Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Fransiya Respublikasi


Download 1.28 Mb.
bet39/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Fransiya Respublikasi.

Maydoni 544000km2.Aholisi 58,3mln (1996y.), 59,8mln (2001y.), 62,1mln kishi (2006y.).Fransiyaning IGO’ uchun 2ta asosiy xususiyati xosdir:


1.Fransiya “EIH”ga a’zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh bo’lib, uning chegarasi yaqinida bu mamlakatlarning industrial rayonlari joylashgan.Masalan: Reyn-Rur, London rayoni, qolaversa Yevropadagi Markaz o’qi o’tgan.
2.Fransiya sohillari Atlantika okeanining dengiz va qo’ltiqlari bilan bevosita tutashgan bo’lib, bu holat jahon mamlakatlari bilan arzon dengiz transporti orqali savdo-sotiq qilish imkononi beradi.
Fransiya quruqlik orqali 8 mamlakat bilan chegaradosh bo’lib, ayniqsa GFR, Italiya, Buyuk Britaniya bilan chegaradoshligi muhim rolь o’ynaydi.
Fransiya ma’muriy jihatidan 96departamentga bo’lingan.Parij alohida departament huquqiga ega.Mamlakatda 4mln ga yaqin jazoirliklar, portugallar, italьyanlar va ispanlar yashaydi.
Fransiya Horijiy Yevropada maydoniga ko’ra eng yirik mamlakat hisoblanadi.
Aholisi.Fransiyada tabiiy o’sish darajasi anchagina past bo’lib, millatning qarishi kuzatilmoqda.Tug’ilish koeffisenti 13%0, o’lim 9%0. 1ayolga 1,9 bola to’g’ri keladi.15 yoshgacha bo’lganlar 19%, 64 yoshdanyuqori bo’lganlar 16%.O’rtacha umr 76-83 yosh.YAMD 24080 dollar (2001y.).Mehnat resurslarini to’ldirishning muhim vositasi qadimdan immigrasiya bo’lib kelgan.Aholi joylashuviga qishloqlardan odamlarning shaharlarga to’xtovsiz ko’chib kelishi (XX-asrda aholining buyuk ko’chishi) kuchli ta’sir etadi.Natijada urbanizasiya jarayoni jadal rivojlanib bormoqda.Hozirda Fransiya aholisining 79%i shaharlarda, 21%i qishloqlarda yashaydi.
Yirik shaharlari: Parij 2,1mln kishi, Marsel 808 ming, Lion, Tuluza, Nissa, Strasburg.
Fransiya 1949 yil NATOga kirgan edi, lekin 1966 yil u NATOdan rasmiy ravishda chiqib ketgan bo’lsada, baribir hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.Prezident 7 yil muddatga saylanadi.
Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Respublikani quvvatlovchi birlashma (1976y.t.t.).Sharl Fure, Robert Ouen, Sen-Simon.
2.Fransiya sosialistik partiyasi (FSP 19051.).
3.Fransiya kommunistik partiyasi (FKP 1920 y.t.t.).
Fransiya xo’jaligi 2-jahon urushida katta iqtisodiy zarar ko’rdi.Ekonomikasining deyarli barcha tarmoqlari yangi texnika bilan ta’minlandi.Eng yangi tarmoqlar-atom, radiotexnika, neft ximiyasi aerokosmik tarmoqlar rivojlanadi.
Fransiya sanoat mahsulotlarining hajmi jihatidan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida dunyoda 4-o’rinni egallaydi.Milliy daromadda qishloq xo’jaligining salmog’i 1/10qismidan kamroqni tashkil etsada, u aholini asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlaydi va eksportda ham katta rolь o’ynaydi.
Sanoati.Energetika qisman o’z resurslariga tayanadi.Ko’mir asosan shimoldan (Elzas va Lotaringiyadan), neftь va tabiiy gaz esa oz miqdorda janubi-g’arbdan qazib olinadi.Mamlakat neftga bo’lgan ehtiyojini asosan chet el hisobiga (Jazoir, Liviya, Venesuela, MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari) qondiradi.Shuning uchun ham neftni qayta ishlovchi asosiy markazlar dengiz bo’ylaridagi port shaharlarda (Marselь, Bordo, Nant, Gavr, Ruan) joylashgan.Fransiyani uran rudasiga boyligi va ko’p qazib olishi, shuningdek Afrikadagi sobiq mustamlakalardan uran konsentrantini ko’plab keltirilishiga asoslanib atom energetikasi va atom sanoati tez rivojlanmoqda.
Qora metallurgiya sanoati Evropadagi eng katta Lotaringiya temir rudasi konlaridan foydalanadi.Lekin temir rudasini eksport qilishni ilgarigi ahamiyati yo’qolib bormoqda.O’rta Er dengizi sohillari boksitga boy bo’lib,
Alьp va Pireney tog’ etaklaridagi arzon GESlar energiyasi alyuminiy eritish imkoniyatini beradi.
Mashinasozlik butun sanoat mahsuloti qiymatining 1/3qismidan ko’prog’ini va eksport mahsulotining asosiy qismini beradi.Mashinasozlik sanoatining joylashuvida Parij ayniqsa katta rolь o’ynaydi.Butun mamlakatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 25%ini birgina Parij beradi.
Ximiya sanoati tarmoqlari jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo’lib, bu sanoat korxonalari tarqoq joylashgan.Ximiya zavodlari xom-ashyolar yaqinida, portlarda, GESlar yaqinida va katta shaharlarda joylashgan.To’qimachilik sanoati o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qotgan (ip-gazlama va jun-gazlama) hozirda sintetik tolalardan to’qilgan turli matolar bilan jahonga tanilmoqda.
Qishloq xo’jaligi.Fransiya hududining 35%i haydaladigan erlardir.Qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli bo’lib, go’sht, sut tayyorlash, bug’doy, qand lavlagi etishtirish jihatidan Horijiy Yevropada 1-o’rinda, uzum vinosi tayyorlash, sohillarda ustrisa yig’ish jihatidan dunyoda 1-o’rinda.Asosiy texnika ekini-qand lavlagi.Rona daryosi etaklarida-sholi, SHampanь viloyatida (O’rta dengiz bo’yi) uzum, Nissa rayonida gul ko’p ekiladi (parfyumeriya uchun).Mehnatga yaroqli aholining 10%i qishloq xo’jaligida band.
Fransiyada tashiladigan jami yukning 60,7 % i dengiz transportida, 21,2 % i avtomobil transportida, 10,6 % i temir yo’l transportida, 5,2 % i quvur transportida, 1,5 % i ichki suv transportida, 0,8 5 i havo transportida tashiladi.
Fransiyada tashiladigan jami yo’lovchining 84,2 % i avtomobil transportida, 9 % i temir yo’l transportida, 6,8 % i havo transportida tashiladi.
Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning yarmi temir yo’llarda tashiladi.Temir yo’llar salkam 40000km bo’lib, uning 10000km i elektrlashtirilgan.”Parij-Bordo” temir yo’lining tezligi 350km.soat.Uzunligi 515km.”Parij-Strasburg”.
Tashqi savdoda dengiz floti muhim rol o’ynaydi.Fransiya eksportining 3/4qismi tayyor buyumlar (avtomobillar “Reno”, samolyotlar A-310, dengiz kemalari, qurol-yarog’, AESlar uchun uskunalar, temir, alyuminiy, atir-upa, bug’doy, sut, go’sht, shakar, vino) ga to’g’ri keladi.
Tashqi savdo 1-galda “EIH”ga va AQSH, Yaponiya bilan olib boriladi.
Fransiya chetga kapital eksport qiluvchi yirik davlat.Xalqaro turizm Fransiyaga katta daromad keltiradi.1989 yil Fransiyaga 50,2mln turist kelib ketdi va turizmdan 16,5mlrd dollar daromad tushdi.Dunyoda 1-o’rinda.2001 yil Fransiyaga 75mln turist kelgan.
Pul birligi-Fransiya franki.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling