Jasurbek annamurotov moliyaviy hisob fanidan


 Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni


Download 141.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.04.2023
Hajmi141.56 Kb.
#1321390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANNAMURATOV JASURBEK

6. Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni
nazorat qilish.


Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni yil davomida bir maromda davom
etmasligi hamda boshqa holatlar munosabati bilan xodimlarga mehnat ta'tili bir
maromda berilmaydi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga xarajatlarni bir maromda
kiritilishini ta'minlash yuzasidan mehnat ta'tiliga tegishli summasi yil davomida
xarajatga kiritib borish bo'yicha zaxira tashkil qilib borishni taqozo etadi.
Zaxira summasini tashkil etish buxgalteriya hisobida 8910 - “Kelgusi davr
xarajatlari va to'lovlari rezervi” hisobvarag'i da olib boriladi. Hisobvaraq passiv
bo'lib kredit qoldig'i mavjud zaxirani va uni tashkil etilishini, debetdagi yozuvlar
ushbu rezervdan foydalanilganligini bildiradi.
Ta'til uchun rezerv tashkil etilganda DT xarajat hisobvaraqlari KT 8910, ta'til
haqi hisoblanganda DT 8910 KT 6710
Ta'til uchun rezerv tashkil etilmaganda hisoblangan ta'til puli bir yo'la xarajat
hisobvaraqlariga olib boriladi.
Xo'jaliklarda xodimlarning asosiy va qo'shimcha mehnat haqlari va boshqa
haqlar (ro'yhatda bo'lmaganlar, tarif uchun qo'shimcha va boshqa) mehnat haqi
fondini tashkil etadi.
Mehnat haqi fondining tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Mehnatga haq to'lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan mehnat
haqi.
Mehnat haqi hisobiga berilgan mahsulot qiymati.
Tarif stavkalari va maoshlariga qo'shimchalar.
Mukofotlar.
Xo'jaliklar shtatida bo'lmagan hodimlar mehnat haqi.
Ta'til bo'yicha mehnat haqi va boshqalar.


Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnat haqi fondi ustidan
doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish va
xizmat normalarini, maosh va rastsenkalarni, ustamalarni, mukofotlarni to'g'ri va
asosli foydalanishi va boshqalar quyidagi nazoratlarda ko'rinadi.
Ish haqi fondi nazoratini yuqori tashkilotlar ularga topshiriladigan hisobot va
boshqa ma'lumotlar orqali nazorat qiladi.
Korxona rahbari va bosh buxgalteri mehnat haqi fondidan ishlab chiqarish
hajmiga mutanosib foydalanishni ta'minlashga ma'sul hisoblanadi.
Shuning bilan birga ular xodimlarga mehnat haqini o'z vaqtida to'lanishini
ham ta'minlashi lozim.
Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martida “Ish haqi o'z
vaqtida to'lanishiga doir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarorini ham
ahamiyati katta.
Shu kabi O'zbekiston Respublikasi xo'jalik protsessual Kodeksining 2417,
24111 moddalariga ko'ra xo'jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga
tenglashtirilgan boshqa to'lovlarni to'lash uchun pul mablag'lari berishni
banklarning mansabdor shaxslari, boshqa xizmatchilari tomonidan asossiz ravishda
kechiktirganlik uchun EKIX-ning 7- barobaridan 10-barobarigacha jarima solish
belgilangan (Soliq solish va buxgalteriya hisobi jurn. 2015 y. 12-son 12-bet)

Download 141.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling