Reja: Asosiy operatsiyalar va sikllar
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma’ruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy operatsiyalar va sikllar
5-ma’ruza Mavzu: Foydali qazilmalarni ochiq va yer osti usulda qazib olish texnologiyalari Reja: 1. Asosiy operatsiyalar va sikllar 2. Burg‘ilash va tog‘ jinsiga kirib borish 3. Yuklash va qazish 4. Tashish Asosiy operatsiyalar va sikllar Burg‘ilash va qidirishdagi ekskavatsiyadan tortib qazishning keyingi uch bosqichi davomida qazib olish va ekspluatatsiyasining ba’zi asosiy operatsiyalari mustaqil bajariladi, mahsulot qazib olinadi va tashiladi. Oldingi darslarda keltirilganidek, bu bosqichlar kon qazib olish sanoatining faoliyat birligi deyiladi. Agar ular foydali qazilmani qazib olishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilsa, biz uni ishlab chiqarish operatsiyasi deb ataymiz; Yordamchi operatsiyalar qazib olishning asosiy faoliyatini qo‘llab turadi, lekin, qoidaga ko‘ra, agar bu ishchining xavfsizligi yoki operatsiyaning samaradorligiga zarur bo‘lmasa uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qismi hisoblanmaydi. Bizning qiziqishimiz qazib olish va ekspluatatsiya qilish opretsiyalariga qaratilgan. Qazib olish mobaynida ajratib olingan mahsulot keng chegarada g‘ovak tuproq yoki shag‘aldan tortib, eng murakkab va eng ixcham jins (masalan, gabbro, kvarsit, yashma, takonit) gacha o‘zgaradi. Qoidaga ko‘ra ruda (ko‘mir yoki tosh) ham, chiqindi ham ishlab chiqariladi. Undan tashqari, tashilishi va foydalanilishi, bir so‘z bilan aytganda qayta ishlash, tashish va ag‘darmaga yo‘naltirilishi kerak. Foydali qazilmani qazib olishda zarur bo‘lgan ikkita asosiy funksiya mavjud: ochish va qazish. Massiv puch tog‘ jinslari cho‘kindilaridan ozod bo‘lishi bilan birinchi funksiya, aniqrog‘i ochish, burg‘ilash (jinsning ichiga kirish) yoki portlatish (tog‘ jinslarini maydalash) orqali amalga oshiriladi. Mahsulotga ishlov berish odatda ikkita usul bilan amalga oshiriladi, bular yuklash (ekskavatsiya) va foydali qazilmalarni kondan tashib chiqarish. Agar konning asosiy tik o‘zagi (konning tepadan kon tubigacha bo‘lgan qismi) ishlatilsa yuk ko‘tarish ham zarur bo‘lishi mumkin. 1 To‘rtta asosiy operatsiyalarning har qaysisi – burg‘ilash-portlatish ishlari, yuklash va tashish batafsil keltirilgan. Bir xil turdagi operatsiyalar asosan ularni boshqaruvchi dastgohlar bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda qazib olish shlari to‘liq mexanizatsiyalashgan. 1 Howar L. Hartman. Introductory mining engineering. P.111. Shunday qilib, yer osti va ochiq usulda qazib oluvchi konlarda dastgohlarni ishlatish orasidagi farq keng ko‘lamli masala hisoblanadi (yana bir bor zamonaviy yer osti usullari ko‘lamiga e’tibor berish kerak, 1.1-rasm). Ko‘rib turganimizdek ikki holda ham ishlatiladigan dastgohlar ham, ular bajaradigan funksiyalar ham g‘oyatda o‘xshash. Konni qazib olish va ishlatishda qo‘llaniladigan va ishlatiladigan asosiy operatsiyalarning ketma-ketligi ishchi sikl deyiladi. Ko‘pchilik kon korxonalarida, yuqorida aytib o‘tganimizdek, ishlab chiqarish siklida to‘rtta asosiy operatsiya bor. Asosiy ishlab chiqarish sikli, burg‘ilash-portlatish ishlari, yuklash va tashish. Ishlab chiqarish sikli sharoitga ko‘ra ishlatiladi va o‘zgartiriladi. Masalan, qattiq jinslarni (ko‘pchilik metallar va nometallar ushbu kategoriyaga kiradi) qazib olishda asosiy sikl barcha ochiq va yer osti kon korxonalarida ishlatiladi. Undan qazish ishlarida yoki rudani qazishda erkin yoki g‘ovak jinslardan (tuproq, sochma mahsulotlar, nuragan konlar) voz kechish mumkin. Ko‘mir mexanik usulda ham qazib olinishi mumkinligi va burg‘ilash ishlaridan voz kechish mumkinligiga qaramay, odatda yer osti usulida qazib olishning yangi usulida ko‘mir va yumshoq nometall qazilmalarni (shuningdek tuzlarni, potash va h.k.) qazib olinadi. Odatiy ko’mir va nometalik konlarni qazib olishdan farqli ravishda, ko’mir va yumshoq rudalarni kesib qazib olish usuli portlatish ishrisiz bajariladi yoki alohida burg‘ilash- portlatish va yuklash ishlarining o‘rnini bosadi. Mexanik usulda yumshoq va o‘rtacha qattiqlikdagi jinslarni qazib olsihda stvol o’tish, yuqoriga burg’ulash va lahim o’tish mashinalaridan foydalanish portlatish ishlarini o’rnini bosadi. Natijada, karyerlarda asosiy siklda tosh portlatilmaydi, balki o‘yiqlar hosil qilinadi, kanallarga ajratiladi yoki arralashga o‘zgaradi. 2 Sikl deganda ko‘pchilik foydali qazilmalarni qazib olishning siklik xarakterga ega ekanligi tushiniladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, asosiy sikldan ikki va undan ko‘proq chekinish natijasida (foydali qazilmani uzluksiz qazib olishda) sikli operatsiyalari (1) soddalashadi va (2) nisbatan ko‘proq davom etadi. Ikkala holda ham kon qazib olish sanoati kuchli ehtiyoj sezuvchi, sikl texnologiyadan uzluksiz texnologiyaga o‘tishga imkon beruvchi, yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatiladi. Shunday qilib, kon qazib olish sanoati uchun uzluksiz ajratish tizimini qo‘llash mahsulotni to‘xtab qolishlarsiz qazishni ta’minlaydi. 2 Howar L. Hartman. Introductory mining engineering. P.112. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling