Janubiy Afrika ozodlik yo'li. Nelson Mandela. Reja: Kirish. I bob. Janubiy Afrika Respublikasi
II BOB. Janubiy Afrika ozodlik harakatlari
Download 469.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi. Kurs ishi.
II BOB. Janubiy Afrika ozodlik harakatlari.
2.1. Janubiy Afrika Respublikasida ozodlik harakatining boshlanishi Afrika kit'asida mustamlaka XU asr oxiridan boshlandi. Bu davrda kelgindi yevropaliklar bilan maxalliy axoli orasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. XU1 asr boshlaridan avj olgan pul savdosi Afrika xalklarining tarixiy tarakkiyotini tuxtatibgina kolmay, balki bir necha asrlarga orkaga tashlagan. Avval portugaliyaliklar, keyin ingliz, golland va fransuz mustamlakachilari kit'ani ochikdan-ochik talaganlar, barcha boyliklarni yuk kilganlar, ogir soliklar solganlar va minglab kishilarni zurlab olib ketib kul kilib sotganlar. Vaxshiy kuldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib ketilgan kishilarning soni 100 milliondan ortik bulgan. Kit'adagi ozodlik uchun urushlar, ichki ziddiyat va kurashlar xam minglab Afrikaliklarni yostigini kuritgan va kadimiy davlatlarning inkirozini kuchaytirgan. Mazkur vokealar axolining madaniy jixatdan Yevropadan orkada kolishining asosiy sababidir. X1X asr urtalarida kul savdosi tugatilib, ullar ozod deb e'lon kilingan edi. Ammo usha davrdan boshlab boskinchi yirik davlatlar Afrikani kaytadan bulib olishga kirishdilar. Kit'a Angliya, Fransiya va Germaniya urtasida talashib buysundirilgan, Kongoni Belgiya egallagan. Birinchi jaxon urushida Germaniya maglubiyatga uchragandan keyin uning mustamlaka kismini golib chikkan Angliya va Fransiya uzaro bulib olishgan. XX asr boshlarida tropik Afrikaning 90,4 % i mustamlaka kilingan edi. Uzok davom etgan ozodlik kurashi natijasida kit'aning kupchilik kismida mustakil va ozod davlatlar karor topdi 22 . Afrika kit'asining etnik tuzilishini kuyidagi tarixiy etnografik viloyatlarga bulib urganish mumkin: Shimoliy Afrika xalklari. Garbiy va Markaziy Afrika xalklari. Sharkiy va Janubiy Afrika xalklari. 22 O`zbеkiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar. Ular keng xududda joylashgan bulib, umumiy birlika ega bulgan regionlar xisoblanadi. Butun kit'a axolisining tabiiy sharoiti etnik kiyofasi tarixiy takdiri va ijtimoiy-iktisodiy darajasi jixatidan yukoridagi tarixiy etnografik viloyatlarga bulib urganamiz. Nelson Rolihlahla Mandela (18 iyul, 1918 yilda tugʻilgan, Kunu, Umtata yaqinida)/ 2013.5.12 — 10 may 1994 yildan 1999 yilgacha — JAR prezidenti, aparteid ning mavjud boʻlgan davridan boshlab inson huquqlari uchun kurash olib borgan eng mashhur aktivistlardan biri, shu sababli u 28 yil qamoqda oʻtirgan, 1993 yil dunyo Nobel mukofoti sovrindori. Talabalik davrida turli namoyishlarda qatnashgan, keyinchalik Yohannesburgda muharrir boʻlib ishlagan va Vitvatersran Universitetiga oʻqishga kirgan. 1944 yil Afrika Milliy Kongresi yoshlar ligasini yaratishda qatnashgan. Keyinchalik, kurashning kuchayib borish tufayli, «M reja» deb nomlanuvchi reja ishlab chiqadi, unga koʻra AMK yacheykalari yashirinishgan. 1952 yil Mandela oʻz oʻrtogʻi Oliver Tambo bilan birgalikda qoratanlilarni boshqaruvchi birinchi qonuniy firmani tashkil etishadi. 1961 yilda AMK radikal qanotni boshqaradi, «Umkxonto ve sizve», davlatga qarshi siyosiy sabotaj boshlaydi. 1968 yil noyabrda Mandela qamoqqa olinadi va Robben Aylend qamoqhonasida butun umrga ozodlikdan mahrum etiladi. 1948 yil sekretar va AMKda ikki marta prezident boʻlgan(1950 va 1991 yillarda). 50 dan ortiq halqaro Universitetlar aʼzosi. 1990 yil 18 fevralda Mandela qamoq jazosidan ozod etiladi, 11 fevralda yarashish va qurolli qarshilik koʻrsatish toʻhtatilishi haqida eʼlon qiladi. 1999 yil JAR prezidentlik lavozimidan ketgach, VICh va OITS muammolariga katta eʼtibor bera boshlaydi. Ekspertlar fikriga koʻra JAR da hozirgi kunda OITS bilan kasallanganlar besh millionni tashkil etadi, bu koʻrsatkich boshqa barcha davlatlardan koʻp 23 . Mandelaning katta oʻgʻli Makgaxo Mandela OITSdan vafot etgach, Nelson Mandela dunyoni ushbu kasallikka qarshi kurash olib borishga daʼvat etadi. 23 Доклад МГИМО. Южной Африка. Стр1-2. Janubiy Afrika Respublikasining sobiq rahbari, irqchilikka qarshi kurashib, global qahramonga aylangan Nelson Mandela 95 yoshida vatanida vafot etdi. Dunyo uni xotirlamoqda. "Insoniyat eng matonatli, vijdonli va mas'uliyatli vakillaridan biridan ayrildi. U endi abadiyat tomon yo'l oldi",- dedi Barak Obama, AQSh rahbari, Oq uydan turib xalqqa murojaat qilar ekan. "Odam borki, teng yaralgan. Irq, rang, jins, elat, din - bular insonni ajratmaydi, bir-birini kamsitish uchun asos emas, balki jamiyatlarni birlashtiradigan, tinch-totuv yashashi uchun zamin yaratadigan omillar deya ishongan u",- deydi prezident. "Balki Nelson Mandela kabi noyob shaxs boshqa bo'lmas. Shu bois ham ular qoldirgan ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy merosni asrab-avaylashimiz, undan saboq olishimiz kerak" 24 . Dunyoning boshqa mamlakatlari kabi AQShda ham Nelson Mandela qahramon sifatida tilga olinadi. Lekin Amerika rahbarlarining bu buyuk arbobga munosabati turli davrlarda turlicha bo’lgan. Sovuq urushi paytida u kommunist, ya’ni Amerika dushmani deb sanalgan bo’lsa, keyinchalik aparteidga qarshi kurashchi, jasorat timsoliga aylangan. 1962-yilda AQSh prezidenti Jon Kennedi Afrikada yangi mustaqil davlatlar vujudga kelganini olqishlaydi: “Bu biz uchun notanish qit’a, chunki shu paytgacha u yerda Yevropa hukmronlik qilgan. Endi esa biz Afrika bilan aloqa o’rnatmoqchimiz. Manfaatlarimiz mutlaqo beg’araz. Tijorat sohasida munosabatlar bo’lmagan, ekspluatatsiya qilmaganmiz. BMTning Afrikaga oid siyosatini qo’llab-quvvatlab kelganmiz. Biz qit’aning mustaqil bo’lishi tarafdorimiz”. Kennedi Jazoir, Gana va Gvineya rahbarlari bilan hamkorlik qilgan bo’lsa-da, lekin Mandela yetakchiligidagi Afrika Milliy Kongressiga e’tibor bermagan Oq tanlilar hukmron Janubiy Afrika Vashingtonning Sovuq urush davridagi eng yirik savdo hamkorlaridan bo’lgan. AQSh undan uran sotib olgan, u yerda o’z floti va to’rtta raketani aniqlash stansiyasini joylashtirgan. Mamlakat ozod etilsa, kommunistlar 24 Поминалная статя о Нелсоне Манделы. Вашингтон. Срт-11-12-13 hokimiyatga kelishidan cho’chigan Vashington aparteid rejimiga qarshi sanksiyalar kiritilishiga qarshi chiqqan. Prezident Lindon Jonson davrida ham kommunistlarga qarshi siyosat davom etgan. Nikson va Ford ma’muriyatlari ham oq tanlilar hukumatini qo’llab-quvvatlagan, ayniqsa, Mandela Kubaning inqilobchi rahbari Fidel Kastro bilan hamkorlikni boshlaganidan keyin. 1975-yilda 30 ming Kuba askari Angolaga kiritilgan va Janubiy Afrika qo’shinlariga qarshi kurashgan. “Janubiy Afrika qo’shinlari Angolani bosib olganida kubaliklar chetdan qarab tura olmaydi”, - degan edi o’shanda Fidel Kastro. 1978-yil AQShda Jimmi Karter prezidentligi davrida Davlat kotibi Sayrus Vans BMTning Janubiy Afrika bo'yicha delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. O’shanda Janubiy Afrika hozirgi Namibiya hududini bosib olgan edi. Karter ma’muriyati bu davlatga nisbatan qurol-yarog’ embargosini joriy etsa-da, iqtisodiy sanksiyalar qo’llanishiga rozi bo'lmagan. Karter Janubiy Afrika bilan muzokara qilinadi, bu mamlakat mineral ishlab chiqarishda erkin dunyo uchun strategik ahamiyatga ega deya qayd etgan. Yozuvchi Jon Arkila keyingi prezident, Ronald Reygan tashqi siyosati haqida shunday deydi: “Sovuq urush avjiga chiqqanida Janubiy Afrika vanadiy va boshqa minerallar, ya’ni eng muhim strategik boyliklar olinadigan joyga aylandi. Davlatning avtoritar irqchi hukumati fursatdan foydalanib, bu boyliklar savdosini yo’lga qo’ydi. Biz sotib oldik, chunki dushmanimiz Sovet Ittifoqi bunday boyliklarga ega edi”, - deydi Arkila. AQShda amaldagi siyosatdan norozi talabalar aparteidga qarshi namoyishlarga zo'r berdi. Natijada Kongress prezident Reyganning iqtisodiy sanksiyalarga qarshi qarorini bekor qildi. Kongress a’zosi Luis Stoks Janubiy Afrika elchixonasi oldida bo’lgan namoyishlarni shunday eslaydi: “Hech qanday jinoyat sodir etmagan Nelson Mandela xalqi uchun kurashgani sababli qariyb 28 yil qamoqda o’tirgan ekan, biz Janubiy Afrikadagi aparteid rejimining adolatsiz siyosatiga qarshilik tariqasida va bu muammoga e’tibor qaratish maqsadida bir kunni qamoqda o’tkazsak arziydi”, - deydi Stoks. Nelson Mandela va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, 6-avgust, 2012-yil. Nelson Mandela va AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton, 6-avgust, 2012-yil. 1990-yilda Mandela qamoqdan ozod etildi. AQShning o'sha damdagi prezidenti Jorj Bush yangi siyosiy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlab, Janubiy Afrika bilan aloqani mustahkamlay boshladi. “Mandelaning ozod etilishi nihoyatda ijobiy hodisa. Qilinadigan ishlar hali ko’p, lekin u bizning quvvatlovimiz va minnatdorchiligimizga sazovor”, - degan edi Jorj Bush. 1994-yilda Mandela Janubiy Afrika xalqi tomonidan birinchi qora tanli prezident etib saylandi. Prezident Bill Klinton uni qahramon deb atadi. “Uzoq vaqt davomida Nelson Mandela erkinlik timsoli bo’lib keldi. Aparteid uning ovozini o’chira olmadi. U ozodlikka chiqqanida Janubiy Afrikada adolat uchun kurashgan barcha amerikaliklar xursand bo’ldi”, - dedi u. Bush Mandelani Oq Uyga taklif qildi, jasorat siymosi deb atadi. Ammo Mandela hamon AQShning terrorchilar ro’yxatida bo’lgani bois Kongress uning mamlakatga kirishi uchun maxsus ruxsatnoma berishi kerak edi. Kongress a’zosi Barbara Li har ikki partiya bu masalani birgalikda tezkorlik bilan hal qilganini aytadi “Bu masalada Davlat kotibi, respublikachilar va demokratlar, ya’ni hammamiz Afrika Milliy Kongressi va Nelson Mandelaga nisbatan dahshatli siyosatni tugatish maqsadida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qildik”, - deydi u. Prezident Barak Obama Nelson Mandelaning xalq oldidagi xizmatlarini yuqori baholab, “talaba bo’lamizmi, sotuvchi yoki dehqon, vazir yo prezident, u butun insoniyat uchun o’rnak bo’lib qoladi”, deydi. Nelson Mandela dunyodagi eng obro‘li davlat arboblaridan biri edi. U Janubiy Afrikadagi aparteid tuzumini mavh qilish va turfa irqlilik asosida demokratik davlat qurish uchun kurashdi. 27 yil zindonband etilgan Mandela janoblari alal-oqibat mamlakatning ilk qora tanli prezidenti bo‘ldi. Asosan ikki irq o‘rtasidagi ziddiyatning boshqa jabhalarini bartaraf etish va tinchlik o‘rnatish uchun kurashdi 25 . Download 469.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling