Janubiy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi Janubiy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati Osiyo qit`asi xalqlariga oid umumiy ma`lumotlar
Download 230.05 Kb.
|
janubiy sharqiy xalqlari
Shuningdek, nam tropik joylar ham dehqonchilik va chorva uchun noqulay, u yerlarda faqat daraxtzor plantatsiyalari tashkil qilingan. Musson iqlimli yerlarda sholi, qisman texnik ekinlar (jut, shakarqamish), salqinroq tog`li hududlarda choy, kofe va tunga daraxti ekiladi. Sug`oriladigan quruq yerlarda paxta, tamaki, arpa; iliq natnli subtropik hududda bug`doy va arpa; tog`larda esa sitrus ekinlari, uzum, zaytun daraxti o`stiriladi. Jahonda engko`p sug`oriladigan yerlar Osiyodadir. Bu yer hatto ayrim ekinlarning vatani hamdir. Hozirgi davrda jahondagi natural kauchukning 91 foizi, sholining 84 foizi, choyning 70 foizi Osiyo qit`asida yetishtiriladi.
Osiyo suv resurslariga ham boy. Bu yerda har yili 20 ming kub km yomg`ir yog`adi. Eng katta Yenisey, Lena, Amu va Sir, Tigr, Yefrat, Hind, Ganga, Braxmaputra, Xuanxe, Yanszi daryosi suvi-ning ko`pligi jihatidan (yiliga 1000 kub km) faqat Amazonka va Kongo daryolaridan keyingi o`rinda turadi. Ganga bilan Braxma-putra daryolarining bir yillik suv hajmi 800 kub km.dan oshadi. Daryo suvlarining ko`p qismi asosan, dehqonchilikka sarflanadi. Masalan, Hindistonda iste`mol qilinadigan chuchuk suvlarning 95 foizi, Yaponiyada 70 foizdan ko`pi irrigatsiya ishlariga sarflanadi.
Download 230.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling