Janubiy korea


Download 1.21 Mb.
bet2/3
Sana10.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1256839
1   2   3
Bog'liq
KOREYA

Janubiy Koreya TARIXI.
1945-yilda SSRI va AQSh Koreyani birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnomaga qoʻl qoʻyishadi. Ikki katta davlat Koreyani 38-parallel chizigʻidan boʻlishib olishadi.
1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreya urushi Shimol va Janub oʻrtasida harbiysizlashtirilgan hudud oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Shunday qilib bir butun Koreya davlati shimolda Kommunistik boshqaruvli Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va janubda kapitalistik boshqaruvga ega boʻlgan Koreya Respublikasiga boʻlinib ketadi.
Birinchi respublika
Koreya Respublikasiga 1948-yil 15-avgustda asos solingan. Li Sin Man esa KRning birinchi prezindeti etib tayinlanadi, ayni shu yilning 9-sentabrida Kim Ir Sen boshchiligidagi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tashkil topadi. 1948-yil KRning birinchi konstitutsiyasi ham qabul qilinadi.
Birinchi Respublika boshqaruv davri BMT, Xitoy va SSRIning qurolli kuchlarining faol ishtiroki bilan boʻlgan Shimoliy va Janubiy Koreya urushi bilan taʼriflanadi. Bu urush natijasida ikkala koreys davlati ham katta moddiy va iqtisodiy talafot koʻradi. Birinchi respublika 1960-yili aprel inqilobidan soʻng tugatiladi.
Ikkinchi respublika
Talabalar inqilobidan soʻng vaqtinchalik davlat boshqaruviga Ho Chon ismli shaxs keladi. 1960-yil 29-iyulda saylov boʻlib oʻtadi va unda Demokratik partiya gʻalaba qozonadi. Bu esa Ikkinchi Respublikaning boshlanishiga sabab boʻladi va prezident etib Yun Bo Son saylanadi.
Janubiy Koreya Geografik joylashuvi
Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. Gʻarbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz boʻlib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini togʻlar egallab, qirgʻoq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan.
Koreyaning yer maydoni 222 ming 154 km2 boʻlib, kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiyaga teng. Ushbu maydonning 45.5 % yoki 100 ming km2 idan qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etib, Portugaliya, Mojariston yoki Irlandiya maydonicha desa boʻladi.
Tebeksan togʻ zanjiri shaqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar joylashgan.
Aholisi
Aholi soni - 51 814 400 nafar (2022). Zichlik 533 kishi. Janubiy Koreya aholisining katta qismini koreyslar tashkil etadi. Bundan tashqari mamlakatda kamida 300 ming nafar xitoyliklar istiqomat qilishadi. Janubiy Koreyaliklar oʻrtacha 81.6 yil umr koʻrishadi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling