Janubiy Afrika ozodlik yo'li. Nelson Mandela. Reja: Kirish. I bob. Janubiy Afrika Respublikasi
Download 469.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Jahon tarixi. Kurs ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. Janubiy Afrika ozodlik harakatlari. 2.1. Janubiy Afrika Respublikasida ozodlik harakatining boshlanishi. 2.2.
- Xulosa Adabiyotlar. Kirish
- Mavzuning dolzarbligi.
Janubiy Afrika ozodlik yo'li.Nelson Mandela. Reja: Kirish. I BOB. Janubiy Afrika Respublikasi 1.1. Janubiy Afrika Respublikasi siyosiy-ma`muriy hududi, davlat boshqaruvi. 1.2. Janubiy Afrika aholisi, etnik tarixi, xalq irqlari II BOB. Janubiy Afrika ozodlik harakatlari. 2.1. Janubiy Afrika Respublikasida ozodlik harakatining boshlanishi. 2.2. Nelson Mandelaning Afrika tarixiga kirib kelishi. Nelson Mandela hayoti. 2. 3. Janubiy Afrikaning hozirgi kunda iqtisodi, aholisi hamda xo`jaligi Xulosa Adabiyotlar. Kirish Bugun biz inson huquqlari kafolatlangan dunyoda yashamoqdamiz lekin qaryib 70-80-yillar muqaddam Afrika xalqlari judaham og‘ir hayot kechirishmoqda edi. 1960- yillar tarixga Afrika yili nomi bilan kirgani bejiz emas chunki o‘sha yili bir yo‘la 17 ta Afrika davlatlari mustaqillikga erishishdi.Ushbu kurs ishi ham ana shu respublikalardan biri bo‘lgan Janubiy Afrika Respublikasiga bag‘ishlanadi. Mavzuning dolzarbligi.Ushbu mavzu orqali biz tarix kitoblarida nihoyatda kam uchraydigan JAI va JAR atamalari bilan tanilgan Afrika respublikalaridan birini tahlil qilamiz. Mavzuning tarixshunosligi.Janubiy Afrika xalqlarining mustamlaka davri tarixi uzoq XVII-XVII asrlarga borib taqaladi.Ushbu qit’a tarixi haqida ko‘plab yevropa va boshqa mamlakatlar tarixshunoslari asarlar yozishgan quyida anashu kitoblardan manba sifatida foydalandik. Ushbu manbalar Janubiy Afrika xalqlarining ozodlik yo‘lida boshidan kechirgan kunlari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi jarayonlari,tarixiy geografik va geologik obyektlari haqida to‘xtalib o‘tamiz,mintaqadagi foydali qazilmalar bo‘yicha ham JAR alohida hidudda yetakchi iqtisodiy davlat hisoblanadi. Quyidagi fikrlarimiz Janubiy Afrika respublikasi haqida borar ekan avvalambor uning geografik joylashuvi Afrika qit'asining eng janubida joylashgan davlat Janubiy Afrika Respublikasi (Janubiy Afrika) (Afrikaans Republick van Suid- Afrika; inglizcha Republic of South Africa) — Afrika qitʼasining janubiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Namibiya, Botsvana va Zimbabve, shimoli- sharqda Mozambik va Svazilend bilan chegaradosh. Janubiy Afrika hududi ichida Lesoto davlat- anklavi joylashgan.Janubiy Afrika Afrikadagi etnik jihatdan eng xilma- xil mamlakatlardan biri bo'lib, qit'ada oq, hind va aralash aholining eng katta ulushiga ega 1 . 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida Afrika xalqining ahvoli yanada og'irlashdi. Janubiy Afrikada qurg'oqchilik bo'lib, rezervat aholisi ochlikdan, kasallikdan qirila boshladi. Ustiga ustak jahon bozorida olmos narxi pasayishi natijasida ko'plab olmos konlari bekilib, minglab shaxtyorlar ishsiz qoldilar. 1948- yilda 1990- yillargacha davom etgan aparteid rejimi (Afrikaans aparteididan) 1 Политическая карта Африки.Ильина.Е.А. М. Просвещения .2009 г. Стр 150. o'rnatilgandan so'ng u o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Kamsituvchi qonunlarni joriy etish tashabbuskori Milliy partiya edi. Bu siyosat uzoq va qonli kurashga olib keldi, unda Stiv Biko, Desmond Tutu va Nelson Mandela kabi qora tanli faollar yetakchi rol o‘ynadi. 2 Bu mamlakat afrika materigining chekka janubida joylashganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Maydoni 1,222 ming km 2 . Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi: dengiz boyida joylashganligi, muhim dengiz yo’llari ustida joylashganligi. Janubiy Afrika Respublikasi iqlimiy jihatdan asosan tropik va qisman subtropik mintaqalarda joyldashgan. Mamlakat hududida Drakon, Kap tog’lari joylashgan. Asosiy daryosi OranjevaY. Janubiy Afrika Respublikasi quruqlik orqali Namibiya, Botsvana, Zimbabve, Mozambik, Svazilent davlatlari bilan chegaradosh. Lesoto davlati orol ko’rinishida to’liq Janubiy Afrika Respublikasini ichida joylashgan. Janubiy Afrika Respublikasi foydali qazilmalarga boy. Asosiy qazilma boyliklari: temir rudasi qazib olish boyicha dunyoda 9- o’rinda (yiliga 30 mln t. va ѕ qismini Evropaga eksport qiladi.). Marganes va xrom qazib olishda dunyoda 1- o’rinda; Nikel qazib olishda 6- o’rinda; Mis qazib olishda 10- o’rinda; Fosforit qazib olishda 6- o’rinda; Oltin qazib olishda 1- o’rinda (yiliga 630 t.) Ko’mir qazib olishda 8- o’rinda (yiliga 180 mln t. qazib oladi, Yevropa va Yaponiyaga eksport qiladi). Olmos, platina va uran qazib olishda 1- o’nlikka kiradi. Aholisi soni 44 mln kishi (2003 yil), 47,3 mln kishi (2006 yil) bo’lib, u demografik tanglikda. 2003 yil ma’lumoti boyicha Janubiy Afrika Respublikasida tug’ilish koeffisienti -23‰, o’lim 14‰. Agar aholining tabiiy ko’payishi shu xolatda ketsa, 2025 yil aholi soni 35 mln kishiga tushib qoladi. Chaqaloqlar o’limi 57‰. 1 ayolga 2,8 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar soni 34 %, 64 yoshdan o’tganlar 5% . o’rtacha umr 53-54. YAMD butun Afrika materigi boyicha o’rtacha 2120 $. Janubiy Afrika Respublikasida eng yuqori 10910 $ tashkil etadi. 15 yoshdan 49 yoshgacha bo’lgan aholining 20 % i “VICH” bilan zararlangan. Bu ko’rsatkich Afrika 2 Shuhrat Ergashev Jahon Tarixi III qism. 471-bet O'zbekiston NMIU.2018 y materigida 6,5 % ni, butun dunyoda esa 1,2 % ni tashkil etadi. Botsvanada eng yuqori 39 %. Aholdisining 4/5 qismini tub joy xalqlari (zumus, bantu, bur, kasa), 12 % ini oq tanlilar (ingliz, golland, fransuz), qolganini Osiyodan ko’chib kelganlar va mulatlar tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km 2 joyga 36 kishi. Urbanizasiya darajasi 45 % . Hayot darajasi o’rtacha. Millioner shaharlari yo’q, lekin millioner aglomerasiyalari mavjud: Yo’xannesburg, Keyptaun, Durban, Pretoriya. 3 3 O‘zbekiston Milliy entsiklopеdiyasi. T., «Qomuslar», 2001-2003. 1-2-3-4-5-jildlar. Download 469.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling