Janrlar tarkibi va badiiyati


Download 364.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana05.01.2022
Hajmi364.52 Kb.
#204374
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-Marosim-folklori

keldik» – deyishar ekan. Surxondaryo viloyatida sovchilar 

qizning uyiga borganda «qullikka keldik», «eshik yoki hovli 



supurishga keldik», «qarindosh bo‘lish uchun keldik», «bir 

farzandingizning qo‘lini so‘rab keldik», «bir bolangizni 

bizlarga farzandlikka berarsiz deb keldik», «bir farzandimiz 

ikkita bo‘lsin deb keldik», deya gap boshlashar ekan.

Xalqimizning bevosita nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadigan kunda 

o‘tkazilgan turli-tuman udum va marosimlari ham mavjudki, 

ularning aksariyati o‘ziga xos qo‘shiqlari, aytim va olqishlari 

bilan alohida ajralib turadi. Kuyov kelinnikiga kelganida 

chimildiq tutilgan va kuyov bilan uning jo‘ralari chimildiqli 

uyga olib kirilgan. Kuyov odob saqlab o‘tirmay turganida 

kelinning otasi bilan onasi: «O‘tiring kuyov, o‘tiring, 



davlatimizning sherigisiz, qizimizni sizga topshir dik, sizni 

Xudoga», – deyishgach, kuyov o‘tirgan. «Kuyov o‘tirsin» 

udumiga ko‘ra, kelinni olib ketish uchun kelgan kuyov yigit 

qaynonasining uyida chimildiqqa kirganida odob va hurmat 

yuzasidan o‘tirmasdan tikka turaveradi. Shunda kuyovning 

qaynonasi kirib kelib:

  

 

23



   

Ikki tog‘ning orasidan, 

   

Oy chiqadi lovullab, 

   

Kuyov to‘ra kirib kelar, 

   

Sepichlari yalpillab.

   

O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.

   

Kuyov to‘ra o‘tirmasa, 

   

Uylarni berdim, 

   

Qoziqda kishnagan, 

   

Duldulni berdim.

   

Qafasda sayragan, 

   

Bulbulni berdim, 

   

O‘tirsinlar, kuyov to‘ra.

   

Kuyov-kuyov deydilar

   

Mulla kuyov deydilar, 

   

Qaynotasi bilan qaynonasi

   

Eshigidan borganda

   

Xush kelibsiz, deydilar, 

   

O‘tirsinlar, kuyov, o‘tirsinlar, 

– deydi. Shundan keyin kuyov o‘ziga belgilangan joyda 

o‘tiradi.

Kuyovnikiga kelgan kelin uyga kirganidan keyin 

chimildiqning ichidagi to‘shak ustiga o‘tirmay tikka turadi. 

Shunda kuyovning onasi yoki buvisi kelinni o‘tirishga taklif 

qilib qo‘shiq aytadi. «Kelin o‘tirsin» nomli bu an’anaviy 

xalq qo‘shig‘i buxoroliklar orasida keng tarqalgan bo‘lib, 

«kelin tushdi» udumining qadimiy uzvlari sirasiga kiradi. Bu 

qo‘shiqda qaynona o‘z keliniga uyning to‘rini, ro‘zg‘oridagi 

barcha ishlarni, bor davlatini baxsh etganligi ifoda etiladi:

24



   

Oftobi anvarim, xush keldingiz, 

   

Ikki diydam, sarvarim, xush keldingiz, 

   

Siz uchun oy-u kun mushtoqdir, 

   

Jon bolamning qallig‘i, xush keldingiz.

   

Oyim kelin o‘tirsin!

   

Yana kelin o‘tirmasa, uylarni berdim, 

   

Poygakni qo‘yib, to‘rlarni berdim, 

   

Bor-u yo‘q davlatimni berdim

   

Jamiki savlatimni berdim.

   

Oyim kelin o‘tirsin!

   

Kelin oyim yashasinlar, 

   

Taglariga baxmal to‘shasinlar.

   

Kelin oyim bilan o‘g‘limdan bo‘lgan bolalar

   

Ota-onalariga o‘xshasinlar.

   

Oyim kelin o‘tirsin!      

Xalqimiz an’anasiga ko‘ra, nikoh to‘yining ertasi va 

undan keyingi kunlarda o‘tkazilgan bir necha marosimlar 

ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos qo‘shiqlari, ya’ni verbal 

komponenti bilan alohida ajralib turgan. To‘yning ertasi kuni 

kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan 

marosim «bet ochar» deyilgan. Surxon vohasi aholisi 

udumiga ko‘ra, «bet ochar» rasmi nikoh to‘yining ertasi kuni 

bajariladi Bunda kayvonilar bir yosh o‘g‘il bolaning qo‘liga 

o‘qlov yoki mevali daraxt shoxidan sindirib olingan novdani 

tutqazadilar. Ana shu o‘qlovning uchiga oq paxta o‘raladi. 

Yosh bola qo‘lidagi o‘qlov bilan kelinning boshiga solingan 

maxsus yoping‘ich-ro‘molni ko‘tarib, yuzini ochadi. Shundan 

keyin o‘sha o‘qlov kelin betini ochgan o‘g‘il bolaning o‘ziga 

beriladi. Ba’zi joylarda kichkina o‘g‘il bolaning qo‘liga 

25



mevali daraxtning cho‘pi beriladi va o‘sha cho‘pning uchiga 

paxta yoki doka o‘raladi. Bola shu cho‘p bilan kelinning 

betini ochib yuboradi. 

«Bet ochar» marosimida kayvoni kelinni kuyov tomon 

qarindoshlari hamda qo‘ni-qo‘shnilar huzuriga boshlab keladi 

va «kelin salom» qo‘shiqlarini aytib, hazil-huzul bilan kelinga 

yangi oila a’zolari hamda bu xonadonning yaqin kishilarini 

tanishtiradi. «Kelin salom»da nomi aytilgan kishilar kelinga 

ko‘rmana beradilar. Oltinsoy tumanidagi Xo‘jaipok jamoa 

xo‘jaligidagi Oxun qishlog‘ida yashovchi 63 yashar Toshxol 

Jo‘rayevaning aytishicha, ijrochi bundan zavqlanib ketib 

shunday deydi:



Oq bulutning ostidan, 

Oyday kelin kelibdi.

Ko‘k bulutning ostidan

Kunday kelin kelibdi.

Kelingiz og‘a-inilar, 

Kelin betin ochadi, 

Ko‘rmanani berganlar, 

Tanga-tilla sochadi.

Shundan keyin isiriqqa tuz, qalampir qo‘shib tutadilar 

va isiriqni kelinning atrofidan aylantirib: «Baniyati shifosini 

bersin, senday kelinning insof – topig‘ini bersin», – deyiladi.

«Yuz ochdi» marosimida esa mevali daraxt (ko‘pincha 

behi) novdasi bilan bir yosh bola kelinning yuzidagi ro‘molini 

ochgach, kayvoni yoki yangalardan biri «kelin salom» aytadi. 

Bu  qo‘shiqlar  qofiyadosh  so‘zlar,  kulgili  hazil-mutoyiba, 

qiziqarli misralarga boyligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Ijro 

jarayonida kelin sukut saqlagani holda salom qaratilayotgan 

kishiga egilib, ta’zim bajo keltiradi. Odatda, «kelin salom» 

26



ijrosi, dastlab, Xudoga, payg‘ambarlarga, aziz-avliyolarga, 

muqaddas joylarga hurmat bajo keltirish bilan boshlanib, 

so‘ngra kuyovning bobosi va buvisi, ota-onasi, aka-ukalari, 

opa-singillari, eng yaqin qarindoshlari, qo‘shnilari, kelinning 

ovsinlari, to‘yda xizmat qilgan kishilar – nonvoy, oshpaz, 

jarchi va boshqalarga ham bag‘ishlanadi. Yengil yumor bilan 

yo‘g‘rilgan bu qo‘shiqdagi hazil-mutoyibalar hech kimning 

ko‘ngliga tegmaydi.



O‘ho‘ - o‘ho‘ yo‘talgan, 

Obdastasin ko‘targan, 

Qaynotasiga salom.

Oq soqichday eshilgan, 

Mahallaga kerilgan, 

Qaynonasiga salom.

G‘o‘zadagi pechakday, 

Qayrilmachoq gajakday, 

Qaynonasiga salom.

O‘zbek folklorining qadimiy janrlaridan biri hisoblangan 

«kelin salom» qo‘shiqlarida kuyovning ota-onasi, 

qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hurmati, izzat-ikromi o‘z 

badiiy ifodasini topgan.


Download 364.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling