Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Mavzu: Argentina Federativ Respublikasi


Download 1.28 Mb.
bet60/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Argentina Federativ Respublikasi

Argentina – Janubiy Amerikaning janubi-sharqidagi davlat. Maydoni 2,8 mln km2 Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi sharqiy tomondan katta masofada okean sohilida joylashganligidir. Ayni vaqtda AQSH ga yaqinligi va Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlat Braziliya bilan chegaradoshligidir.


Tabiiy sharoitiga ko’ra Argentinaning shimoliy qismi tropik, markaziy qismida katta masofada subtropik, janubiy qismida esa mo’’tadil iqlim mintaqalari joylashgan. Argentinaning janubiy qismida Pategoniya o’lkasi (plato), markazida Pampa, shimolida esa Gran-Chako o’lkalari joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismini esa La-Plata pasttekisligi egallagan. Mamlakat hududining shimolida janubiy tropik chizig’i kesib o’tgan. Amerika qit’asidagi eng baland tog’ cho’qqisi Akankagua (6960 m) Argentinada joylashgan.
Foydali qazilmalardan asosan neft va tabiiy gazga boy, ulardan tashqari toshko’mir, uran, temir, polimetall, oltingugurt konlari bor.
Aholisi 35 mln kishi (1996-yil), 36,9 mln kishi (2003-yil), 39 mln kishi (2006 yil). Tug’ilish koeffisienti 19 ‰, o’lim 8 ‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 31 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 9 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 70-77 yosh. 1 ayolga 2,5 bola to’g’ri keladi. YAMD 10980 $ (2001y). Aholisi juda notekis joylashgan bo’lib, ular asosan La- Plata pasttekisligida joylashgan. Pategoniyada aholi juda siyrak. Etnik tarkibiga ko’ra argentinlar, ispan, italyan va evropaliklarning avlodlari hisoblanadi. Eng yirik shahari Buenos-Ayresda 10,8 mln aholi yashaydi, Kordova (1,1 mln). Aholisining ko’pchiligi katolik mazxabiga e’tiqod qiladi. Davlat tili ispan tili. Argentina – 1816-yil 9-iyul kuni mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Unga qadar Ispaniya mustamlakasi bo’lib kelgan. 1982-yil aprel-iyun oylari Malvin (Folklend) orollarida Angliya-Argentina qurolli kuchlari to’qnashuvi bo’lgan va xanuz bu joylar munozaraligicha qolib kelmoqda.
Argentina – LAES , LAIX tashkilotlariga a’zo.
Argentina – federativ davlat bo’lib, 23 provinsiya, 1 milliy territoriya va 1 ta federal okrugini o’z ichiga oladi. Konstitusiyaga binoan qonun chiqaruvchi oliy organ – milliy kongress va ijrochi xokimiyatdan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari:
1.Grajdan radikal ittifoqi (1891-yil)
2. Murosasizlar partiyasi (1963-yil)
3. Xristian demokratik partiyasi (1954-yil)
4. Sosialistik partiya (1986-yil)
5. Argentina kommunistik partiyasi (1918-yil).
Argentina Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan davlatlardan biri. Argentina ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Buyuk Britaniyaning kapitali kuchli ta’sir etadi. Asosiy rivojlangan sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, qora metallurgiya, mashinasozlik, ko’n poyabzal, rangli metallurgiya tarmoqlaridir. Yirik sanoat markazlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario.
1987-yil mamlakat 2,7 mln t. cho’yan, 3,4 mln t. po’lat, 2,7 mln t. prokat ishlab chiqargan. 184 ming avtomobil ishlab chiqargan. 47 mlrd kVt/s elektr –energiyasi hosil qilgan.
Qishloq xo’jaligi asosan La-Plata pasttekisligida rivojlangan. Donli ekinlar etakchi o’rin tutadi, ayniqsa, makkajo’xori va bug’doy. 1986-87 yillar mamlakatda 32 mln t. don etishtirildi. Bulardan tashqari mamlakat shimolida paxta, shakarqamish, sholi, tamaki, sitrus kabilar etishtiriladi. Qishloq xo’jaligida etakchi tarmoq qo’ychilik bo’lib, u asosan Pategoniyada, pampaning g’arbiy qismida va tog’li rayonlarda yaxshi rivojlangan. Ma’lumki, Argentina jahonda XGMT da jun teri, go’sht eksport qiluvchi mamlakat sifatida tanilgan. Argentinadagi eng rivojlangan sanoat tarmog’i ko’n –poyabzal sanoati bejiz rivojlangan emas. Ma’lumki, Argentina maydoniga ko’ra jahonda 1-o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi.
Maydoni yirik bo’lganligi sababli Argentinada temir yo’llar transporti yaxshi rivojlangan. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 39,8 ming km ni tashkil etadi. Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 54,6 ming km ga teng. Havo transportiham yaxshi rivojlangan bo’lib, 10 ta xalqaro aeroport bo’lgan. Pul birligi – peso, real.
Asosiy eksporti: don, go’sht, jun, vino, mevalar va sanoat mahsulotlari chiqariladi.
Asosiy importi: mashinalar, asbob-uskunalar, yoqilg’i, ximiya mahsulotlari, elektr stansiyalar uchun jihozlar.
Tashqi savdosi asosan AQSH, Horijiy Yevropa, Yaponiya, MDH ga to’g’ri keladi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling