Javlon jovliyev ijodida vatan, millat, masalal


Inson qadri” masalasi “Ozodlik” hikoyasi misolida


Download 47.16 Kb.
bet5/6
Sana12.07.2023
Hajmi47.16 Kb.
#1659898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Javlon Jovliyev RISOLA XOMAKI

Inson qadri” masalasi “Ozodlik” hikoyasi misolida.
Hikoya boshida ko’zda yosh bilan erining nohaq qamalgani uchun zorlanib biron chora topish uchun o’zini o’tga cho’qqa urushga tayyor ayol obrazi gavdalanadi.
–Tog‘a…
– Axir, aytdim-ku, senga!
–Tog‘a, iltimos!
Ey..!
– Tog‘a..! Yordam bering, tog‘a, bolalarim haqqi…
Ayol ortiq gapirolmadi. Oppoq yuzlaridan dona-dona yosh tomchilari dumalab tushardi. Ko‘zlaridanmas, lablaridan yosh quyulib kelayotgandan, kafti bilan og‘zini yopib oldi. Qishloq idorasining pastqam derazasidan yong‘oqning shapaloqday yam-yashil barglari ko‘rinib turar, barglar orasida esa quyoshning parchalangan nurlari aks etardi. Tog‘a asabiy titrar, nuqul bo‘yinbog‘ini pastga tortib, xo‘rsinardi. Jiyaniga rahmi kelar, lekin qo‘lidan tayinli ish kelmasligidan o‘kinardi. Tog‘a biroz jim turgach, dadil gapirdi:
– Jiyan, nima bo‘lsa bo‘lar, yozamiz! Viloyatdagi eng kattaga, Obkom sekretariga…
Jiyan ko‘z yoshlarini artib, sergaklandi. Ichida erini qamoqdan chiqarish umidi porlagani uchun dum-dumaloq, serkiprik ko‘zlari katta-katta ochildi, biroz oldingga chiqqan iyaklari titrab ketdi.
– Men yozishni bilmayman-da…
– Maktabni tugatgansan-ku, jiyan…Nahotki?!
– Yo‘q… Yozishni bilaman…Ariza yozishning tartib-qoidasini bilmayman, demoqchiydim…
– Men o‘rgataman… Eringni sen yaxshi bilasan… Keyin… ayol kishining yozganlariga kattalar boshqacha qaraydi, deb eshitganman. Shunday yozilmagan qonunlar bor-da, jiyan… Lekin ta’sirli qilib, ishonarli qilib yoz…
Ayol shu arizani yozsam erim qamoqdan xuddi chiqib keladi degan umid bilan diqqat bilan Tog’ani gaplarini tinglarni. Shunda yozish kerak ediki kimnidir bu yozganlari bilan aybdorga chiqarib qo’ymasligi agar shunday bo’lsa aybini tan olirishga to’g’ri kelardi.
Sovuq va zax xona tergovchining nohaq ayblovlari, kurakda turmas gaplar o’z aybida bexabar absiz aybdor. “Inson qadri”- oddiy o’yinchoqdek o’ynalgan taxlikali zamon. Sovuq va zax qiynoqlar va azoblarda qanchadan-qancha ziyoli, el-yurtimga nafim teksin deb kuyub-pishdan insonlarning orzu-umidlari poymol bo’lmadi
– Ma’lumoting?
–…
– Ma’lumotingni so‘rayapman?
–….
– Senga aytyapman? Ov, ho‘kiz!
Tergovchi mahbus qoshida qaqqayib turgan qorovulga g‘ijinib qaradi.
– Nima qildinglar buni, g‘ajib-ezib tashladinglarmi? Ustiga suv sep, qara, qirg‘oqda qolgan baliqday og‘zini katta ochishini…
Qorovul chelakdagi suvni erinib ko‘tardi-da mahbusning yuziga chunonam ishtiyoq bilan sepdi. Sepilgan suv zarbidan mahbus ag‘nab ketdi. Suv tergovchining yuziga ham sachrab, oppoq ko‘ylagini nam qildi. Uning ko‘zidan o‘t chiqib, qorovulga baqirmoqchi bo‘ldi-yu, indamadi… Sigaret tutatdi… Mahbus esa qaltirab, g‘ujanak bo‘lib ho‘l betonda yotardi. Qamoqxona qorovuli uni o‘tirg‘izib qo‘ydi.
– Ma’lumoting? Gapir, Gapir!
– Injener…
– Qachon tugatgansan…
– Qulog‘im eshitmayapti… g‘ingillagan ovozdan boshqa narsa eshitmayapti…
– Nima meni aldamoqchimisan? Butun SSSRni aldab kelganlaring yetmaydimi? Paxtani talon-taroj qilganlaring yetmaydimi? Gapir, gapir… Yo‘q, bu umuman tergovga yaramay qolibdi-ku!
– …
– Mastday mudraysan, mudraysan… Mana, senga, mana…
Tergovchi mahbusni urushdan birdan to‘xtab qoldi. Qo‘llariga achindi. Rangi bo‘zargan, quruq suyak, bunchalar isqirt… Axir hamma mahbusgayam o‘zini shunaqa koyitaversa ha demay ahvoliga maymunlar yig‘laydi, umri erta tugaydi. Hali bular orqali qanaqangi nahanglarni zirillatishi kerak… Lekin yuzi juda qattiq ekan. Tergovchining qo‘llari zirqirab qoldi.
Ayol ariza yozar ekan yuragidagi bor xasratlarini qog’ozga to’kib solardi. Arizani quyidagi banlarga bo’lib yozardi.

  1. Ma’lumoti.

  2. Ishi faoliyati.

  3. Xulqi.

  4. Oilasi.

  5. Yakuni.

Arizani yozar ekan bir lahza ham ko’zidan yosh tinmagani ayolning har bir so’zidan bilib turardi.Arizani kechasi bilan uxlamasdan yozib tong otar paytda tugatadi.
“Tong otyapti…
Hozir bolalarim turib, meni yana yolg‘onchiga chiqaradi. “Ertaga otangiz keladi”, deb ularni ovutgandim.
Endi ularni nima deb ovutay?
Qachon keladi deb aytay?
Qachon?
Sizdan umid qilib, sizni duo qilib, sizga ishonib kutuvchi injener Jontemirov Egamberdining ayoli va bolalari…”
Hamma yerda oim to’g’ri so’zlikni o’ziga shior qilib olgan asar qahramoni “Egamberdi” ustidan kop norozichiliklar am bo’lib turardi bunga sabab sovet hukumati doim muslakasida bo’lgan davlardan chiqqan ziyolilarga qarshi edi bpshqa qilib aytganda ulardan qo’rqardi
Asar qahramoni “Egamberdi” oliy malumotli injener edi. Uning yagona maqsadi- paxtani inson qolidek tozza teradigan traktorni ixtiro qilish edi.
– Sizdan iltimos… Menga vaqt kerak… Hech qanday lavozim kerak emas…Men shu traktorni ishlab chiqishim kerak… Bu traktor hali millatimizning tashvishlarini yerdan teradigan mashina bo‘ladi….
– Men sizga har qanday yordam berishga tayyorman. Moskvada siz haqingizda maqola chiqdi. Agar ishni tez olib borsangiz… Sizni Toshkentga olib ketishlari ham mumkin… Toshkentga sizday odam kerak… Faqat tilingiz chatoq… O‘ylab gapiring… Menga bir-ikkita imzosiz xatlar kelgan…
– Mening dardim bitta – paxtani mukammal teradigan mashinalar ishlab chiqish… Menga hozir vaqt kerak, men yuzlab tajribalarni, minglab traktorlarning yaratilish tarixini ko‘rmoqchiman. Nega shuncha paxta teruvchi traktorlar odamlarday toza terolmayapti, ularda nima kamchiliklar bor? Nahotki, biz orzu qilganday paxta mashinalarini ishlab chiqish shunchalik qiyin bo‘lsa?! Men bu savollarga ham javob topganimcha yo‘q.
So’roq davom etardi. Tergovchi inson qadri bilan bir pullik ishi yoq vahshiy kimsa sifatida gavdalanadi. Uning vazifasi:o’z ustida islayman elimga yurtimga nafim teksin degan har qanday qimir etgan jon borki ularni ezg’alash edi.
– Bolalaring nechta?
Kapitan mahbusning savolga javob berishga holi yo‘qligini bilib turar, lekin o‘zini bosolmasdi. Mahbusning burnidan qon oqmoqda… Soat tinmay chiqqillar, oppoq telefon mukka tushgan, jim edi. Deraza orti esa hamon qorong‘u…
O’zidagi bor vahshiylik, tilga olib bo’lmas yovuzliklarni mahbus ustida o’tqazib:uning joniga, moliga, shaniga va bolalariga ham taxtid qilib ko’rgan tergovchi xorib biroz tin oladi.
– Sen itsan?
– Nima? Tiling paydo bo‘lib qoldimi?
Kapitan orqasiga bemalol qaradi-yu, dahshatdan qotib qoldi: qarshisida bir bahaybat nusxa, soch-soqoli o‘sib ketgan, ko‘zlari qip-qizil qonga to‘lganidan qorachig‘i ham ko‘rinmay qolgan odam unga yeb qo‘yguday bo‘lib qarab turardi. Kapitan baqirishgayam ulgurmadi. Mahbus hash-pash deguncha kishanlangan qo‘llarining orasiga uning boshini kirgizib, bor kuchi bilan tergovchining bo‘ynini qattiq qisdi, keyin uni tizza bilan tepib ag‘natdi. Tirsagi bilan bo‘ynini bosib, jon holatda xirillab tipirchilayotgan tergovchining og‘zidan ko‘pik chiqib, ko‘m-ko‘k ko‘zlaridan yosh otilib qotib qolgunicha tutib turdi. Tergovchining ko‘zlari katta ochilgancha tinchib qoldi…
Tong otadi ayol tuni bilan ichidagi bor tokib solganlarini quyosh uyg’onmasdan Tog’aga olib borardi va ishonrdiki albatta yorug’ kular kelardi.
– Tog‘a, saharlab kelganim uchun uzr! Kech qolishdan qo‘rqdim!
– Yozib bo‘ldingmi?
– Mana…
–O‘o‘h-huuu, asar yozib tashlabsan-ku!
– Tog‘a, kuyovingiz chiqarmikan?
–Yaxshi niyat qil, chiqadi… Xatning turli xilidan yozaveramiz… Birini bo‘lmasa, birini o‘qib qolar…
–Tog‘a, sizga katta rahmat… Kuyovingiz chiqadi-a?
–Ha, dedim-ku! Qara, jiyan, tong otyapti, quyosh chiqyapti… Lekin osmonda bulutlar ham bor… Qalinroq kiyinishim kerakka o‘xshaydi… Mayli, men endi ertaroq otlanay…
– Siz bergan go‘shtdan qaynatma sho‘rva qilgandim. Bolam ancha jonlanib qoldi. Lekin, tog‘a, kuyib ketyapmiz-da! Kuyovingiz ozod bo‘larmikan?! Ozodman, deb kelarmikan!?
– Men shoshilishim kerak, qara, tong otyapti, quyosh chiqyapti…Bizga atalgan kun ham bordir axir…
– O‘sha kun qachon keladi, tog‘a?!
– Keladi, albatta, keladi…
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Inson qadri naqadar past darajada ko’rilganlig, kipikdek nish urub elim uchun deb xarakat qilgan ziyolilarni doimo ezg’alab kelingan. Nohaq azob uqubatlar nihoyat o’z poyoniga yetti. Inson qadri atamasi bugungu kunga kelib o’zining xaqiqiy ifodasini topdi desak adashmaymiz.

1 Ikki qalb uchrashuvi(hikoyalar).-Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2019-y.192 bet.

2 Dilmurot Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.

3 Dilmurot Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.

4 Y.Eshmatova. Istiqlol davri o’zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini. PhD,. Dissertatsiya. B– 4

5

Download 47.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling