Java script dasturlash tili


Download 0.83 Mb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1219829
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Java Script dasturlash tili haqada


JAVA SCRIPT DASTURLASH TILI

Saytingizga animatsion yozuvlar, rasmlarga effektlar.Soat yoki sanani kursatuvchi narsalar va boshqa bezaklar uchun ishlatiladi. Saytingizni user bilan muloqot qiladigan (dinamik sayt) qilmoqchi bo´lsangiz javascript juda muhim.Sayt menulariga sichqonchani olib borsangiz qo´shimcha podmenu ko´rinadi…Bu ham JavaScript tilida qilinadi… WebSayt uchun mini o´yinlar yaratish. Matematik formulalarni hisoblash. Saytga kirgan userga biror ogohlantirish matnini ko´rsatish. Saytingizdagi rasm va yozuvlarni ketma ket chiqib keladigan qilish, ular harakatini boshqarish.Userdan so´rovlar qabul qilish…Sayt yuklanganda yoki kerakli tugma bosilganda yangi oyna ochish (pop-up).va hokazo…(Bundan boshqa juda ko´p vazifalarni ham bajaradi. Ular haqida keyin to´xtalamiz).Qisqasi, saytingizni jonlantiradigan til bu JavaScript.


JAVASCRIPT VEB DASTURLASH TILIGA OID MUHIM SAVOLLARGA JAVOBLAR(BOSHLOVCHILAR UCHUN)
JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to’g’rirog’i veb dasturlash tili, undan ham to’g’rirog’i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript’da yozilgan kodlar) ishlayveradi.
Bu til nima uchun kerak?
Bu dasturlash tili orqali serverga so’rov jo’natmasdan, so’rovlarni(javascript kodlarini), ya’ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.
Yuqoridagi fikr nima degani?
Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHPASPJAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo’shish amalini bajarmoqdasiz, yig’indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo’natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo’natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko’rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo’lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog’liq bo’lib qoladi. JavaScript’da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling