Javlon jovliyev ijodida vatan, millat, masalal
Download 47.16 Kb.
|
Javlon Jovliyev RISOLA XOMAKI
JAVLON JOVLIYEV IJODIDA VATAN, MILLAT, MASALAL ARI. (Buxoro, Buxoro, Buxoro…. hikoyasi misolida) Adib Javlon Jovliyev hikoyalari ko‘ngilga yaqin, tanish voqealar, odamlar haqida sinchkov ijodkorning o‘ziga xos nigohi bilan bitilgan. Tabiiy, soda tilda yozilgan hikoyalarda Vatan sog‘inchi, “paxta ishi” kabi ulkan darlarning ruhiy-psixologik talqinlarini, dunyoqarashlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan insonlarning ichki olamidagi mezonlar va aqidalarning manzaralarini ko‘rasiz.1 Davrining ilg‘or ijtimoiy maqsadini o‘zining estеtik idеaliga singdirgan san'atkor voqеlikni o‘sha idеal nuqtayi nazaridan baholaydi. Baski, u mavjud voqеlikdagi o‘z idеaliga — davrining ilg‘or maqsadiga muvofiq jihatlarni ma’qullaydi, unga nomuvofiqlarini qoralaydi. Faqat shu holdagina uni mafkuraga xizmat qildi dеyish mumkin bo‘ladi. Aks holda, agar ijodkor mafkuraning ko‘r-ko‘rona targ‘ibotchisi bo‘lsa, mavjud voqеlikni idеal nuqtayi nazaridan xolisona badiiy tadqiq qilish va g‘oyaviy-hissiy baholash o‘rniga faqat voizlikni kasb qilsa, qilar ishi mafkurani madh etish-u o‘z nazdida uning himoyachisiga aylanib qolsa - bilingki, u mafkuraning foydasi emas, aksincha, zarariga ishlayotgan bo‘lib chiqadi. Dеylik, istiqlol dardini o‘z vaqtida Cho‘lpon, Fitrat, A.Qodiriylar yonib kuylagan edilar, ularning yurt ozodligi mavzusidagi asarlari chinakam dardning mahsuli ediki, shu bois ham bu asarlar chin ma’noda yurak qoni bilan bitilgan. O‘quvchini to‘lqinlantiradigan yuksak tushunchalar haqida asar yaratish uchun kishida ma’naviy huquq bo‘lmog‘i kеrak, bu huquqni esa ijodkor uchun ijtimoiy dardning chinakamiga shaxsiylanganligigina bеrishi mumkin. Zеro, buyuklarimiz guldеk hayotini garovga qo‘yib, yurak qoni bilan yozgan VATAN, ERK, OZODLIK kabi mavzularda еngil-еlpi, chinakamiga hissiy idrok qilinmagan o‘y-fikrlar, kеchinmalarni yozish oq qog‘oz oldida ham, o‘quvchilar oldida ham gunohdan o‘zga emas. Shuni ham unutmaslik kеrakki, milliy mafkuraga xizmat qilish dеgani istiqlol, vatan va h. haqidagina yozish dеgani emas. Chinakam san'atkor nima haqida yozishidan qat’i nazar, — u ma’naviy muammolarni badiiy tadqiq etadimi, o‘zining qalb qa’rlariga nigoh tashlaydimi, ishq-muhabbat haqida yozadimi... — o‘zi badiiy tasvir va tadqiq prеdmеti sifatida olgan narsani umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik, insoniylik nuqtayi nazarlaridan yoritar va baholar ekan, u milliy mafkuramizning shakllanishiga, mustahkamlanishiga, jamiyat a’zolari shuuriga singishiga xizmat qilayotgan bo‘ladi. Zеro, yuqorida ta’kidlaganimizdеk, jamiyatimizning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlarga har jihatdan muvofiqdir.2 Istiqlol yozuvchisi Javlon Jovliyev adabiyot olamiga o‘zinining qisqa va teran ma’noli hikoyalari bilan kirib keldi. Songi yillarda chop qilgan kitoblaridan biri “Ikki qalb uchrashuvi” kitobidagi hikoyalari shular jumlasidan. Buxoro, Buxoro, Buxoro…. hikoyasi o‘tgan asrning 1929-1932-yillarida mustabid sho‘ro tuzumini yer egalari, boy o‘rtaxol dehqon va chorvadorlarni “quloq- mushtumzo‘r” nomi ostida sinf sifatida tugatish siyosati haqida yosh 7-8 yoshli bola tilidan hikoya qilinadi. Bu hikoyada ochlikdan, kasallikdan nobud bo‘layotgan bollalar va ularning ota-onalarning to‘satdan yo‘qolib qilishi (vafoti) syujet sifatida ko‘tarilgan. Javlon Jovliyev hikoya boshidanoq Vatan tushunchasiga yosh bola tilidan javob berib, uni jannatga tenglashtiradi. Hikoyada "Buxoro, Buxoro, Buxoro... Xayolimda bu joy osmonlarda, oppoq bulutlar orasidagi yaltiroq toshlardan qurilgan saroy, dunyodagi barcha ertaklar tugaydigan manzil" gapi bolakay tilidan aytiladi. Musofirlikda, mahalliy boyning qoʻlida ijarada turadigan yosh oilaning bagʻridagi norasida Vatanni huddi shunday tassavvur qilar edi. Oila quloqlashtirish deb atalmish necha ming yosh godak va ota-onalarni umriga zomin boʻlgan girdob atrofida beixtiyor jamlanib qolgan edi. Asli Buxorolik boʻlgan onasi doim oʻz yurtini qumsab, oʻsha yer haqida bollariga koʻzda yosh bila aytib berardi. Yosh oilaning katta farzandi paxta tozalash sexida ishlab sill kassalihi ortirib qishdan chiqaydi. Oʻsha davrda kechayotgan noilojliklar, odamlarni bir burda non uchun hamma ishga roziliklari hikoyadagi "Otam tun-u kun ishlab qornimizni zoʻrgʻa toʻydiradigan taom olib kelardi. Oyoqlari ogʻrib oqsab yurardi, qollari yorilib, irib ketganlari esimda" jumlasi bilan ochib bera olgan. Vatan shinday joyki unda koʻz yosh, ochlik yoʻq yer. Hamma narsa muhayyo yer. Unda doim shodlik bor, gʼam qaygʻu yoʻq yer bu - Vatan. Vatan va uy tushunchalari bu hikoyada umumlashma bitta mano kasb etadi. Ayni shu fikrlarni javlon jovliyev "-Uyimga ketgim kelyapti! Uyimga!.. -Buxoro qanday joy oʻzi? Nega buncha yigʻlayverasiz? Ayting, ona Buxoro qanday joy oʻzi? - Yigʻlanmaydigan joy, bolam, yigʻlanmaydigan." Bu toʻxtovsiz javobsiz savollarga javob qayerda? Nimaga ular quloqlashtirsh domiga tushdi? Buxoro shunaqa yaxshi yer boʻlsa nimaga bular bu nomi yoʻq yerda? Bu savollarga hikoya davomida javob olishga harakat qilib koʻramiz. Asarning mitti qahramoni kichkina yurakchasi bilan necha ming balolarga duch kelar ekan, avval akasidan xayrlashmaygina ajraladi, soʻngra onasidan kutulmaganda judo boʻlishi musofirlikda uni toʻsatda ulaylaytirib, kattalardek fikr yuritishga maybur qildi. 7 yoshdagi bolakayning akasi va onasi Buxoroga ketganiga ishonadigan singlisi har kuni onam qachon qaytadi? Degan savoli oʻlimni endiga aglab yetib ulgurmagan yiitchaga biroy oʻgʻirlik qilar edi. Ularni hayot uchun kurashishga yagona undan turgan narsa "onamning ortidan qora tuproqqa kirib ketmaslik edi". "Otam onamning joylari jannatdan tilardi, biz Oyisha bilan onamning joyi Buxoro boʻlsin, deb duo qilardik" ayni shu nuqtada Buxoro yosh ikki godak uchun jannatga tenglashadi. Oʻz arang tushunib yetgan oʻlim deb atalmish soʻzni singlisiga tushuntira olmay qiynalgan ikki onasiz yetim tasviri, bollalarnig erta onadan qolishi, musofirlik azoblarining uygʻunlashuvi Adibning kam soʻz ishlatib koʻproq maʼno ifodalashga harakat qilayotganini belgilab beradi. Servavol singil -Onam Buxorga ketgan boʻlsa qachon keladi, aka? -Buxoroga borgan odam kelmaydi. U osmonlarda, bulutlar orasida, uylari oltindan, yegani asal, holva, kabob! - Nimaga akam bilan akam bizni tashlab ketdi? Buxoroda bizga joy yoʻqmi? U yerda nima bor oʻzi? - Vatan bor! – -Kim? -Vatan! -Kim u? -Men uni bilmayman.... -Boʻlmasa biz ham ketaylik Buxoroga, ketaylik?!" kabi soʻzlari kitobxonga bir yuk yuklaydi, u shunday yukki qahramonlar hayoti endi nima boʻladi? Ularning ham taqdiri onasi va akasinikidek ayanchlimi? Degan savollarnidir. Yozuvchi asar voqeliklarini ochib berish uchun davr zulmiga bosh egishni hohlamagan, sinovlarga koʻzda yosh bilan tik qadam tashlab kelayotgan bir soʻz bilan davr qahramonlarini tasvirlaydi. Asardagi bosh qahramon (ismi keltirilmagan) birdan bir orzusi had savodli boʻlish, paxta tozalash sexida sildan vafot etmaslik va bu jirkanch, inson qadri yer bilan bir yerdan tezroq qochish. Beton devor bilan oʻralgan ichida katta paxtani va insonlarining qadri va hayoti yutib ketayotgan bu paxta tozalash zavodida oʻzi tengi bollarni faqat qorachigʻidan tanib olishdan boshqa bir iloj yoq hammasining ust boshi qop-qora. Boʻynidagi kumush medalyoni boʻlgan xojaning iti ham ular bilan oʻynashdan, ular oldiga borishga irkanadi, ularni koʻrib qochadi. Bu zavod insollarni ham jismonan ham ruhan ezardi. "Men bu yerda toʻqqiz oy ishladim. Toʻqqiz oy ichida o‘n to‘rtta bola ishdan ketdi. Bilardik-ki ular nafaqat ishdan, balki bu yorugʻ dunyodan ketishgandi. Bu yerda uzoq vaqt ishlashning oxiri sil, sil esa meni akam va onamni oldigan olib ketishini bilar edim." Mana shunday insonning insonligi hech kimga qizigʻi bolmagan "tarixning eng kir, eng qora" (A.Qodiriy) davrlardan insonga yagona najot bu ilm ekanligi keyingi voqealarda ochiqlanadi. Asarning qahramoni qolganlarning taqdiriga oʻzing taqdirini oʻxshashligini hohlamasdan taqdir bu yerga uloqtirgan jismini, ruhini ozod qiladigan yogan nojot bu ilm, undan boshqa mojiza ham uni ozod qila olmasligi kundek aniqlashadi. Hamma atrofdagi bolalar zamon dindorlarining qarashlari bilan sugʻorilib ilmli boʻlishli gʻayridinlikka burishadi, asar qahramoni ingliz tilini oʻrganishga bel bogʻlar ekan oʻzi tengi zavod ishchilari gʻayridinning tilini oʻrganish dinsizlikni keltrib chiqaradi degan stereotype bilan yashar edi, til oʻrgabishdan koʻra sil boʻlib oʻlishni avzal koʻrishardi. Ustoz, kitob va maktab boʻlmagan oʻqishga vaqt boʻlmagan non uchun tinmay ishlash kerak boʻlib turgan paytda "Men ingliz tilini oʻlmaslik uchun oʻrgandim. Bunday holda til oʻrganish oson kechadi, ustizning ham keragi yoq" degan jumla qahramon maqsadini ochiqlaydi, uni kamolotga yetaklovchi, bu botqoqdan olib chiquvchi yagona yoʻl bu yana ilm ekanligi ravshanlashadi. Keyingi sahnalarda 68 martta oʻqilgan Jek Londonning " Martin Iden" romani haqida gap ketar ekan. Bu kitob oshxonadan topilgan va hech qachon qoldan qoʻyilmagan bu zulmat ichra mitti shamdek yorugʻ bolib porlab turardi. Kitoblar nafaqat bizni ilmli qiladi balki hayotda kuchli boʻlishga ham oʻrgatishadi. "Bu kitob nafaqat mening ingliz tilini oʻrganishimga balki matonatli, chidamli, kuchli boʻlishimga ham sababchi" Har bir kitobxon asar mutoalasi bilan mashgʻul boʻlar ekan asar ichiga beixtiyor tushub, asardagi bir qahramondek oʻzini his qiladi, u yigʻlasa yigʻlaydi, shidon kunlarida qoʻshilib hursand boʻladi. Qisqa qilib aytganda u bilan birgan yashaydi. Adabiyot insonni hayotga tayyorlab irodasini mustahkam qiladi, yorqin kelachakka umid bagʻishlaydi."Bu kitobni oʻqir ekanman, oʻzimni itxona qoshida, betonga toʻshalgan sholcha ustida emas, keng va yorqin okeanda baxt tomon suzib ketayotgan ulkan kemadagi qudratli va erkin inspn sifatida his qilar edim. Bu mening ahvolimdagi bolalar uchun juda qimmatli tuygʻu. Adabiyot menga kuchli boʻlishni oʻrgatgani uchun men undan doim qarzdorman" Kir va chirkin manfaatlar toʻqnashuvida inson erki ozodligi yoʻqotilgan vaqtda yorqin kelachak haqida oʻylash, ertangi kun uchun umid bilan qarashga insonlarda qorin gʻamidan ortib bu shirin narsalarga ajratadigan vaqt yoʻq edi. Paxta zavodidagibogʻir mehnatlar insonni jismonan kuchli bardoshli qilib tarbiyalasa, adabiyot esa ruhan kuchli qiladi. Ruhan va jismonan yetilgan, ertangi kunga ishonchi boʻlgan shaxsgina Vatan uchun xizmat qila oladi, uning qadrini biladi, uning har qarich yerini eʼzozlay oladi. Lekin bizning hikoya qahramoni Vatan nimaligi faqat hayolda tuygan, tushlarda koʻrgan xolos. Ilmning ilk ziyolari egasini yaxshilik sari yetaklashini bilgan asar qahramoni avvaliga qora ishdan chiqib, itxonada itga qarashdek sharafli va ogʻir jismoniy mehnat talab qilmaydigan joyga oʻtib oldi. Kuni boʻyi it uychasi yonida bekor oʻtirmasdan yakka doʻsti, yoʻlboshchisi "Martin Iden"ni takror takror oʻqib chiqadi. Bir kuni xoʻjanini uning ovoz chiqarib oʻqigani eshitadi. " Inglizchani ravon oʻqir ekansan! Qayerda oʻrgangansan?" Degan savolga siqtovlar va kamsitishlarning uyi boʻlgan ish boshqaruvchi oʻzi javob berib qoʻya qoladi. Bu kimsa doim hammadan ayb qidirib kaltaklash va kamsitishdan boshqasini bilmasdi. "Aybi qidirlgan insonni har qadamida gunoh bor" deb jimm turgan qahramonimizga xoʻjayin butun bir dunyoni sovgʻa qiladi. Uni uyiga olib kirib kutibxonadan foydalanishga ruhsat beradi. "U yerdagi kitoblar mening hayrat olamimga sigʻmasdi. Men kitoblarni koʻzdan kechirar ekanman, hayotimdan ham qoʻrquv, ochlik, ishsizlik ham bari-bari lahza ichida yoʻqoldi." Buyerda millionlab javohirlar turli tillarda yashrinib yotar edi. Kitob, ilm ixlosmandi bularni qadriga yetadi va bosh vaqt topdi deguncha turli tillarda, turli xil soxaga doir kitoblarni oʻqib chiqishga bel bogʻlaydi. Bu yerdan foydalanishni biymtta sharti bor bu ham boʻlsa oʻqigan kitobni joyiga qaytarish xolos. It boqarlik ortidan 6 yil davomida yangi hayot poydevori shu yerda quyildi. Baxtsiz hodisa tufayli sex va undagi koplab odamlar hatto bilimli qilishga sabab boʻlgan kumush medalyonli it ham oʻladi. Endi bu yerda qololmasligini tushingan, qanday boʻlmasin Yevropaga ketish uchun yol qidira boshlagan asar qahramoni arzimagan pulga eshshakday ishlashga ham rozi boʻladi. Nihoyat jirkanchliklardan qochib oʻzi orzu qilgan AQShga yetib kelganda hatto qorn toʻydirishga ham puli boʻlmasdan chiqindi titib yurgan kezlari boʻlib oʻzining istiqboli uchun harakatdan toʻxtamasdi. Bir necha bizneschalar ochib qayta qayta omadsizlikka uchragach. "Men xatolarim ustida ustida qattiq ishladim. Oʻqigan kitoblarimdan olgan xulosalarimni amalda qoʻlladim" adabiyotdan olgan kuchi, xulosalari yorugʻ kelachak sari sekin sekin yetaklayot edi. "Floridadagi villamga qaytgan kunim onam Buxoradan olib kelgan taroqqa qarab, oʻkirib oʻkirib yigʻlaganman. U paytda kelib turk xotinim menga toʻrt oʻgʻil tuhfa qilgandi. Otam nevaralari bagʻrida, yaxshi kunlarimni koʻrib baldalikni baji keltirdi. Bolalarim oʻzbekcha turkcha bilishadi, amma inglizcha yozishadi, gaplashishadi....... Men esa..... Men..." Hamma narsa yetarli oʻzi yillar davomida orzu qilgan yorqin kelachak ichida yashar ekan lekin bitta kamchilik Vatan yoʻq. Mana necha yillar oʻtib Buxoroga onasi va akasi ketganiga ishongan, jannatlarga qiyoslangan Buxoraga qarab turar ekan nimaga bu yerga olfinroq kelmaganiga, nima uchun bu yerlarni ertaroq izlamaganiga ich ichidan afsulanib kozda yosh bilan otasining Floridada qolgan qabridagi tuproqni Buxoraga kelib separ ekan shu yerda oʻlishni oʻylagan asar qahramoni shu paytgacha faqat bir martta Vatan uchun koʻz yosh tokkani esladi. "BMT qarorgohi yonidan oʻtayotib, koʻzim. Unga tushdi-yu qotib qoldim. Koʻzlarimdan yosh chiqib ketdi..... Oʻsha kuni BMT osmonida bir ulkan, yorugʻ, nurli hislarga toʻla xalqimni koʻrdim. Men oʻzbekcha gapirgancha tuz chokib yigʻlar, oʻtkinchilarning turishlari-yu, yelkamga tassali uchun qoʻlnchozishlariga parvo qilmas...." Inson zoʻti bor ekan millonlab masofa uzoqlarda yursa ham doim oʻz uyiga, oʻz Vataniga intiladi. Oʻz xalqiga mansub bir kimsani uchratar yoki oʻz tilidan gapirilgan soʻzni eshitar ekan qalbi junbushga kelmasdan iloj yoʻq. Hikoya songida Vatan tushuncha hamma qiyinchiliklar va yoʻqchiliklar markazida turib boqealarni bir biriga chambarchas bogʻlab turganiga guvoh boʻlamiz. Vatan, erk, ozodlik so‘zlarini hamma yozuvchi va adib ham o‘z asarida tilga olishi mumkin lekin uning atrofida va ichdagi ma’nolarni teran va anniq qilib tasvirlash faqatgina istedodlilarning qo‘lidangina keladi. J.Jovliyevning Buxoro, Buxoro, Buxoro… hikoyasida vatan tushunchasi obraz darajasiga ko‘tarilgan, va uning ohiyatiga to‘laligicha izoh berilgan desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Download 47.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling