Janubiy Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi Janubiy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati Osiyo qit`asi xalqlariga oid umumiy ma`lumotlar
Download 230.05 Kb.
|
janubiy sharqiy xalqlari
Butun jahonda sug`oriladigan maydonning to`rtdan uch qismi Osiyoda joylashgan bo`lib, har bir kishiga taxminan 84 ga sug`oriladigan yer to`g`ri keladi. Ayrim joylarda esa dehqonchilikda yer osti suvlaridan foydalaniladi, qurg`oq yerlarda ariq qazilib suv chiqariladi, tog` etaklarida kariz sistemasi joriy etilib, u hozirgacha ham saqlangan.
Osiyoning o`simlik dunyosi ham rang-barang. Bu yerning juda keng hududlarida shimoldan janubga qarab har xil bargi qalin o`rmonlar, yashil subtropik o`rmon va butazorlar, pichanzor va dasht o`simliklari, daraxti siyrak subtropik va tropik dashtlar, savanna va xazonrez o`rmonlar, tog` o`simliklari mavjud. Osiyoning sernam sharq va qurg`oq g`arb manzarasi bir-biridan farq qiladi. Masalan, sharqiy qismning o`simlik dunyosi nihoyatda boy bo`lib, 20 mingdan ortiq o`ziga xos turga ega. Janubi-sharqiy mintaqalardagi o`rmonlarda sanoat uchun zarur qimmatbaho daraxtlar o`sadi. Masalan, ko`pgina o`rmonlardan teri oshlashda ishlatiladigan po`stloq, konifol, qatron (smola), kauchuk, sariq mum, spirt, dorivor o`simliklar va turli yemishli mevalar yig`ib-terib olinadi. Bambuk va palma daraxtlaridan turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqariladi. Afsuski, o`rmonlarning aksariyat qismi yiqitilib o`tin sifatida ishlatilib yuborilmoqda.
Download 230.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling