», «un eladi», «novvoy soldi», «devonai 

Bahovaddin noni», «qozon qiyshaydi», «so‘qim oshi», 

«so‘qim yiqilmayapti», «xatmi Qur’on», «sabzi archdi», 

«ertalabki osh», «ko‘rpa yig‘di», «jiyan tovoq», «lakki», 

«to‘polon oshi», «to‘qqiz tortdi», «ot chopdi», «osh yedi», 

19



«peshdasturxon», «oqsoqol tovoq», «yigit og‘a tovoq», 

«ot yasatti», «ulush», «bola berkitdi», «qo‘l bog‘ladi», 

«bog‘landi puli», «chukron», «chukron oshi», «chukron 

noni», «keskilik», «kulola», «kalish berkitdi», «sovrin haqi», 

«to‘ylik», «o‘pka urushtirdi», «xo‘roz so‘ydi», «kurash», 

«bola ko‘rdi», «shavla yedi», «ketar shavla», «mehmon 

oshi», «usta yo‘qladi», «hormasin» singari udum, marosim, 

rasm-rusum va odatlar mavjud. 

Sunnat to‘yida maxsus jarchi tomonidan qishloq-mahalla 

ahlini to‘yga chorlash udumi «jar» deb atalgan. Chortoq 

tumanidagi Hadikent qishlog‘ida yashagan Qo‘yvoshboy 

polvon degan kishining o‘g‘liga qilgan sunnat to‘yiga jarchi 

shunday deb chaqirgan:

   

Qo‘yvoshboyning oshi bor, 

   

Oltmish qo‘yning boshi bor

   

Bola-chaqang ola bor, 

   

Qil jo‘rjinni sola bor.

Boysun tumanining To‘da qishlog‘ida uzoq yillar 

mobaynida jarchilik qilgan Boynazar Mustafoqulovdan yozib 

olingan ma’lumotga ko‘ra, xatna to‘yidan avval to‘y egalari 

jarchini mehmonga chaqirib, kichikroq ziyofat berib, sarpo 

(odatda, chopon) kiygiziladi. To‘ydan bir kun burun jarchi 

otga minib yurib, qishloqni aylanib chiqadi va quyidagi jar 

aytimini ijro etib, odamlarni to‘yga chaqiradi:



   

Odamlar-o, odamlar, 

   

Bog‘da bitgan bodomlar, 

   

Chupron to‘yi chachalab, 

   

To‘y qilarlar kechalab

   

To‘ydan keltirdim xabar, 

   

Kelinglar xesh-u tabar!

20



   

Yer o‘choqlar o‘yildi, 

   

Chorqirra qo‘ylar so‘yildi, 

   

Ko‘pkarining solimiga, 

   

Qo‘shalab qo‘chqor qo‘yildi, 

   

Kimning bo‘lsa tulpori, 

   

Qolmasin, kelsin bari!

   

Odamlar-u, odamlar, 

   

Eshitmadim demanglar.

   

Qani, naqshni olib chiqinglar, 

   

«Naqsh» bazmini boshlaymiz, e-he-hey! 

– deb hammani bazmga chorlagan ovozi boshlab bergan. 




Download 364.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling