Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanishi hamda uning tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari


Download 26.55 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi26.55 Kb.
#250270
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanishi hamda uning tajribasini O

Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanishi hamda uning tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari




Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.

Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatidaelektron hujjat aylanishi bu – hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.

Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.

Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:



  • G2C (government-to-citizen) – davlatdan-fuqaroga

  • G2B (government-to-business) – davlatdan-biznesga

  • G2G (government-to-government) – davlatdan-davlatga

  • G2E (government-to-employee) – davlatdan-xodimga

  • G2F (government-to-foreign) – davlatdan-chet el fuqarolariga

Dunyodagi ko‘pgina davlatlar elektron hukumatni rivojlantirish uchun bir qancha kuch, moliyaviy resurs sarflaganiga qaramasdan, u keltiradigan foyda – vaqt va mablag‘ning tejalishi kabi natijalarga erisha olmayapti. Shuning uchun ham, bu sohada muvaffaqiyatga erishgan davlatlarning tajribasini har tomonlama o‘rganish foydadan xoli emas.


Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling