Java script dasturlash tili


JavaScript veb dasturlash tilini qachon o’rgangan ma’qul?


Download 0.83 Mb.
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1219829
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Java Script dasturlash tili haqada

JavaScript veb dasturlash tilini qachon o’rgangan ma’qul?
Bu dasturlash tilini HTMLCSS kabilarni o’rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o’rganish ham oson bo’ladi. Ko’pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o’rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o’rgangan yaxshi va yengil.
JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo’lmaydi?
— grafika bilan ishlay olmaydi, ya’ni o’zi grafik ob’yektlar hosil qila olmaydi;
— fayllar bilan ishlay olmaydi;
— ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;
— tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.
Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?
Agar sodda kodlar bo’lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo’lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo’q, agar kodda xatoliklar bo’lsa, bu xatoliklarni brauzerni o’zi analiz qilishi lozim.
JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya’ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?
HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o’sha yerda yozilishi mumkin, o’rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, Notepad++. Undan tashqari quyidagi IDE’larda ham yozish mumkin:
PHPStorm
NetBeans
Zend Studio
PHPDesigner
JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?
Umuman olganda brauzer bo’lsa bo’ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o’qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo’lishi kerak(qanday yoqish qilish kerakligi haqida).
JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?
Yo’q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko’pchilik shu ikki tilni bitta deb o’ylashadi. JAVA kodlari JVMorqali ishlaydi. Bu til haqida to’liq ma’lumotni quyidagi maqoladan o’qishingiz mumkin.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling