Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanishi hamda uning tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari
Download 26.55 Kb.
|
Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanishi hamda uning tajribasini O
uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi.
Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda.[1] Koreyada elektron hukumatni rivojlantirishdagi eng yirik loyiha – www.korea.go.kr portali asosiga qurilgan G4C (government-for-citizen – davlatdan fuqaroga) loyihasidir. Ushbu elektron hukumat portali fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda davlat servislaridan Internet orqali foydalanish uchun markaziy platforma vazifasini bajaradi. Mazkur G4C tizimi 2002-yilda ishga tushgan bo‘lib, 2011-yildan barcha turdagi davlat xizmatlari uchun “yagona oyna markazi” sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda ushbu “yagona oyna markazi”da 4 000 dan ortiq davlat va ma’muriy xizmatlar mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishiga qarab 12 ta kategoriyaga bo‘lingan:
san’at va madaniyat avtomobillar va transport korporatsiyalar va iqtisodiyot mudofaa va Shimoliy/Janubiy Koreya ta’lim va bandlik atrof-muhit ko‘ngilochar va sport shaxsiy va uy xo‘jaligi ko‘chmas mulk ijtimoiy himoya va salomatlik soliqlar sayohat va emigratsiya Har bir kategoriyaning o‘zi ham yana bir nechta kichik bo‘limlarga ajratilgan. Har bir axborotdan unga oid agentlik, kerakli hujjatlar ro‘yxati, anketalari, unga oid qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin. Davlat xizmatlariga oid ko‘pgina ishlarni saytning o‘zida turib bitirish mumkin: kerakli hujjat shaklini onlayn to‘ldirib, xizmat haqqini elektron to‘lov bilan amalga oshirish mumkin. 2001-yilda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. Koreya hukumatining G4B (government-for-business – davlatdan-biznesga) portali hukumat va kompaniyalar o‘rtasidagi onlayn-ko‘prik vazifasini o‘taydi. Xususan, 2009-yildan boshlab ushbu portalda biznesni ro‘yxatda o‘tkazish va litsenziya olish kabi xizmatlar ishlab kelmoqda. Koreya Bojxona xizmati 1994-yildan bojxona ma’muriyatini kompyuterlashtirish ishlarini boshlagan bo‘lsa, 1999-yilga kelib bojxona jarayonlari uchun elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI) tizimini ishga tushirgan. 2004-yildan boshlab bojxona ishi Internetga asoslangan servis asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Hozirda UNI-PASS deb nomlangan portalda bojxonaning barcha bosqichlarini – eksport/import tozalovi, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, eksport/import yuklarini boshqarish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish kabi ishlarning barchasini qisqa vaqt ichida bajarish mumkin. UNI-PASS tizimi ishga tushganidan so‘ng Koreyada eksportni bojxona majburiyatlaridan tozalash ishlari 2 daqiqagacha, importni tozalash esa – 2,5 soatgacha, QQSni qaytarish – 5,2 soatgacha, soliqlarni to‘lash – 10 daqiqagacha qisqartirilgan. Bu ko‘rsatkichlar dunyodagi eng yaxshi natijalar sanaladi Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling