Jarohatlar va asab tizimi kasalligi tayanch-harakat apparati kasalliklarini davolash jismoniy tarbiyasi


Asab kasalligi turiga qarab davolash jismoniy tarbiyasi qo’llanishi


Download 0.78 Mb.
bet2/10
Sana14.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1004516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAROHATLAR VA ASAB TIZIMI KASALLIGI TAYANCH-HARAKAT APPARATI KASALLIKLARINI DAVOLASH JISMONIY TARBIYASI

Asab kasalligi turiga qarab davolash jismoniy tarbiyasi qo’llanishi.

Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar natijasida oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik kasalliklar hisoblanadi. Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi klinik formalari farq qilinadi.
1. Nevrosteniya
2. Isteriya.
3. Psixosteniya.
Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi, surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni zaiflashtirib qo’yadigan omillarning borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi. Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi.
Klinik manzarasi. Nevrosteniyaning asosiy belgilaridan biri jonga tegadigan darmonsizlikdir. Bu nerv sistemasining ortiqcha qo’zg'aluvchanligi va tezda holdan toyib qolishi bilan ifodalanadi. Bemorlar arzimagan gap yoki boshqa tashqi taasurotlardan g'azablanib, baqirish, sikinish bilan javob beradi-yu, lekin darrov tinchlanib qoladi. Bilib o’tgan voqealardan afsuslanib kechirim so’raydi, ba'zan yig'lashga tushadi. Kayfiyati buziladi, tushkunlikka tushadi, atrofdagilarga qiziqishi yo’qoladi. Odam tez charchab qolishi tufayli mehnat qilish qobiliyati pasayadi. Bemorlar xotirasi yomonligidan nolishadi. Uyqusi yuzaki bo'lib qoladi, turli vahimuh. Qo’rqinchli tushlar ko’ra boshlaydi.
Uyqudan lanj bo'lib turadi. Boshini bir "xalta" уuk qisib turhandek bo'lib seziladigan bosh og’rig’i yurak sohasini sanchib turishi, og’rishi, quloq shang’illashi, bosh aylanishi ko'z oldining qorong’ilashishidan nolishadi. Ularda fikrlash, o’zlashtirish, eslash qobiliyatlar susayadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling