O’rta asrlar tarixi kursi quyidagi uchta katta davrga bo’lib o’rganiladi


Download 26.66 Kb.
Sana05.11.2023
Hajmi26.66 Kb.
#1749399
Bog'liq
№1 O’rta asrlar tarixi kursining predmeti, manbalari va o’rganish ahamiyati


«O’rta asrlar» degan termin deyarli yangi termindir. Bu terminni XVI-XVII asrlarda utgan gumanist-tarixchilar kiritgan bulib, ular xam buni uz navbatida gumanist-filologlardan olganlar. Gumanist-filologlar lotin tilini kadimgi, urta va yangi (Renessans yeki Uygonish davri – yangi davr deb atalgan) til deb, uchga bulganlar. Bu terminologiya XVIII asrda uzil kesil karor topdi.

Urta asrlar tarixining predmeti jaxon xalklari tarixidagi kuldorlik tuzumini xamda feodalizm davrini urganishdir. Urta asr Yevropasi tarixi Rim kuldorlik imperiyasining kulashidan boshlanadi. Bu imperiya ichki karama-karshiliklar natijasida, ya’ni kuldorlik xujaligining krizisi, sinfiy kurashning goyat keskinlashib ketganligi, Italiyaning zaiflashib ketganligi xamda iktisodiy va siyosiy aloqalarning uzilib ketganligi natijasida, shuningdek tashki sharoitlar natijasida – varvarlarning ommaviy xujum kilishi natijasida kuladi. Varvarlar imperiyani bosib olib uning xududida bir necha kirolliklar tuzadi. Bu kirolliklar Yevropada keyinchalik vujudga kelgan milliy davlatlarning kurtagi buladi. Urta asrlar tarixini urganishdan maksad shuki, urta asrlar tarixi kuldorlik tuzumining yemirilish sababalari va feodal ishlab chikarish usuli xukmron bulgan davr ekanligini kursatishdir. Bu maksadga erishmok uchun kuyidagi vazifani xal etmok lozim. Urta asrlar tarixi ming yildan ortikrok davr tarixi ekanligini anglamok, bu davrda Garbiy va Sharkiy Yevropa, xamda Osiyo va shimoliy Afrika xalklari xam ularning ijtimoiy tarakkiyetlarida aloxida bir boskichni – feodalizmni boshlaridan kechirganliklarini kursatmok lozim. Feodalizm tuzumining karor topishi, uning gullashi va nixoyat chirib, tushkunlikka yuz tutishi urta asrlar tarixining ijtitmoiy-siyosiy mazmunini tashkil etganligini, urta asrlardagi jamiyatning butun xayoti feodal ishlab chikarish usuliga asoslanganligini kursatmokdir.


O’rta asrlar tarixi kursi quyidagi uchta katta davrga bo’lib o’rganiladi:
1. Ilk o’rta asrlar (V — XI asrlar). Bu davrda feodal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum tashkil topdi.
2. Feodal munosabatlarning rivojlangan (XI —XV asrlar) davri. Bu davrda feodal ishlab chiqarishi, madaniyat, san’at sohasida jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi.
3. Feodalizmning so’nggi davri (XVI asr — XVII asrning birinchi yarmi). Bu davr feodal munosabatlarning yemirilishi va feodalizm zaminida kapitalizm elementlarining paydo bo’la boshlashi bilan xarakterlanadi.
O’rta asrlar tarixining xronologik chegarasi keng va murakkabdir.
Chunki feodal tuzum jahondagi davlatlarning ayrimlarida III asrda, ba’zilarida esa VII asrda boshlandi.

O’rta asrlar tarixiga oid manbalar, ma’lumotlarni qayd etish usullariga qarab, beshta turga bo’linadi. Ular quyidagilar.


1. Tabiiy-geografik manbalar. Ular orqali atrof-muxit, ekologiyaning o’simliklar va inson faoliyati ta’siriga uchragan yoki aniq geografik xususiyatlarini ifodalaydigan jixatlari o’rganiladi.
2. Etnografik manbalar. Ular qatoriga bizga qadar saqlanib qolgan an’anaviy texnologiyalar, uy-joylar, kiyim-kechaklar, taomlar, idishlar yoki ular haqidagi yozma ma’lumotlar kiradi. Folklor, lingvistikaga oid ma’lumotlarni taxlil etish ham ma’lum ahamiyatga molik.
3. Moddiy manbalar. Ularga asosan o’rta asrlardan saqlanib qolgan saroylar, ibodatxonalar, qasrlar, qal’alar yoki ularning qoldiqlari kiradi. Bundan tashqari arxeologik qazishmalardan topilgan buyumlar, mehnat va jang qurollari, transport vositalari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, uy-ro’zg’or buyumlari va h.k.lar ham moddiy manbalar hisoblanadi.
4. Badiiy-tasviriy ashyolar sirasiga o’z davrining badiiy asarlari, me’morchilik inshootlari bezaklari, rasmlar, xaykallar va amaliy san’at buyumlari kiradi.
5. Yozma manbalar: yilnomalar, solnomalar, turli matnlar, yozma hujjatlar, hisobotlar, yozishmalar va h.k.lar.

O’rta asrlar yozma manbalari uchta guruhga bo’linadi:


1) Qissalar - mavjud yoki xayoliy hayot eng mayda jixatlari bilan erkin usulda tasvirlangan yozma ashyolar;
2) Xujjatlar - ma’lum ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy voqyealar yoki ularning muxim jixatlari maxsus qoidalar asosida bitilgan rasmiy qog’ozlar;
3) Qonunlarga oid manbalar o’z turi bo’yicha huquqshunoslikka mansub bo’lsa-da, ulardan mazkur jamiyat tarixini yoritish uchun emas, aksincha, qonun chiqaruvchi hukmdorlarning ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish, vaziyatni tartibga solishga qaratilgan xarakatlarini tavsiflashda foydalaniladi.
Ilk o’rta asrlarga (V -XI asrlar) oid manbalar. Ushbu davrning asosiy xususiyati, antik dunyo va varvarlikdan yangi, yer egaligi munosabatlariga asoslangan jamiyatga o’tilishidir. Ilk o’rta asrlar (V-XI asrlar) ozmi-ko’pmi yozma manbalarda xam o’z aksini topgan. Bu davrda davlat tuzumi, tashkilotlari nisbatan sodda ko’rinishda bo’lgan, mamlakatlar va xatto bir mamlakatdagi viloyatlar orasida savdo va iqtisodiy munosobatlar sust rivojlangan, Osiyodan tashqari barcha qit’alarda natural xo’jalik hukm surgan, savodxonlik darajasi past bo’lib, madaniyatda dinning ta’siri kuchli bo’lgan. Yevropaning g’arbiy va janubiy hududlari aholisi ilk o’rta asrlardagi yangi sharoitlarga tobora moslasha borayotgan bo’lsa-da, ularning ko’pchiligi Rim qonunlari bo’yicha yashaganlar. Vizantiya imperatori Yustinian I ning farmoni bilan Rim qonunlari VI asrda to’latilib, tartibga keltiriladi. O’z davrining taniqli huquqshunoslari Dikesta, Pandektalar II-VI asrlardagi Rim qonunlarini izoh-ilovalar bilan to’ldirib, novellalar - “Yangi qonunlar”ni to’plashgan, u keyinchalik “Yustinian qonunlari” nomini oladi. Ayni paytda, huquqshunoslik bo’yicha maxsus qo’llanma “Institusiya” ham yoziladi.
Bularning barchasi keyinchalik, XII asrdan “Yuris sivilis korpus” (“Fuqarolik qonunlari to’plami”) deb atala boshlanadi. Ushbu davrda cherkov qonunchiligining eng muxim hujjatlarini o’z ichiga olgan “Yuris kanonisis korpus” (“Kanonik qonunlari to’plami”) yaratilib, unda cherkov masalalaridan tashqari, dindorlarning kundalik hayotlariga oid ko’plab muammolarni hal etish yo’llari ko’rsatilgan. Qadimgi Rim qonunlari, Yustinian davrining qonunchilikka oid asarlari, “Novellalar”, shuningdek, “Fuqarolik qonunlari to’plami" VI asr tarixiga oid qimmatli yozma manbalardir. Bu qonunlar keyinchalik Vizantiyada bir necha bor qayta ishlanib, (jumladan, 726-yili “Eplog”, 886-912-y. - “Vasiyliklar”) to’plamlari ilk o’rta asrlar qonunshunosligining asosi bo’lib xizmat qilgan. G’arbiy Yevropaga XI-XII asrlarda, ya’ni pul-tovar munosabatining yuksalishi, qirollar hokimiyatining kuchayib borishiga qadar, Yustinian qonunlari deyarli tanish bo’lmagan. Unga qadar huquqshunoslar Yustiniandan bir asr avval imperator Feodosiy II (438) davrida yaratilgan Rim qonunlari to’plamidan foydalanib kelishgan. Varvarlik kirolliklarida, uning asosida, VI asrning boshlarida romanlashgan aholi uchun maxsus Rim qonunlari bitilgan. Romanlashgan mamlakatlar va hududlar aholisi keyinchalik xam Rim qonunlari bo’yicha yashagan. Ilk o’rta asrlar yozuvchilari asarlari o’z davri maorifi va madaniyati tarixidan muxim ma’lumotlar beradi. Tabiiy, bu, borada qo’lyozmalar sifati, ulardagi ma’lumotlarga tanqidiy yondashish lozim. Sababi, ko’pgina antik mualliflar asarlari bizgacha ayni ilk o’rta asrlar Vizantiya va G’arbiy Yevropa tarixchilari tomonidan ko’chirilgan nusxalar shaklida yetib kelgan. Ilk o’rta asrlar badiiy adabiyotiga xam ayni shu nuqtai nazardan yondashish ma’qul, ularning aksari taqlid tarzida yozilgan. Ulardan saroy hayoti, xarbiy, ijtimoiy-siyosiy, ba’zida xo’jalik xayotiga oid kuplab ma’lumotlarni olish mumkin. Xalq adabiyotiga o’z davrining folklori, qaxramonlik qissalari va qo’shiqlari bilan uzviy bog’liklik xususiyatlidir. Nemislarning “Xildebrant haqida qo’shiq”, inglizlarning “Beovulf” qissalari IX-X asrlarda bitilgan nushalarda, fransiyaliklarning “Roland xakida qo’shiq”, islandlarning qissalari XI-XIII asrlardagi qo’lyozmalar tarzida saqlangan. Kanday bulmasin, bu ilk urta asrlar kissalari jamiyatning rang-barang jonli xayotini tasvirlab. turli masalalar yechimini topishda kimmatli, ba’zida yagona manbalardir.

XI-XV asrlar tarixiga oid manbalar. Yangi davrning boshlangani ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti, shaxarlarning yuksalishi, markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi, yer egaligiga asoslangan jamiyat va madaniyat taraqqiyoti manbalar mazmunida ham namoyon bo’ladi. Ular faqat son jixatidan yuksalibgina qolmasdan, turlari ko’payib, murakkablashib boradi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, pul-tovar munosabatlarining taraqqiyoti, shartnoma va oldi-sotdi ishlarini huquqiy jixatdan rasmiylashtirish, boshqaruv ma’muriyatini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish extiyojlari rasmiy ish yuritish va uni hujjatlashtirishga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Diplomatik munosabatlarga oid hujjatlar ko’payib, rasmiy va xususiy turlarga bo’linadi. Rasmiy hujjatlar sirasiga imperatorlar, qirollar, zodagonlar, erkin shahar kommunalari va senoriyalar, shuningdek diniy boshqarmalar boshliqlari - Rim papalari, patriarxlar va yepiskoplar yorliqlari va hujjatlari kiradi. Muxrlangan yorliqlar ayrim xollarda xujjatning nomiga aylangan. Jumladan, Vizantiyada imperatorlar taqdimlari oltin muxrli yorliqlar tarzida bo’lib, xrisovul (oltin muxrli so’z) nomini olgan. Papa devonida qo’rg’oshin muxr - bulla ishlatilgani sababli, “apostollik murojaatlari” bullalar nomini olgan. Xususiy xujjatlarni imperatorlar, qirollar yoki papalar in’om etgan maqomga ega bo’lib, huquqshunoslikdan maxsus ta’lim olgan notariuslar tuzgan. Ular xar bir hujjatni maxsus bitilgan namuna bo’yicha, qatiy tartibda tayyorlaganlar. O’zaro kelishilgan shartlar buzilganda jabrlangan tomon sudga rasmiy xujjat sifatida ko’rib chiqishi uchun notarius tomondan tasdiqlangan hujjatni topshirgan. Mol-mulkning oldi-sotdisi, qarz majburiyatlari, ijaraga berish, yuklarni manzilga eltish bo’yicha shartnomalar, kemalar ijarasi, tijorat ishlari bo’yicha kelishuvlar, savdo gil’diyalarini tuzish, meros vasiyatlari, in’om, qulga erkinlik berish hujjatlari va h k.lar notarial tasdiqlangan. Bizga bu hujjatlar, ko’chirma nusxa yoinki qisqacha qaydnomalar shaklida yoki shahar arxivlariga topshirilgan nusxalar sifatida yetib kelgan. Bu turdagi xujjatlar ayniksa, Italiya arxivlarida ko’plab saqlanib qolgan. O’rta Yer dengizi xavzasidagi mamlakatlarda notariuslar institut X1I-XV asrlarda shakllangan va keng tarqalgan. O’rta asrlarning epistolyar (yozma) merosi ham yuz minglab, turli xil va mazmundagi rasmiy, diplomatik yozishmalar va maktublardan tortib, badiiy mazmundagi yozishmalargacha bulib, ular xam ma’lum qiymatga egadir. Adabiyotga oid manbalar - risarlar jangnomalari, trubadur va vagantlar she’rlari, xalq qo’shiqlari va qissalardan iborat bo’lib, ular ham o’zining xilma -xilligi bilan ajralib turadi.


Seminar mashg’ulotga talaba mustaqil tayyorlanishda o’tmish haqidagi bilimlarimizning asosiy manbai bo’lmish tarixiy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat berilishi lozim, chunki ular talabalarga tarixiy manbalardagi ma’lumotlarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish malakasini singdiradi. Avvalo, tarixiy manbaga tanqidiy yondashib, uning voqyeani qanchalik darajada to’g’ri aks ettirganini aniqlash zarur. Masalan, Sezarning qadimgi germanlar haqidagi ma’lumoti, keyingi yillarda to’plangan barcha materiallar, xususan arxeologik, etnografik ma’lumotlar bilan tekshirilib aniqlanishi zarur. Talaba Tasitning «Germaniya» asaridan foydalanganda varvarlar patriarxal tuzumini ideallashtiruvchi jihatlarini e’tiborga olishi kerak. Tarixiy manbalarni o’rganishda turli usullardan foydalanish mumkin. Masalan: «Sali haqiqati» matni ustida ishlashda keng ma’nodagi materiallarni solishtirishda bitta manba doirasida ish olib borilsa, «XIII—XIV asrlarda fransuz dehqonlarining ahvoli va Jakeriya» mavzusiga oid hujjatlarni o’rganishda esa turli manbalardagi ma’lumotlarni keng ko’lamda solishtirib tahlil qilish kerak bo’ladi. Talaba har bir tarixiy manbani o’rganishda, uning qachon va qanday sharoitda paydo bo’lganligini e’tiborga olib mustaqil holda manbaga to’g’ri baho bera olishi lozim. Haqiqatdan ham, har bir tarix, shuningdek, o’rta asrlar tarixi ham o’z davri voqeyalarini real aks ettirgan asl manbalar bilan uzviy aloqada bo’lmasa, o’z qiymatini yo’qotadi. Shuning uchun ham tarix yo’nalishlarida tarix fanini o’qitishning eng muhim metodlaridan biri tarixiy manbalar bilan ishlash hisoblanadi.


Fanni mustahkam o’zlashtirish va vaqtni tejash uchun har bir talaba qisqa, lekin mazmunli konspekt daftari tutishi, muhim xronologik sanalar, tarixiy shaxslarning nomlari, terminlar, u yoki bu voqyeaning qayerda va qachon bo’lganligi va hokazolarni yozib borishi lozim.

Miloddan avvalgi I asr o’rtalari va eramizning I asr oxirida german qabilalaridagi xo’jalik tuzumi, ijtimoiy, diniy, oilaviy munosabatlar va boshqarish usulini tavsivlab beradigan tarixiy manbalar bilan tanishib chiqishi kerak. Shu davr ichida germanlarda urug’chilik tuzumining yemirilishi natijasida ularning turmushida muhim o’zgarishlar yuz beradi, dehqonchilik sohasi takomillashadi, boshqarish organlari o’zgaradi. G. Yu. Sezarning «Zapiski o gallskoy voyne» («Galliya urushi haqida xotiralar») va P. K. Tasitning «O proisxojdenii i mestojitelstve germansev» («Germanlarning kelib chiqishi va joylashishi to’g’risida») yoki qisqartirilgan nomi «Germaniya» kabi tarixiy manbalarda bu o’zgarishlar haqida ko’p ma’lumotlar beriladi.


Gay Yuliy Sezar (er, av. 100—44 yy.). Mashhur rim sarkardasi davlat arbobi va yozuvchi. U er. av. I asrning 50-yillarida germanlarning Galliyani istilo qilishida qatnashdi. G. Yu. Sezarning, ayniqsa IV kitobining 1—3 va VI kitobining 21—22-boblari muhim. Biroq shuni aytish kerakki, Sezar german qabilalarining ichki hayoti bilan chuqur tanisha olmagan, shuning uchun ham uning ma’lumotlarini tanqidiy holda tekshirib o’rganish zarur.
Qadimgi rim tarixchisi Publiy Korneliy Tasit (taxminan 54— 120 yy.) asarlarida qadimgi germanlar haqida ancha to’liq va mukammal ma’lumotlar keltirilgan. U Germaniyaga yaqin Belgik viloyatida noib sifatida (89—93 yy.) yashab, rim yozuvchilarining bizgacha yetib kelmagan asarlaridan foydalanadi. Germaniyada bo’lgan savdogarlar va askarlar orqali qadimgi germanlar haqida ma’lumotlar to’playdi va o’zining «Germaniya» nomli etnografik asarini (98 y.) yozadi. Lekin Tasit germanlardagi tartiblarni rim jamiyatidagi tartiblarga qiyoslab yoritadi. U Rimdagi imperator hokimiyatiga qarshi munosabatda bo’lib, german jamiyatining dag’al va sodda axloqini ma’lum darajada ideallashtirib, uni Rimdagi axloqqa qarama-qarshi qo’yadi.
Grek tarixchisi va geografi Strabon (taxminan er. av. 64 — yangi eraning 19-yillarida yashagan) ning «Geografiya» kitobida ham qadimgi germanlar haqida ma’lumotlar mavjud.
Gay Pliniy Starshiyning (taxminan yangi eraning 24—79 yillari) «Yestestvennaya istoriya» («Tabiiy tarix») asarida keltirilgan parchalar ham muhim ahamiyatga ega. Pliniy Starshiy o’z asarida qadimgi germanlarning turmushi haqida ma’lumotlar keltiradi. Pliniy qadimgi german qabilalari asosiy guruhining joylanishi, ularning turmush sharoiti, mashg’ulotlari, yerni o’g’itlash usullarini xarakterlab yozadi. Lekin qadimgi yozuvchilar german jamoasidagi tartiblar bilan yetarli darajada chuqur tanish bo’lmaganliklari, ularda qisman jamoa mulk egaligi va yerni birgalikda ishlash tartiblari mavjud bo’lganligi tufayli varvarlarni «yovvoyi»lar va juda urushqoq xalq qilib tasvirlaydilar. Ularda dehqonchilik qo’shimcha mashg’ulot bo’lgan deydilar. Biroq shunga qaramay, antik yozuvchilarning asarlarida keltirilgan germanlar haqidagi yozma ma’lumotlar juda katta ahamiyatga ega. Lekin ularning bergan ma’lumotlarini tanqidiy nuqtai nazardan yondashib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Markaziy va Shimoliy Yevropa aholisining Rim imperiyasi davridagi xo’jaligi va ijtimoiy tuzumini o’rganishda to’g’ri tushunchalarga ega bo’lish uchun faqat yozma manbalardangina foydalanib qolmay, keyingi yillarda to’plangan arxeologiya, etnografiya, tilshunoslik, tarix, geografiya ma’lumotlariga ham tayanishimiz kerak. G. Yu. Sezar ta’rificha («Galliya urushi haqida xotiralar» V I kitob, 22-bob), germanlar dehqonchilik bilan aytarli shug’ullanmaganlar. Ular asosan sut, yog’, go’sht va pishloq bilan ovqatlanganlar. Ularda yer umumiy bo’lgan, ularning hyech qaysisi aniq belgilangan hajmdagi yer uchastkasiga egalik qilmaganlar va xususiy mulk ham bo’lmagan. P. K. Tasit zamonida ham yer xususiy mulk emas edi. Yerning bosh xo’jayini (egasi) urug’ va qabila edi. Jamoa har yili boshqa erga ekin ekib, o’tgan yilgi ekin yeriga dam berar yoki uni butunlay tashlab qo’yar edi. Aholi soni oz bo’lganligi uchun bo’sh yerlar mo’l bo’lardi, shu sababli yer uchun hyech qanday nizolar kelib chiqmas edi.
Download 26.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling