Janubiy mintaqa shaharlari
Qashqadaryo viloyati shaharlarining klassifikatsiyasi
Download 39.53 Kb.
|
Janubiy mintaqa shaharlari
Qashqadaryo viloyati shaharlarining klassifikatsiyasi
Qashqadaryo viloyati shaharlarining joylashuvi, tabiiy-iqlimiy sharoit, yer yuzasining tuzilishi, gidrografik rejim hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘siri ostida kechgan. Janubiy mintaqa shaharlari orografik jihatdan tog’, tog’oldi va tekislikda, gidrografik jihatdan daryo vodiylarida shakllangan. Viloyatda mamlakatimiz uchun eng muhim va strategik ahamiyatga ega bo’lgan sanoat tarmoqlari rivojlangan. Bu yerda neft (80 foizi) va tabiiy gazning asosiy qismi (92 foizi), gaz kondensati (95 foizi) va oltingugurt (salkam 100 foizi) qazib olinadi; milliy iqtisodiyot uchun eng zarur hisoblangan gazkimyo, neft-kimyo, kaliy ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Uning zimmasiga O’zbekistonning 6.4 foiz yalpi ichki mahsuloti, 8.3 foiz sanoat va 7.2 foiz qishloq xo’jalik mahsulotlari to’g’ri keladi. Mintaqa aholi manzilgohlarining shakllanishi ikki bosqichda yaqqol namoyon bo’ladi. Birinchisi, qadimdan aholi yashab kelgan (Yakkabog’, G’uzor va Shahrisabz) aholi manzilgohlari bo’lsa, ikkinchisi Qarshi dashtini o’zlashtirish natijasida paydo bo’lgan shaharlar sanaladi. Ma‘lumki, O’zbekistondagi aksariyat ―yangi‖ shaharlar o’tgan asrning 60-80 yillarida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish,137 turli qazilma boyliklardan foydalanish davriga to’g’ri keladi. Bunday shaharlar ayniqsa, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida ko’pchilikni tashkil qiladi. Xususan, Qashqadaryoda o’tgan asr oxirlarida yangi yerlar o’zlashtirilishi (Yangi-Nishon, Koson, Beshkent) va gidrotexnik inshoat negizida (Tolimarjon) shaharlari barpo etilgan. ―Resurs‖ shahar Muborakni shakllanishida foydali qazilmalar muhim rol o’ynagan bo’lsa, Miroqi va Qashqadaryo rekreatsiya negizida vujudga kelgan. Demak, mintaqa shaharlarning tashkil topishi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar natijasi bo’lsa, ularning rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishida o’z ifodasini topadi. Mintaqa shaharlar to’ri va tizimini shakllanish nuqtai nazaridan qaralganda, u 1989 yilga nisbatan deyarli o’zgarmagan. Mustaqillik yillarida faqatgina shaharchalar sonida o’zgarishlar kuzatildi (6 tadan 11 taga ko’paygan). Hozirgi vaqtda mazkur hududda 31 ta shahar joylar mavjud. Shundan Surxondaryo viloyatida 8 ta shahar va 7 ta shaharcha, Qashqadaryo viloyatida esa 12 ta shahar va 4 ta shaharcha joylashgan. 2016 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Qashqadaryoda 12 ta shahar va 123 ta shaharchalar mavjud bo’lib, umumiy urbanizatsiya darajasi 43.0 foizni tashkil etadi. Ulardan Qarshi va Shahrisabz O’zbekistonning 18 katta shaharlari qatoriga kiradi (257 va 101 ming kishi, Kosonda 71 ming aholi yashaydi; Qamashi va Kitob shaharlarida 37-40 ming aholi bor. Qolgan shahar manzilgohlarida aholi soni bundan ozroq.
Jadval O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma‘lumotlari asosida tuzilgan. Tahlillar shaharliklarning son jihatdan ortib borishi, birinchidan, viloyatning ma‘muriy-hududiy tizimidagi o’zgarishlar, ya‘ni yangi tashkil etilgan tuman markazlariga shahar maqomining berilishi, ikkinchidan, viloyatga chetdan kelayotgan migrantlarning asosan shaharlarda to’planishi, uchinchidan, voha shaharlarining qishloq joylardan deyarli farq qilmasligi va tabiiy ko’payish ko’rsatkichlarining yuqori ekanligini ko’rsatmoqda. Umuman olganda, viloyat urbanizatsiya darajasining respublika o’rtacha ko’rsatkichidan pastligi va tug’ilishning yuqori holatini doimiy saqlab kelmoqda. 2009 yilda urbanistik o’zgarishlar tufayli viloyatning 119 ta qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berilgan. Natijada, umumiy urbanizatsiya darajasi 2008 yildagi 24,6 foizga teng bo’lgani holda, u birdaniga 43,0 foizga ortdi. Yangi shaharchalar, ayniqsa Shahrisabz, Qarshi, Kitob va Yakkabog’ tumanlarida ko’p. Shahrisabzda bunday maqomga 18 ta, Qarshida 15, Kitobda 14, Yakkabog’da 13 ta qishloqlar ega bo’lgan (2-ilova). Qashqadaryoda shahar manzilgohlar soni va urbanizatsiya darajasi muntazam ortib bormoqda. Ayniqsa, viloyatning yuqori-Shahrisabz mintaqasi shahar hosil qiluvchi omillarning (transport kommunikatsiyalari hamda tabiiy resurslar) ko’pligi sanoatni tez sur‘atlar bilan rivojlanishiga, bu esa shaharlarlar to’ri zichligining ortib borishiga sabab bo’ldi. Bunday mintaqaviy xususiyatlar ko’proq viloyatning tabiiy sharoit va resurslaridan kelib chiqqan holda, xo’jaligining tarmoqlar tarkibi, ixtisoslashuvi va demografik vaziyatiga bog’liq. Chunonchi, 1970 yilda Qashqadaryoning atigi 6 ta shahar joylarida 16.5 foiz shahar aholisi yashagan bo’lsa, 1989 yilga kelib jami 16 ta shaharlarida 25.9 foizga yoki 413.4 ming kishiga ortdi (15-jadval). Download 39.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling