Janubiy mintaqa shaharlari


15-jadval Janubiy O„zbekistonda shahar manzilgohlar va urbanizatsiya darajasining


Download 39.53 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi39.53 Kb.
#1247440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Janubiy mintaqa shaharlari

139

15-jadval




Janubiy O„zbekistonda shahar manzilgohlar va urbanizatsiya darajasining
o„zgarishi

Surxondaryo viloyati










Yillar













1939

1959

1970

1979

1989

2006

2016

Urbanizatsiya

7,5

15,4

16,0

19,2

19,4

19,2

35,7

darajasi (%da)






















Shaharlar

1

2

2

8

10

8

8

Shaharchalar

-

3

8

3

-

7

114

Jami

1

5

10

11

10

15

122

Qashqadaryo






















viloyati






















Urbanizatsiya

8,8

13,2

16,5

25,2

25,9

24,6

42,9

darajasi (%da)






















Shaharlar

2

2

2

12

12

12

12

Shaharchalar

2

4

4

2

4

4

123

Jami

4

6

6

14

16

16

135

Jadval O’zR Davlat statistika qo’mitasi ma‘lumotlari asosida tuzilgan.

Butun O’zbekistonda bo’lgani kabi, Qashqadaryo viloyatida ham eng rivojlangan shaharlar to’rini aholisi 3 ming kishigacha shaharlar egallaydi (14-jadval). Bu bosqichga respublikada 274 ta, Toshkent viloyatiga 36 ta, Farg’onaga esa 46 ta, Qashqadaryoda 29 ta shahar manzilgohlari mansub. Ular jami shahar manzilgohlari sonining mos holda, 31.8, 22.3 va 21.4 foizini tashkil etadi (2016 y).


Qashqadaryo viloyatida 1-pog’onaga kiruvchi shaharlar aholisi 74 ming kishi (jami shahar aholisining 5.8 foizini) ga teng. Ushbu toifaga aksariyat ―agroshaharcha‖lar mansub.


2 va 3-pog’ona ko’proq ―resurs‖ shaharchalar (Miroqi, Dehqonobod va Tolimarjon), agroindustrial shaharlar (Qashqadaryo) va agroshaharchalardan tarkib topgan. Bu toifada mintaqa shahar aholisining eng ko’pi istiqomat qiladi (31.1 foiz).


O’rta shaharlar guruhi respublikamizning ko’pgina mintaqalarida Farg’ona, Jizzax hududlarida yaxshi shakllanmagan. Andijon, Samarqand viloyatlarida bunday shaharlar ikkitadan, Toshkent va Namanganda uchtadan, qolgan viloyatlarda esa bittadan mavjud. Koson shahrida viloyat shahar aholisining 73 mingi istiqomat qiladi. Ushbu toifa shaharlar sinfi jami guruhning 5.6 foiziga to’g’ri keladi (14-jadval).


140
Mintaqa katta shaharlar ro’yxatiga 2014 yilda ko’hna Shahrisabz qo’shildi. Geourbanistikada funksional yondashuv keng tarqalgan bo’lib, bu urbanizatsiya jarayonining eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlaridan sanaladi. Ierarxik pog’ona eng yuqori bosqichidagi qadimiy Qarshi ko’p funksiyali yirik sanoat, fan, madaniyat va maorif markazi sanaladi. Shahar tarixda Nasaf, Naxshab nomlari bilan mashhur bo’lgan. U 1926 yildayoq shahar maqomini olgan.

Shahar aholisi, 1959 yilda 33 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilda 168 ming, 1997 yilda 194 ming, 2016 yilda 260.7 ming kishiga etdi.


Viloyat markazi (VM) umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi hissasi yuqoriligi bilan ushbu toifadagi shaharlar orasida alohida ajralib turadi. Mazkur shahar mintaqada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining qariyb 50 foizini beradi.


Mintaqa XIM ishlab chiqarishida viloyat markazida faoliyat yuritayotgan ―Kashteks‖ fabrikasi, yog’-ekstraksiya va un zavodlari, meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalarining ulushi katta (40.9 foiz). Hozirda hudud sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash va uning tarkibiy tuzilishini boyitish-diversifikatsiyalash va tarmoqlararo majmualar shakllantirishga qaratilgan bir nechta istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda shaharda TCL brendi ostida elektronika mahsulotlari ishlab chiqariladigan yirik korxona o’z faoliyatini boshlaydi. Unda yiliga 25 ming dona televizor, 15 mingta ―Samsung‖ changyutkichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatkich mahsulotlari ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.


Shuningdek, Shahrisabz va Koson shaharlarining ham XIM ishlab chiqarishda sezilarli o’rni mavjud.


Aytish joizki, shahar aholisining muntazam ko’payib borishi hisobiga hududda kommunal, maishiy, transport va ekologik muammolar kuchayib borgan. Ayni paytda shahar ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi qayta ko’rib chiqilib, rekonstruksiya qilinmoqda.


Mintaqaning eng qadimiy va navqiron shahri Shahrisabz (XIII asrda Kesh) genetik xususiyatiga ko’ra dastlab savdo va hunarmandchilik asosida paydo bo’lgan. Shahrisabz fors-tojikcha so’zdan olingan141 bo’lib ―yashil shahar‖ degan ma‘noni


anglatadi. Shahar aholisi 1997 yilda 84.5 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2002 yilda 88.3 ming, 2006 yilda 99.9 ming va 2016 yilda 103.5 ming kishidan oshib ketdi.
Download 39.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling