Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi


Download 1.28 Mb.
bet38/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Germaniya Federativ Respublikasi.

Maydoni 357000km2.Aholisi 82,2 (2001y.), 82,4mln kishi (2006y.).Poytaxti Berlin (3,4mln kishi).Davlat tili nemis tili.1949 yil 3 davlat (AQSH,Angliya, Fransiya) akkupasiyasi zonasida tashkil topgan.IGO’ga ko’ra Horijiy Yevropaning markazida joylashgan bo’lib, temir yo’llar, suv, avtoyo’llar va havo yo’llari tugunida joylashganligi harakterlidir.GFR iqtisodiyotida Reyn va uning irmog’i Rurning ahamiyati katta.Barcha qo’shni davlatlari yuqori darajada rivojlangan.


GFR 1955 yil NATOga, 1973 yil BMTga a’zo bo’ldi.1970 yillarga kelib Polsha, Chexiya, GFR va sobiq SSSR bilan chegara yaxlitligini tan oldi.1957 yildan buyon EIHga a’zo.GFR hududiga 1980 yillari AQSH raketa-yadro qurollari va harbiy bazalari joylashtirilgan.
GFR-16ta o’lkaning federasiyasidir.GFRda quyidagi siyosiy partiyalar mavjud:
1.Xristian-demokratik ittifoqi (HDI).
2.Erkin demokratik partiya (EDP).
3.Germaniya sosial- demokratik partiyasi (GSDP).
4.Germaniya kommunistik partiyasi (GKP).
5.Ko’katparvarlar partiyasi-atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotining qo’shilishidan 1980 yil tashkil topgan.
6.Nasional demokratik partiyasi (NDP)-1964yil tuzilgan yangi fashistlar partiyasi.
7.Nemis kasaba soyuzlari birlashmasi (NKP).
Aholisi.GFR aholisining soni jihatidan Horijiy Yevropadagi eng yirik mamlakat.82,6mln (2003y.), 82,4mln kishi (2006y.).Tug’ilish koeffisenti 9%0, o’lim 10%0. 1ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 15%, 64 yoshdan o’tganlar 17%.O’rtacha umr 75-81 yosh. YAMD 25240 dollar (2001y.).
Aholining joylashuvi, uning mehnatda bandlik strukturasi GFRning industrial mamlakat ekanligini ta’kidlaydi.Aholining o’rtacha zichligi (1km2ga 240 kishi) ga ko’ra Evropada hatto dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi.Reyon-Rur aglomerasiyasining ba’zi joylarida aholi zichligi 1km2ga 5000 kishigacha etadi.Urbanizasiya darajasiga ko’ra dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi.Aholisining 86%i shaharlarda yashaydi.Reyn daryosi bo’ylari va Rur havzasi ekologik jihatidan eng iflos hudud hisoblanadi.GFRda aholisining 48%i noishlab chiqarishda, 41%i esa sanoat va qurilishda band.
GFR-sanoat va ishlab chiqarish darajasi jihatidan jahonda 3-o’rinlarda turadi.1986 yil yalpi milliy mahsulot 1949mlrd markani tashkil etdi.Metallurgiya, ximiya, elektrotexnika, mashinasozlik tarmoqlari, qurilish sanoati yuksak darajada rivojlangan.
GFR xo’jaligining bu qadar yuksalishiga Janubiy Yevropa va Janubi-G’arbiy Osiyo mamlakatlaridan kelayotgan 3-4mln kishilik arzon ishchi kuchlarining ta’siri ham yuqori.Sanoatining ayrim tarmoqlari.Masalan: yengil va oziq-ovqat sanoati o’sishidan deyarli to’xtab qolmoqda.
Qishloq xo’jaligi o’z mahsulotining qiymati jihatidan sanoatdan 20 barobar orqada turadi.
GFR tabiiy resurslardan toshko’mir, kaliy tuzi va tosh tuz konlariga boy.1986 yil GFRda 81mln t. toshko’mir qazib olingan.GFR energetikasida 1960 yillargacha toshko’mir asosiy o’rin tutgan.FTI davrida toshko’mir qazib olish keskin kamayib energetika balansida neft-gaz hissasi 60%gacha ko’tarildi.AESlar soni ayniqsa ko’paymoqda.2006 yil GFR 560mlrd kVt.soat (dunyoda 4-o’rin) elektr energiya hosil qildi.
Qora metallurgiya sanoati uchun temir rudasini 90%i chetdan keltiriladi, xromit va marganes ham chetdan keltiriladi.GFR 1986 yil 28,9mln t. cho’yan, 45mln t. po’lat, 36mln t.prokat ishlab chiqaradi.
Mashinasozlik-GFR sanoatining etakchi tarmog’i.Mashina ishlab chiqarish bo’yicha GFR AQSHdan keyin 2-o’rinda, eksport qilish bo’yicha esa 1-o’rinda turadi.Avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha 2-o’rinda (Yaponiyadan keyin) turadi.Yiliga 4,5mln avtomobilь tayyorlanadi.”Folksvagen” va “Mersedes” firmalarining filiallari bir qancha mamlakatlarda ham mavjud.Mashinasozlik asosan Rur havzasida, kemasozlik esa Gamburgda rivojlangan.
Ximiya sanoati eng yuksak darajada rivojlangan.Mazkur sanoatning eng muhim markazi-Rur havzasidir.Ximiya sanoatining xom-ashyosini ko’mir ximiyasidan neftь ximiyasiga o’tishi Germaniyani “ximiyalashgan” mamlakatga aylanishiga sabab bo’ldi.
Yuksak intensiv qishloq xo’jaligi mamlakatning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini 76%ni ta’minlamoqda.Yirik fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligining asosini tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligida yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 4/5qismini beradi.GFR chorvachiligi asosini qoramol va cho’chqa tashkil etadi.Donli ekinlar ichida bug’doy, javdar, arpa, suli asosiy rol o’ynaydi.Arpadan piva tayyorlanadi.Bu soha Bovariyada yaxshi rivojlangan.Xemel ko’p etishtiriladi.Donli ekinlarning o’rtacha hosildorligi gektariga 52,5 sentner.
Transporti.Temir yo’llarning umumiy uzunligi 32,5ming km (1/3qismi elektrlashtirilgan).Temir yo’llarda yuk tashish bo’yicha Fransiyadan keyin 2-o’rinda turadi.GFR daryo transporti muhim ahamiyat kasb etadi, hatto butun Evropa bo’yicha.Eng muhim transport tugunlari: Gamburg, Myunxen, Kyoln.
Tashqi iqtisodiy aloqalari.GFR uchun muhim ahamiyatga ega.1986 yil mamlakat ishlab chiqariladigan jami mahsulotning 25%i eksport qilinadi.Asosiy eksport mahsulotlari: avtomobillar, stanoklar, sanoat jihozlari, elektrotexnika buyumlari, ximiyaviy moddalar, qurol-yarog’.
Importi: sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom-ashyolar, neft-gaz.
Pul birligi-GFR markasi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling