Jaroxat turlari va xususiyatlari


Download 447.12 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi447.12 Kb.
#1291220
Bog'liq
Jaroxat turlari va xususiyatlari

Jaroxat turlari va xususiyatlari

Jaroxat turlari va xususiyatlari

REJA:

  • Jarohat haqida tushuncha .
  • Jarohatning bitishi .
  • Jarohatlanish turlari.
  • Mexanik jarohat turi .
  • Kuyish .

Jarohat haqida tushuncha

Jarohat — gavda toʻqimalarining mexanik shikastlangan joyi (teri, shilliq parda, koʻpincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, boʻgʻim, ichki aʼzo va gavda boʻshliklarining butunligiga putur yetishi). Toʻqimaning ogʻrishi, qonashi va ochilib qolishi J.ning asosiy belgilaridir. Paydo boʻlish sharoitiga qarab xirurgik (operatsion) J., jangda yaralanish va tasodifiy J. ajratiladi; jarohatlovchi qurol qanday shikact yetkazganligiga qarab, kesilgan, sanchilgan, chopilgan, yirtilgan (yulingan), lat yegan, ezilgan, tishlangan va oʻq (snaryad parchasi) tekkan J. farq qilinadi. Zaharlovchi moddalar J.ga tushganda, zaharli jonivorlar (qoraqurt, ilon) chaqqanda zaharlangan J. paydo boʻladi. Quturgan hayvonlarning tishlashi (qopishi)dan vujudga kelgan J. ayniqsa xavfli. J.lar tanadan ayrim boʻshliqlarga (miya, koʻkrak, qorin, boʻgʻin) nisbatan ularning devoridan oʻtgan va oʻtmagan turlarga ham boʻlinadi. Masalan, koʻkrak boʻshligʻidagi J. oʻtuvchi harakterda boʻlsa, u holda koʻkrak boʻshligʻidagi aʼzolar (yurak, oʻpka, koʻkrak boʻshligʻi aʼzolari, traxeya, qiziloʻngach, aorta va h. k.) shikastlanishi yoki shikastlanmasligi mumkin. Aʼzolar shikastlanganda bemor zudlik bilan xirurgik boʻlimlarning murakkab shikastlarga ixtisoslashgan markazlarida (neyroxirurgiya, kardioxirurgiya va h. k.) davolanishi kerak. U yerda nozik aʼzolar (miya, koʻz, yurak va b.) mikroskop orqali nihoyatda takomillashgan asboblar bilan operatsiya qilinadi.

Jarohatning bitishi

J.ning bitishi murakkab jarayon boʻlib, organizmning umumiy va mahalliy reaksiyasiga bogʻliq. Organizmning holdan toyishi, avitaminozlar, diabet, kamqonlik, moddalar almashinuvining buzilishi J.ning bitishini qiyinlashtiradi. Jarohatlangan aʼzoning qon bilan qanchalik taʼminlanishi, toʻqimalarning shikastlanish harakteri ham muhim. Aʼzoning qon bilan yaxshiroq taʼminlanishi J.ning bitishini tezlatadi. Maye, bosh va yuzdagi J. boldirning oldingi yuzasidagi J.ga nisbatan tezroq, majaqlangan, yulingan J. silliq kesilgan J.ga karaganda sekin bitadi. J. yiringlamagan, chetlari bir-biriga tegib turgan (maye, choklangan) boʻlsa, 5—7 kunda bitadi. Bu birlamchi tortishib (taranglanib) bitish deyiladi. Infeksiya tushgan (yiringlagan) J., shuningdek, chetlari bir-biridan "qochgan" J. ikkilamchi tortishib (taranglanib ) bitadi. Buning oʻziga xosligi shuki, biriktiruvchi toʻqima (granulyasion toʻqima) rivojlanib, jarohat yuzini toʻldiradi. Shu tariqa pastroqdagi (ichkaridagi) toʻqiqmalarni tashqi taʼsirlardan saqlaydi va J.ning bitishiga yordam beradi. J. granulyasiyalar bilan toʻlishidan tashqari, teri chetlaridan yangi hosil boʻlgan epiteliy qoplami oʻsadi. Birlamchi tortishib bitgan J. bilinar-bilinmas chandiq (yamoq), ikkilamchi tortishib bitgan J. esa katta chandiq hosil qiladi.

JAROXATLANISH TURLARI

JAROXATLANISH TURLARI: 1.Mexanik. 2.Termik. 3.Kimyoviy. Organizimning tashqi yoki ichki muxitga tasir etganiga qarab: 1.Tashqi. 2.Ichki. Darajasga qarab: 1.Yengil. 2.O'rta. 3.Og'ir. Oddiy va murakkabli bo'yicha: 1.Oddiy(yengil darajali termik kuyish). 2.Murakkab(og'ir darajali termik kuyish).

Mexanik jarohat turi

Odam organizmiga tashki muxitning xar xil kuchlari taʼsiri ostida, uning

morfologik yoki funksional butunligining buzilishiga shikastlanish deb

ataladi.

Bunday shikastlanishlar mexanik kuch, elektr energiyasi, yukori va

past xarorat, yukori va past atmosfera bosimi, radioaktiv nurlar, turli

zaxarli, kimyoviy moddalar va boshka kuchlar taʼsirida xosil bulishi

mumkin.

Mexanik shikastlanish deb, mexanik kuch taʼsiri ostida odam organizmining

anatomik va funksional butunligining buzilishiga aytiladi. Bunday

shikastlanishlarga kontalashlar, turli jaroxatlar, suyaklarning sinishi va

bugimlardan suyak chikishlari, tananing maʼlum kismlari yoki

tukimalarining chuzilishi va ezilishi, ichki aʼzolarning kattik chaykalishi,

ezilishi va yorilishi, tana kismlarining bulaklarga bulinib ketishi va

xokazolar kiradi. Bularning ayrimlari axolining kundalik turmushida teztez uchrab turadi

Kuyish

Kuyish (tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼ-sirida toʻqimalarning shikastlanishi. Shunga koʻra, termik K., kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida K. farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda yuqori temperatura taʼsirida K., yaʼni termik K. koʻp uchraydi.

Toʻqimalarning zararlanishiga qarab K. ning 4 darajasi farqlanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz shi-shadi, 4—5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tush-masa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — terining hamma qanati oʻladi (teri usti qorayib keta-di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha joyda chu-qur chandiqlar paydo boʻladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni bu-zadi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chan-diklar (ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin 


Download 447.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling