Jarohatlar va asab tizimi kasalliklari
Ikkilamchi tortilish bo’yicha bitish
Download 81.5 Kb.
|
Jarohatlar Va Asab Tizimi Kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Qoraqo’tir hosil qilib bitish
5. Ikkilamchi tortilish bo’yicha bitish.
Ikki fazada kechadi; bitish jarayoni 1–2 oygacha cho’ziladi. Bitish qon to’xtatilishidan boshlanadi. Gidratatsiya fazasida 3–4 soatdan so’ng yallig’lanish shishi rivojlanib, jarohat bo’shlig’i qonga to’ladi, qoramollarda bundan tashqari fibrinogen moddasi lahtaga aylanadi. Ikkinchi kunning oxiriga borib qoramollarda fibrin – to’qimali massa hosil bo’ladi. Bu massa jarohatni to’ldiradi, atrofida yiringli demarkatsion yallig’lanish boshlanadi, keyinchalik proteoliz hamda o’lgan to’qima va fibrinning sekvestratsiyasi kuzatiladi. Jarayon yaxshi kechganda 3–5 kunda granulyatsion to’qima hosil bo’ladi, yiringlash kamayadi, yallig’lanish pasayadi, jarohat vazogen va gistiotsitar xujayralari mavjud bo’lgan detrit bilan qoplanadi. Detrit – jarohat ekssudati bo’lib, granulyatsiya o’sishi, qon tomirlar xalqalarining rivojlanishi va xujayra proliferatsiyasi uchun zarurdir. Birinchi bo’lib qon tomirlar endotelial xalqa hosil qiladi va ularning ichida qon aylanadi. Atrofida esa leykotsit, poliblast, makrofag va fibroblastlar to’planadi. Ular keyinchalik biriktiruvchi to’qimaga aylanadi. Jarohat asosan 4–5 kunda granulyatsion to’qima bilan qoplanadi. Lat yegan jarohatlarda o’lgan to’qimalar ko’p bo’lgani sababli granulyatsiya yaxshi o’smaydi va shunday jarohatlarning bitishi ancha cho’ziladi. Granulyatsion to’qima degidratatsiyaga uchraydi va asta – sekinlik bilan chandiqli to’qimaga aylanadi. Jarohatning ichi granulyatsion to’qima bilan to’lgandan so’ng jarayon epitelizatsiya va chandiqlanish jarayoniga o’tadi. Umuman aytganda ikkilamchi tortilish bo’yicha tasodifiy, o’q tekkan va mikroblar bilan ifloslangan jarohatlar bitadi. Bunday jarohatlarda yiringli yallig’lanish rivojlanadi va bitish granulyatsion to’qima o’sishi bilan kechadi. Bunday jarohatlarga choklar qo’yilmaydi. 6. Qoraqo’tir hosil qilib bitish qush va kemiruvchilarda kuzatiladi. Ammo qoramol va cho’chqalarda ham kichik jarohatlar shu yo’l bilan bitishi mumkin. Ot va itlarda kam kuzatiladi (faqat teri jarohatlarida bo’lishi mumkin). Qoraqo’tir jarohat ustidagi qon laxtalari, fibrinozli ekssudat va o’lgan to’qimalardan hosil bo’ladi. Agar jarohat ichida yod jism, o’lgan to’qima va infeksiya bo’lmasa, jarohatlarning qoraqo’tir ostida bitishi aseptik holatda, birlamchi tortilish kabi bitadi. Jarohat infeksiya bilan ifloslanganda bitish ikkilamchi tortilish bo’yicha kechadi. Qoraqo’tir hosil bo’lishini jarohatni kuydirish bilan chaqirish mumkin, bunda kumush nitrati, kaliy permanganatining yuqori konsentrasiyali eritmasi, termokauterizatsiya va boshqa usullar qo’llaniladi. Nevrozlar Nevrozlar uzoq davom etadigan ruhiy kechinmalar natijasida oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadigan nerv-psixik kasalliklar hisoblanadi. Bu kasalliklar nerv tizimi zaif kishilarda osonroq kelib chiqadi. Simptomatik kasalliklar, haddan tashqari charchash, uyqusizlik, spirtli ichimliklar va giyoxvand moddalarni is'temol qilish jinsiy zaiflikni osonlashtiradi.NevrozIarni quyidagi klinik formalari farq qilinadi. 1. Nevrosteniya 2. Isteriya. 3. Psixosteniya. Nevrosteniya-yunoncha "newron" -nerv, "asteheria" darmonsizlik degan ma'noni anglatadi.Nevrosteniyaga asosan uyqu va ovqatlanish rejimining buzilishi, surunkali zaxarlanishlar (ichimlik, giyoxvandlik) ko'rinishidagi organizmni zaiflashtirib qo’yadigan omillarning borligi, ustiga odamning haddan tashqari ko'p charchashi, ko’ngilni og'ritadigan his-tuyg'ularni boshdan kechirish sabab bo'ladi. Kasallikning bu turida bemor salbiy taasurotlarga osongina beriluvchan bo'ladi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling