Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/96
Sana31.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1144118
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotn (OPEK) 1960 yilda unga a’zo bo‘lgan 
davlatlarning neft sohasidagi siyosatini muvofiqpashtirish va yagonalashtirish maqsadida 
o‘tkazilgan Bog‘dod (Iroq) konferensiyasida tashkil etilgan. Uning nizomi esa 1965 yilda 
Karakasda (Venesuela) bo‘lib o‘tgan konferensiyada qabul qilingan.
A’zo bo‘lgan davlatlarning vakillaridan (odatda delegatsiyaga neft yoki energetika vaziri 
boshchilik qiladi) iborat konferensiya OGTEKning oliy organi hisoblanadi. Konferensiya bir 
yilda ikki marta Venada o‘tkaziladi. OPEK Bosh kotibi ayni paytda konferensiya kotibi 
hisoblanadi. Konferensiya umumiy siyosiy yo‘lni belgilab boradi va bu siyosatni amalga oshirish 
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, budjetni va nizomdagi o‘zgarishlarni tasdiqlaydi, yangi 
a’zolarni qabul qilish haqida qaror chiqaradi. U Nizomda aynan ko‘zda tutilmagan barcha 
masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ham ega hisoblanadi. Hamma qarorlar bir 
ovozdan qabul qilinishi lozim (yangi a’zolarni qabul qilish va rasmiy masalalar bundan 
mustasno).
Bosh kotib rahbarlik qiluvchi kotibiyat boshqaruvchilar kengashining rahbarligida joriy 
ishlarni olib boradi. Bosh kotib OPEKning qonuniy vakili hisoblanadi.
1991 yildan boshlab OPEK, unga a’zo bo‘lmagan neft eksport qiluvchi mamlakatlar va 
Yevropa Ittifoqi xalqaro energetika agentligi bilan energetika masalalari bo‘yicha axborotlarni 
ayirboshlash, sanoat sohasida, atrof-muhitni saqlash, neft bozorini avaylash bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. 
OPEKka 11 mamlakat a’zo bo‘lib kirgan: Eron (1960 yil), Iroq(1960), Quvayt (1960), 
Saudiya Arabistoni (1960), Venesuela (1960), Qatar (1961), Indoneziya (1962), Liviya (1962), 
Birlashgan Arab Amirliklari (1962), Jazoir (1969), Nigeriya (1971), Ekvador (1973) va Gabon 
(1975). 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling