Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети
Avtotransport ishlab chiqaruvchi mamlakatlar xalqaro tashkiloti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI
Avtotransport ishlab chiqaruvchi mamlakatlar xalqaro tashkiloti Shunga ko‘ra, u amalda butun jahon avtomobil sanoatini qamrab olgan. AIXTning asosiy vazifasi avtomobil sanoatiga taalluqli milliy uyushmalar o‘rtasida doimiy aloqalarni ta’minlash, avtomobillar ishlab chiqarish sanoatida tadqiqot ishlari olib borish, shu sohaga oid axborotlarni to‘plab uyushmalarga, tegishli a’zolariga tarqatish, vakolatli hukumatlararo va xalqaro organlar hamda xalqaro tashkilotlar oldida avtomobil sanoatini tashkil etish bilan birga rag‘batlantirishdan iborat. AIXT faoliyatini uchta qo‘mita orqali amalga oshiradi. Texnik qo‘mita (1956 yilda tuzilgan). Belgiya, Chexiya, Franiiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmalari texnik qo‘mita ishida muntazam qatnashib keladilar. Qo‘mitaga kirmagan AIXT a’zolari qo‘mita nashr etgan barcha ish hujjatlarini, hisobotlarini, texnik axborotlarini muntazam ravishda olib turadilar. Shuningdek, ular qo‘mitaga taklif va texnik ma’lumotlar berib turishlari mumkin. Texnik qo‘mita oldida hisobot berib turuvchi 6 ta ekspertlar guruhi, qator maxsus guruhlar mufassal tadqiqotlar uchun mas’uldirlar. Bu tadqiqotlar ko‘p jihatdan shovqinga, havoni ifloslantirishga, bevosita (tormoz, chiroq, ko‘ra bilish omillari) va bilvosita (baxtsiz hodisalarni kamaytirish) xavfsizlik masalalariga taalluqlidir. Texnik qo‘mita majlisi bir yilda uch marta, har bir ekspertlar guruhi esa bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Masalaning mohiyatiga qarab, AIXTning sanoat va iqtisodiy siyosati bo‘yicha qo‘mitasi (SISQ) nohukumat sanoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Dastlab milliy ishlar bo‘yicha qo‘mita deb atalgan ushbu qo‘mitaga ilk bor 9 ta mamlakat birlashgan (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, AQSH). Bo‘lak uyushmalar hisobiga asta-sekin ko‘payib borgan a’zolar qo‘mita faoliyatini rivoj ettirishni ma’qul ko‘rib, bugungi kunda barcha a’zolari u yoki bu darajada SISQ faoliyatida hamkorlik qiladi. Sanoat va iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitaning asosiy faoliyati avtomobilning hozirgi jamiyat hayotiga kirib kelishi, avtomobil sanoatining kelajagi bilan bog‘liq asosiy iqtisodiy omillar, yangi sotsiologik yo‘nalishlarni taxlil etishga qaratilgan. SISQ a’zolari uyushmalar tomonidan berilgan axborot’ to‘plangan tajribalarga suyanib, avtomobil sanoati va yo‘l transportining iqtisodiy aqamiyati, avtovositalarni tashish, soliq to‘plash siyosati, og‘ir tijorat avtotransportining vazni, o‘lchovi, yoqilg‘ini tejash, iqtisodiy sharoitda atrof-muhitni saqlash kabi masalalarga ko‘proq urg‘u beradi. Ko‘rgazmalar qo‘mitasi 1976 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda qo‘mitada Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xitoy, Xorvatiya, Chexiya, Misr, Estoniya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Venfiya, Italiya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Serbiya, Slovakiya. Ispaniya, Shveiiya, Shveysariya, Ukraina, Buyuk Britaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmalari ishtirok etadi. Qo‘mitaning asosiy maqsadi avtotransport ishlab chiqaruvchilar siyosatini Yevropadagi xalqaro ko‘rgazmalarda qay darajada qatnashganiga qarab muvofiqlashtirib borishdan iborat. Qo‘mita AIXT assambleyasiga havola etish uchun har yili xalqaro ko‘rgazmalar taqdimini tayyorlaydi. Bunga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar o‘z avtotransportlarini kelasi yil ko‘rgazmaga qo‘yishlari mumkin. Qo‘mita jadval tasdiqlanganidan, tegishli tomonlarga yetkazilganidan so‘ng qabul qilingan qarorlar to‘g‘ri ijro etilayotganini ta’minlaydi. Bundan tashqari, qo‘mita keyingi yillarga mo‘ljallangan jadvalni yanada yaxshilash maqsadida o‘rta muddatli avtoko‘rgazmalar ro‘yxatini yangilab turadi, avtoko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan tuzilgan guruh bilan hamkorlikda ko‘rgazmalarning ichki ko‘rinishini uyg‘unlashtirish ustida ish olib boradi. Qo‘mita yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi hisoblanuvchi "O‘zavtosanoat" 1998 yil 6 mayda AIXT Bosh Assambleyasi sessiyasida a’zo etib qabul qilingan va 1998 yil 1 iyuldan boshlab rasman AIXT a’zosi hisoblanadi. TASIS (MDH mamlakatlariga texnik yordam) TASISni ishlab chiqish g‘oyasi 1990 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqining Rimda bo‘lib o‘tgan majlisida yuzaga keldi. Yevropa Ittifoqi Vazirlar Kengashining 1991 yil iyul oyidagi qarori asosida TASIS dasturi rasman ta’sis etildi. Qayta ko‘rib chiqilgan yangi qaror 1993 yilda qabul qilindi. Dastur Yevropa Ittifoqi budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, shu Ittifoq qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat ko‘rsata boshladi. Siyosiy o‘zgarishlarni, tez o‘zgarib borayotgan vaziyatni hisobga olgan holda TASIS dasturiga zudlik bilan tuzatishlar kiritildi. Dastlab dastur faqat bitta mamlakat - sobiq ittifoqga mo‘ljallangan edi. U kuchga kirgan yildan ko‘p vaqt o‘tmay ittifoq parchalanib, noaniklik davri boshlandi. Ana shu voqealar natijasida avvaliga Boltiqbo‘yi davlatlari, so‘ng 12 ta yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldiki, bularning har biri o‘zining islohotlar siyosatini belgilab, o‘z yo‘lini tanladi. Bu yangi davlatlar ichida O‘zbekiston birinchi bo‘lib mustaqil Prezidentlik boshqaruviga o‘tdi. Yevropa Ittifoqi yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘lganidan keyin islohotlar jarayoni sur’atlarini saqlab qolish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetdi. Shu tariqa mustaqil davlatlarning har qaysisi bilan dastlab munosabat o‘rnatgan siyosiy tashkilotlardan biriga aylandiki, bu TASIS dasturining bundan keyingi faoliyatinigina emas, balki yanada rivoj topishini ta’minlab berdi. TASIS umumiy ehtiyojlarni aniqlaganidan so‘ng sherik mamlakatlar bilan birgaliqda qaysi sektorlarga birlamchi yordam berish kerakligini aniqlashga kirishdi. Uning qo‘llab- quvvatlayotgan eng yirik birlamchi sektorlari quyidagilardir: - Davlat korxonalarini qayta qurish, xususiy sektorni rivojlantirish; - qishloq xo‘jaligi; - infrastruktura - energetika, aloqa va transport; - yadro xavfsizligi va atrof-muhitni himoyalash; - davlat boshqaruv tizimini isloh qilish; - ijtimoiy ta’minot; - ta’lim. TASISning maqsadi - sherik mamlakatlarga ularning jamiyatlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmani tubdan qayta qurishda yordam berishdan iborat bo‘lib, masalalarni amaliy hal etish yo‘lida yangi fikrlar, muqobil usullarni taklif qilgan holda jamiyatning hamma darajalarida faoliyat ko‘rsatadi. Turli-tuman davlat, xususiy tashkilotlar nou-xau hamda asbob-uskunalar yetkazib berishda TASIS mablag‘laridan foydalanishadi. Bu yerda g‘arb tajribasi joylardagi bilimlar, ko‘nikmalarni hisobga olgan holda qo‘llanadi. Ana shu maxsus bilimlarning ko‘pchilik qismi Yevropa Ittifoqi tashkilotlaridan kelib tushadi, ammo joylarda shunga munosib mutaxassislardan foydalanishga ko‘proq e’tibor beriladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda TASIS loyihalari respublika hukumat muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilingan holda amalga oshirilmoqda. Ilova Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling