Janubiy Koreyada sug‘urta bozorining xususiyatlari Habibullayev Komiljon Murodulla o‘g‘li


-rasm. Janubiy Koreya sug‘urta kompaniyalarining bozordagi ulushi (hayot sug‘urtasi)5


Download 54.39 Kb.
bet2/3
Sana14.10.2023
Hajmi54.39 Kb.
#1701644
1   2   3
Bog'liq
Sug\'urta bozorining xususiyatlari

1-rasm. Janubiy Koreya sug‘urta kompaniyalarining bozordagi ulushi (hayot sug‘urtasi)5
Bugungi kunda Janubiy Koreya Respublikasida 55 ta sug‘urta kompaniyalari mavjud. Ulardan 24 tasi hayotni sug‘urtalovchilar, 31 tasi nohayot sug‘urta kompaniyalari hisoblanadi. Bundan tashqari 19 ta mahalliy va 26 ta xorijiy sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatini yurutib kelmoqda. 2020-yilda hayotni sug‘urtalovchilar uchligining (Samsung, Hanwha, Kyobo) bozor ulushi biroz pasayib, 46,5%ga tushdi. Boshqa tomondan, eng yaxshi to‘rtta hayotni sug‘urtalovchining (Samsung, Hyundai, DB, KB) bozor ulushi oshdi. 2020-yildagi 67,2%dan 2021-yilda 68,5%gacha o‘sganini ko‘rishimiz mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarni hayotdan tashqari sug‘urtalovchilar jami aktivlarining eng muhim qismini egallab, 2021-yilda obligatsiyalar (29,5%), aksiyalar (3,4%), investitsiya fondlari (12,0%) va boshqalardan (10%) tashkil topgan.
2021-yilda hayotdan tashqari sug‘urtalovchilarning sof daromadi 2019-yilga nisbatan 17,3 foizga oshib, 2,6 trillion KRWni tashkil etdi.

2-rasm. Janubiy Koreya sug‘urta kompaniyalarining bozordagi ulushi (nohayot sug‘urtasi)6
2019-yilda yangi koronavirus kasalligi (COVID-19) 2020-yilda ko‘plab inqirozlarni yuzaga keltirganiga qaramay, Koreya Respublikasida sug‘urta sanoati o‘tgan yilga nisbatan yuqori o‘sishni ko‘rsatdi. Nafaqat Koreya, balki butun dunyoda insonlarning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchi va talabi oshdi.
Hayotni sug‘urtalash bo‘yicha jamg‘arma turidagi sug‘urta mukofotlari 2020-yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6%ga oshdi. Sug‘urta bozori o‘tgan yilga nisbatan 2,5%ga o‘sdi.
O‘zgaruvchan sug‘urta 2020-yilning birinchi yarmida salbiy o‘sishni ko‘rsatdi, ammo ikkinchi yarmida fond bozorida ijobiy o‘sishni ko‘rsatdi. Xususan, uchinchi chorakda o‘zgaruvchan sug‘urta mukofotlari daromadi chorakda 10,9%ga o‘sdi.
Hayotdan tashqari sug‘urta mukofotlari daromadi 2020-yilning birinchi yarmida 6,9 %ga o‘sdi va ikkinchi yarmida o‘sishda davom etti va yillik o‘sish 6,1 %ni tashkil etdi7. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida jamg‘arma turi sug‘urtasini sotishni kamaytirishga qaratilgan say-harakatlar natijasida hayot sug‘urtasi va hayotdan tashqari sug‘urta mahsuloti portfeli o‘zgartirildi. U 2024-yildan kuchga kirishi rejalashtirilgan.
Savdo kanallari bilan bog‘liq holda, sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va sotishni ajratish tendentsiyasi kuzatildi. Shunga ko‘ra, ba‘zi sug‘urta kompaniyalari o‘z tashkilotini kompaniyadan ajratish uchun alohida korporativ sug‘urta agentliklarini tuzdilar. Ushbu tendentsiya 2023-yilda davom etishi kutilmoqda.
Sug‘urta xizmatlari iste’molchilarini sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy ahvoli, ular tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlash, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida:

  • sug‘urtalovchilar bo‘yicha birlashtirilgan bazani yaratish;

  • sug‘urta qoidalarini, sug‘urta tariflari bo‘yicha ma’lumotlarni, sug‘urta shartnomalarini tuzish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha tushuntirishlarni, sug‘urtalovchilar reytinglarini chop etishning majburiy qoidasini joriy etish zarur. Bunda sug‘urta bozori ishtirokchilarining moliyaviy savodxonligini va sug‘urta madaniyatini yanada oshirish eng muhim vazifalar jumlasiga kiradi.



Xulosa
Ushbu maqolada sug‘urta tizimini o‘rganish natijasida quyidagilarni xulosalash mumkin:
Mamlakarimiz sug‘urta tizimini takomillashtirishda quyidagilarni amalga oshirish ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.
Birinchidan – sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish. Bir me’yoriy hujjatning boshqa biriga zid kelishini oldini olish.
Ikkinchidan – sug‘urta tashkilotlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish.
Uchinchidan – sug‘urta va qayta sug‘urta bozorida joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga sug‘urta xizmatini chiqaradigan qayta sug‘urta kompaniyalarning tashqi sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va sug‘urta tizmatlari eksportini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
To‘rtinchidan – sug‘urta va qayta sug‘urta sohalarni raqobatdoshligini yanada kuchaytirish ko‘p jihatdan mavjud resurslari qanchalik tejamli foydalana olishimizga ham bog‘liq.
Yuqorida keltirilganlarni mamlakatimiz sug‘urta tizimida joriy etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xorij, xususan, Janubiy Koreya tajribasidan foydalangan holda mamlakatimiz sug‘urta sohasini yaxshilash kelajakda iqtisodiy salohiyatimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, aholi farovonligini yaxshilash, davlat va shaxs munosabatlarida ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.



Download 54.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling