Janubi G‘arbiy va Janubiy Osiyo davlatlari Tojimahammadova Ruhshona
Download 4.96 Kb.
|
Tojimahammadova Ruhshona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Osiyo davlatlari
- Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi.
Janubi G‘arbiy va Janubiy Osiyo davlatlariTojimahammadova RuhshonaReja:2 3 Janubi-g‘arbiy va janubiy osiyo davlatlari 1 Janubi-g‘arbiy Osiyo Janubiy Osiyo davlatlari Osiyo jahondagi eng yirik qit’a hisoblanib, uning maydoni 43,4 mln km2 (jahon quruqlik yuzasining 29,2 %)ni, aholisi soni esa 4,4 mlrd kishiga yaqin (jahon aholisining 59,5% ni tashkil etadi).Zamonaviy Osiyo siyosiy xaritasida 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning 13 tasi monarxiya boshqaruv shakliga, 7 tasi federativ ma’muriy hududiy tuzilishga ega.Ularni ajratishda tarixiy, etnik, diniy omillar bilan bir qatorda, tabiiy belgilarga ham e’tibor qaratilgan.Qit’a hududi 5 ta subregionga – 1.Janubi-g‘arbiy, 2.Janubiy, 3.Sharqiy, 4.Janubi-sharqiy va 5.Markaziy Osiyoga ajratiladiJanubi-g‘arbiy Osiyo. Aholi soniga ko‘ra Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Saudiya Arabistoni davlatlari yetakchilik qiladi. Umumiy aholining 60% qishloqlarda istiqomat qiladi.Subregionda, asosan, neft (Fors ko‘rfazi davlatlari, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston) mashinasozlik (Turkiya, Eron, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston), metallurgiya (Turkiya, Eron, BAA) va kimyo sanoatlari (Eron, Turkiya, Ozarbayjon) rivojlanmoqda.Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i dehqonchilik hisoblanadi. Asosan, sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, iste’mol uchun bug‘doy, makajo‘xori, arpa yetishtiriladi.O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida sabzavotchilik, mevachilik, uzumchilik rivojlangan bo‘lib, ular bilan bir qatorda zaytun yetishtirish katta o‘rin egallaydi va aynan mazkur dehqonchilik turi bo‘yicha mintaqa jahonda yetakchilik qiladi.Janubiy Osiyo davlatlariJanubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln km² ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog‘ tizmasi va Qoraqurum o‘rab turadi. Shimoli-sharqda u o‘rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma tog‘lari, shimoli-g‘arbda esa Hindukush va Eron tog‘liklari orqali chegaralanadi.Himolay tog‘ tizmasi Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo‘lib, yil davomida ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan ajralib turadi.Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi.Suv resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Hind, Gang, Brahmaputra eng yirik daryolari hisoblanadi.Gang daryosi Janubiy Osiyoda 1 mln dan ortiq 33 ta etnos istiqomat qilib, mintaqa aholisining 98% ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosan, induizm (Hindiston, Nepal), islom (Pokiston, Bangladesh, Maldiv), buddizm (Butan, Shri-Lanka) dinlari tarqalgan.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan.Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Download 4.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling