Jasurbek annamurotov moliyaviy hisob fanidan


 Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan ajratmalarning va


Download 141.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana02.04.2023
Hajmi141.56 Kb.
#1321390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANNAMURATOV JASURBEK

5. Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan ajratmalarning va
undan chegiriladigan summalar hisobi.
Xo'jaliklarda xodimlarga hisoblangan mehnat haqiga nisbatan yagona ijtimoiy
to'lov bo'yicha ajratmalar amalga oshiriladi. Ushbu ajratma 2016 yil uchun
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi
asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va Davlat byudjetining parametrlari
to'g'risida”gi qaroriga (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22
dekabrdagi PQ - 2455-son qarori) asosan 25 foiz qilib belgilangan. Ushbu ajratma
quyidagi maqsadlarga mo'ljallangan:
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga - 24,8%
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasiga - 0,1%
- O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalar federatsiyasiga - 0,1%
Ushbu ajratma mikrofirma va kichik korxonalar uchun 2016 yil 1- yanvrdan
15 foiz qilib belgilangan:
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga - 14,8%
Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasiga - 0,1%
- O'zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalar federatsiyasiga - 0,1%


Xo'jaliklarda ushbu ajratmalar hisoblanganda hisoblangan ish haqi olib
boriladigan xarajat hisobvaraqlari debetlanib 6520 - “Maqsadli davlat
jamg'armalariga to'lovlar” hisobvarag'i kreditlanadi. Shu summalar maqsadli
jamg'armalarga o'tkazilganda DT 6520 KT 5110-5530 o'tkazma tuziladi
Xo'jaliklarda mehnat haqidan chegiriladigan (ushlab qolinadigan) summalar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
Daromad solig'i.
O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 172-moddasiga binoan jismoniy
shaxslarning jami daromadi deganda ish beruvchi bilan mehnatga oid
munosabatlarda bo'lgan va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlarni bajarayotgan
jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to'lanadigan barcha to'lovlar tushuniladi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga.
Kasaba uyushma federatsiyasi jamg'armasiga.
Ijro hujjatlari bo'yicha (aliment, yetkazilgan moddiy zarar va boshqalar
uchun).
Oldin berilgan bo'naklar.
Kreditga olingan tovarlar summasi va boshqalar.
Yuqoridagilardan 1, 2, 3, 4 bandda ko'rsatilganlar majburiy ushlovlar
hisoblanadi va keyingi ikkitasi mavjud bo'lgandagina ushlanadi.
Daromad solig'i stavkasiga deyarli har yili tegishli o'zgartirishlar kiritiladi va
u 2016 yilga quyidagi stavkalarda ushlanadi:
Minimal ish haqining bir barobariga to'g'ri keladigan qismidan - 0%
Minimal ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha to'g'ri keladigan
qismidan - 7,5%
Eng kam ish haqining 5 barobaridan o'n barobarigacha to'g'ri kelgan qismidan
- 17%


Eng kam ish haqining 10 barobaridan ortiq qismidan - 23%
Xodimlar mehnat haqidan daromad solig'i ushlanganda- DT 6710 KT 6410 -
“Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarz”
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga hisoblangan mehnat haqi
summasidan 2016 yilda 7,5 foiz miqdorda ushlanadi va u DT 6710 KT 6520 -
“Maqsadli davlat jamg'armalariga to'lovlar” bo'yicha aks ettiriladi.
Ijro hujjatlari bo'yicha ushlovga (sud va boshqa organlarni qarori bilan) DT
6710 KT 6990 - “Boshqa majburiyatlar”.
Xodim tomonidan yetkazilgan zarar summasiga DT 6710 KT 4730 - “Moddiy
zararni qoplash bo'yicha xodimlarni qarzi”.
Kasaba uyushmalariga mehnat haqidan 1 foiz miqdorida ushlab qolinishiga
DT 6710 KT 6520
Yuqorida ta'kidlanganidek mehnat haqi hisobidan bo'nak summasi
ushlanganda DT 6710 KT 4210
Mehnat haqidan kreditga olingan tovarlar uchun ushlanganda DT 6710 KT
4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha xodimning qarzi”.
Mehnat haqidan ushlangan summalar tegishli tashkilotlarga o'tkazib
berilganda DT 6410, 6520 va boshqa hisobvaraqlar, KT 5110, 5530 va boshqa
hisobvaraqlar.
O'zbekiston Respublikasi “Menat Kodeksi”ning 164 moddasiga asosan
xodimning mehnat haqidan ushlab qolinadigan jami ushlovlar summasi
hisoblangan mehnat haqi summasining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

Download 141.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling