Jarqoʻrgʻon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Jarqoʻrgʻon shahri. Jarqoʻrgʻon tumani
Download 0.69 Mb.
|
suxrob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarqoʻrgʻon tumani
Mustaqil ishi mavzu:jarqo’rg’on tumani reja: 1.surxondaryo viloyati 2.jarqo’rg’on tumani 3.tabiati 4.aholisi 5.iqtisodi 6.xo’jaligi 7.ijtimoiy soxalari xulosa: foydalingan adabiyotlarSurxondaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan (1925-yil 29-iyundan Surxondaryo okrugi boʻlgan). 1960-yil 25-yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964-yil fevralda qaytadan tviloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 2612,4 ming kishi (2019-yil 1-oktabr holatiga ashkil qilindi. Respublikaning janubi-sharqida, Surxon-Sherobod vodiysida joylashgan. Viloyat nomi vohadan oqib oʻtuvchi „Surxon“ (fors-tojik: „qizil“) daryosi nomidan kelib chiqqan. Janubidan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimoliy, shimoli-sharq va sharqdan Tojikiston, janubi-gʻarbdan Turkmaniston, shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo koʻra). Tarkibida 14 tuman (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 114 ta shaharcha, 865 ta qishloq aholi punktlari mavjud (2020). Markazi — Termiz shahri. Jarqoʻrgʻon tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Jarqoʻrgʻon shahri. Jarqoʻrgʻon tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Shoʻrchi tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Shimoliy da viloyatning Qiziriq va Bandixon tumanlari, sharqda Qumqoʻrgʻon tumani, janubi-gʻarbda Termiz va Angor tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 1,14 ming km2. Aholisi 142,2 ming kishi (2000). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jarqoʻrgʻon. J. t.da 1 shahar (Jarqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Kakaydi) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Dehqonobod, Jarqoʻrgʻon, Minor, Oqqoʻrgʻon, Surxon, Chorjoʻy, Sharq Yulduzi) bor. Markazi — Jarqoʻrgʻon sh. Tabiati. Relyefi, asosan tekislik boʻlib, Surxondaryo vodiysi boʻylab jan.ga tomon pasayib boradi. Qishi qisqa va iliq, yogʻin nisbatan kam, yozi uzoq, quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—32°, yanvarniki 2,8—3,6°. Yiliga oʻrtacha 130-140 mm yogʻin tushadi, asosan qish va bahorda yogʻadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy, Shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Tumanning janubiy va sharqidan bir necha kun davom etadigan quyuq changtoʻzonli Afgʻon shamoli esadi. Surxondaryodan va AmuZang, Bobotogʻ kanallaridan sugʻorishda foydalaniladi. J.t.ning sharqiy qismida doimiy suv tanqisligiga barham berish uchun „Oqtepa“ suv ombori, Jarqoʻrgʻon gidrouzeli va b. irrigatsiya inshootlari qurilgan; yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. J. t.da oq saksovul, cherkez, qandim, teresken, yantoq, daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, turangʻil, terak, qiyoq, qamish, tol, yongʻoq, bodom oʻsadi. Qir-adirlarda jayran, jayra, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, tulki, qushlardan qirgʻovul, kaklik, mayna, chugʻurchiq, chumchuqlar yashaydi. Daryo va kanallarda oq amur, zogʻora baliq, laqqa baliqlar bor. Aholisi, asosan oʻzbeklar (90,2%), shuningdek, tojik, rus, tatar, turkman, qozoq, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 124 kishi toʻgʻri keladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling